MA’RUZA 1. KIRISH. PLC- DASTURLANUVCHI MANTIQIY KONTROLLER HAQIDA TUSHUNCHALAR. PLC ASOSLARI. DASTURLASH ASOSLARI. GX-WORKS DASTURIDA DASTURLASH ASOSLARI.
Tayanch iboralar: radioelektro qurilma, loyihalash, konstruktorlik ijodiyoti, ,REQ ekspluatatsiyasi, shart sharoitlar, loyihalovchi kompyuter dasturlar.
Reja
1.1. Kirish. PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller haqida tushunchalar.
1.2. PLC asoslari. Dasturlash asoslari.
1.3. GX-Works dasturida dasturlash tamoyillari.
Kirish
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hozirgi zamon sanoatining tez rivojlanayotgan jarayonlaridan hisoblanadi. Bu soha sanoatning rentabellgi, samaradorligi va maxsulot sifatini bevosita belgilab beradi. Shuning uchun texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish usullari va zamonaviy holati bilan tanishish, fundamental va amaliy bilimlarga ega bo’lish har qanday soha mutaxasisining vazifasidir.
Fanning maqsadi:
Texnologik jarayonlar va qurilmalarni DMK(PLC)- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida boshqarish va avtomatlashtitish tamoyilini oʻrgatish.
PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerini uchun dasturlar yozish va yuklashni oʻrgatish.
GX Works dasturida dasturlashni oʻrgatish.
MITSUBISHI kontrollerlaridan foydalanish.
Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida boshqarish amaliyotiga ega boʻlish
Koʻnikmalar:
Oʻquvchilar fanni oʻrganish natijasida quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller haqida tushunchaga ega boʻladilar.
Qurilmalarni PLC asosida boshqarish va avtomatlashtirishni oʻrganadilar.
GX Works dasturida dasturlar tuza oladilar.
MITSUBISHI PLC kontrollerlaridan foydalanish.
PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida turli qurilmalarni boshqarish amaliyotiga ega boʻlish.
Do'stlaringiz bilan baham: |