Ma'ruza kirish. Reja
Download 261.63 Kb.
|
Ma\'ruza kirish. Reja-fayllar.org
Teskari aloqa deb chiqishdagi yoki biror oraliq zveno qurilmasi chiqishidagi energiyaning bir qismini uning kirishiga uzatishga aytiladi. Buning uchun sxemaga maxsus zanjir kiritiladi va u teskari aloqa zanjiri deb ataladi. Bu zanjir kuchaytirgich chiqishidagi quvvatning bir qismini uning kirishiga uzatishga hizmat qiladi. Bir bosqichni o‘z ichiga oladigan teskari aloqa – mahalliy, ko‘pbosqichli kuchaytirgichning ba’rini o‘z ichiga oladigan teskari aloqa - umumiy deb ataladi.
Teskari aloqaning mavjudligi qurilma chiqishidagi signalning, demak kuchaytirish koeffisientining ham ortishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. Birinchi holatda kirish signali fazasi bilan teskari aloqa signali fazalari bir – biriga mos keladi va ularning amplitudalari ko‘shiladi – bunday teskari aloqa musbat teskari aloqa deb ataladi. Ikkinchi holatda esa fazalar teskari bo‘lib, amplitudalar bir - biridan ayiriladi – bunday teskari aloqa manfiy teskari aloqa deb ataladi. Kuchaytirgichlarda faqat manfiy teskari aloqa (MTA) qo‘llaniladi. MTA ning kiritilishi signal kuchayishini kamaytiradi, lekin parametrlarning barqarorligi ortadi va nochiziqli buzilishlar kamayadi. 12.17 – rasmda manfiy teskari aloqali bir bosqichli kuchaytirgich sxemasi keltirilgan. 12.17 – rasm. Bu yerda MTA emitter zanjiriga RE rezistor kiritilishi bilan amalga oshirilgan. Kirish kuchlanishi UKIR ortishi bilan emitter toki ortadi, shu sababli RE rezistorda kuchlanish pasayishi ham ortadi: , chunki baza- emitter o‘tishida kuchlanish kirish kuchlanishiga nisbatan kichik bo‘ladi . Kirish va RE rezistordagi kuchlanishilarning o‘zgarishi bir - biriga teng deb hisoblash mumkin, ya’ni baza-emitter kuchlanishi o‘zarishi ni hisobga olmasa ham bo‘ladi. RE orqali oqib o‘tayotgan tok RK dan ham oqib o‘tadi, demak, bu tokning o‘zgarishi kolektordagi rezistorda emitterdagi rezistordagiga nisbatan marta katta kuchlanish ortishiga olib keladi Agar ni inobatga olsak .
.
Download 261.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling