Ma'ruza kiyimlarni loyihalash tizimlari


Download 24.19 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi24.19 Kb.
#1740413
Bog'liq
7-maruza tblat




7-MA'RUZA



Kiyimlarni loyihalash tizimlari (CAD tizimlari).



Reja:
1 Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari.
2 Loyihalash bosqichlari

Barcha konstruksiyalash sistemalari uchta katta guruhga bo'linadi: loyihalash bosqichlarini avtomatlashtirish tizimlari, va ziyatni tahlil qilish va ishlab chiqarishni tashkil etish. SAPR tizimlari keng miqyosda injener-konstruktorlik sohasida ishlatiladi, masalan chizmalarni chizish yoki turli tehnik hujjatlarni tayyorlash.


Tikuvchilik uchun mo'ljallangan mahsus konstrukciyalash sistemalarining asosiy funkciyalari:
Andozalarni baza yordamida qurish va saqlash;
Bazali konstruksiyani loyihalash va qurish
Tayyor andozalarni kiritish, ularni tekshirish va o'zgartirish
Boshqa CAD sistemalarda (buyurtma shemasi asosida) yaratilgan andozalarni loyihalash
Konstruksiyani modellash,
Andozalarni ko'paytirish (avra, astar va qotirma andozalar)
Andozalarni ko'rikdan o'tkazish,
Tehnik hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish
Vaqt sarfini hisoblash
Andozalarni baza yordamida qurish va saqlash. CAD sistemalari andozalarni kompьyuterda ifodalash va saqlashning 2 hil usuli bilan farqlanadi: parametrik tizimlar va noparametrik tizimlar. Parametrik usullar vositasida andozalarni kompьyuterda tasvirlash va saqlash uchun mahsus formallashtirish vositalaridan foydalaniladi.
Formallashtirish 1) approksimaciya usullari yordamida andoza konturlarini qulay va ihcham ko'rinishda ifodalash; 2) yassi holdagi andoza konturlarini bir shakldan ikkinchisiga o'zgartirish masalalaridan iborat bo'lib, turli geometrik funkciyalar yordamida kontur chiziqlarini kichraytirish, oqdirish, kontur qismlarini kesib olish, uning oynali aks tasvirini olish kabilar.
Birinchi holda andozalar konturlari haqidagi geometrik informatsiya koordinata o'qlari va nuqtalar yiqindisi ko'rinishida EHM hotirasida saqlanadi. Ko'pincha egri chiziq ko'rinishidagi andoza konturlarini chizish uchun interpolyaciya va approksimaciya usullaridan foydalaniladi.
Interpolyaciya- sodda qilib aytganda, ma'lum ko'rinishdagi funkciyani uning berilgan qiymatlari aosida tiklash.
Approksimaciya-bir ko'rinishdagi matematik ob'ektlarni unga yaqin ikkinchisi bilan almashtirish. Approksimaciya natijasida andoza konturi chiziqlari turli funkcional boqlanishlar (formulalar) yordamida olinadigan egri chiziqlarga almashtiriladi.
Andozalar konturi turli murakkablikdagi egri va to'qri chiziqlar yiqindisidan tuzilgan. Masalan, eng o'mizi chiziqi shakli, eng qiyamasi shakli, klyosh yubkaning etak chiziqi shakli turli egri chiziqli funkciyalar bilan ifodalanadi, chunki ularning egrilik darajasi (stepnь kriviznы) turlichadir. Shu sababli butun andoza konturini bitta formula vositasida ifodalash qiyin. Andoza konturi chiziqlarini ifodalash uchun bo'lakli-analitik va bo'lakli-yoyli matematik modelь qo'llaniladi. Bu holda andoza konturlari turli funkcional boqlanishga ega bo'lgan chiziqlarning yiqindisi bilan approksimaciya qilinadi.
Yassi holdagi andoza konturlarini bir shakldan ikkinchisiga o'zgartirish (andozalar gradaciyasi) nuqta va chiziqlarning turli qonuniyatlar asosida bir joydan ikkinchi joyga siljisi jarayonlarini formallashtirish (matematik ifodalash) orqali bajariladi.
Andoza konturlarini loyihalash uchun ikki o'lchamli va uch o'lchamli metodikalar ham ko'llanadi.
Ma'lumotlarni saqlashning yagona bazasi. Konstrukciyalash sistemalari ishini tashkil qilishning asosiy shartlaridan biri -ma'lumotlarni saqlashning yagona bazasini tashkil qilishdir. Deyarli barcha CAD sistemalari (Gerber, Lektra, Investronika, Graciya) yagona ma'lumotlar bazasi bor. Yirik SAPR tizimlari bazalarining barchasida ma'lumotlar hajmi va ma'lumotni bazadan qidirish tezligi cheklanmaydi. Shu bilan birga bazadan birvarakayiga bir necha odam ham foydalanishi mumkin. Ma'lumotlar integrallashgan va lokal bazalarda ham saqlanishi mumkin. Integrallashgan bazada asosan o'zgarishga moyil bo'lgan va boshqa programma modullarida ham ishlatiladigan ma'lumotlar saqlanadi. Masalan, andoza chizmalari, marketing ma'lumotlari, tehnik topshiriq, model eskizi, kiyimni tikish ketma-ketligiva h.z. Lokal bazada ma'lum vaqt oraliqida o'zgarmaydigan ma'lumotlar saqlanadi. Masalan, razmer o'lchamlari qiymati, bazali konstrukciya chizmalari, konstruktiv qo'shimchalar va h.z. Har bir programma moduli ko'pincha o'z ma'lumotlar bazasiga ega, lekin ularda saqlanadigan informaciya bir moduldan ikkinchisiga bemalol to'siqsiz uzatilishi kerak. Ma'lumotlarni saqlash bazalari ma'lumotlar massivi ko'rinishida shakllantiriladi. Massivda har bir predmet uchun bitta yozuv (belgi, kod) ajratiladi. Ma'lumotlar bazada tablisa, chizma, andoza kontur chiziqlari, matn, tasvir ko'rinishida saqlanadi.
Turli programma modullari. SAPR tizimlari tarkibida murakkab tuzilishga ega bo'lgan mahsus programma modullari va yordamchi konvertor programmalar ishlab chiqilgan.
Gerber sistemasi tarkibida “Konstruktor”, “Siluet”, integrallashgan, avtomatik rejimda ishlay oladigan “AccuMark” nomli joylashma moduli, “Vision Fashion Studio”dizayn moduli, uch o'lchamli ob'ektlarni vizual ko'rinishda tasvirlovchi V-Stitcher kabi mahsus programma modullari mavjud.
“Konstruktor” -andoza konturlarini konstrukciyalash uchun modul.
“Siluet” - andoza konturlarini konstruktiv modellashtirish uchun modul.
“AccuMark” - andazalarning avtomatlashtirilgan joylashmalarini bajarish.
Lektra sistemasi Еvropa davlatlarida (Franciya, Rossiya, Pribaltika, Germaniya) keng tarqalgan bo'lib, dizayner, konstruktor, Virtua maneken, individual buyurtma, Kollekciya, andozalar joylashmasi, kollekciyani saqlash bazasi, optimal kesim, mahsulot hayot davrini boshqarish kabi bir nechta mahsus programma modullariga ega. Har bir sanab o'tilgan modul unikal tuzilishga ega bo'lib, ular yordamida kiyim eskizini yaratishdan boshlab, figuradan o'lcham olish, konstrukciya chizish, modellashtirish, gradaciya, joylashma va bichishgacha jarayonlar uzluksiz avtomatlashtirilgan rejimda bajariladi.
Yordamchi programma modullariga egri chiziqlarni oson tasvirlay oluvchi va ular shaklini o'zgatiruvchi OpenGL grafik biblioteka (uch o'lchamli grafika programma), ma'lumotlar konvertori kiradi. Ma'lumotlar konvertori boshqa SAPR tizimlarida qurilgan andoza konturlarini ham “o'qish” , foydalanuvchi uchun qulay formatda ko'rsatish imkoniyatiga ega.
Ko'pgina Rossiya va Ukraina CAD sistemalariga “Graciya”, “Assolь”, “Julivi”, “Eleandr” va boshqalar kiradi. Bu sistemalarda SAPRning mahsus standart programma modullari bilan birga tehnologik jarayonni boshqarish, kiyim ketma-ketligini tuzish, mahsulot ombori bilan ishlash, mahsulotni tejash va uni ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish (monitoring) kabi programma modullari ham ishlab chiqilgan. Bunday mahsus programma modullari SAPR modullari birga integrallashgan rejimda ishlash imkoniyatiga ega.
SAPR tanlash mezonlari. Zamonaviy tikuv chilik sanoatida SAPR ishlab chiqarishning ajralmas bo'qinidir. CAD sistemalarini to'g’ri tanlash korhonaning kelgusi ravnaqini ko'p jihatdan belgilaydi. Shuning uchun CAD sistemalarini tanlashda korhonaning turli sohadagi mutahassislari ishtirok etadi:
-programmistlar programmaning qulay interfeysiga, programmaning ishonchligiga, uning ishlab chiqarishga qanchalik tez joriy etilishigahamiyat berishlari kerak;
-tikuvchilik ishlab chiqarishi mutahassislari - korhonadagi konstruktorlik va tehnologik masalalarini echishda programmaning avtomatlashtirish darajasiga, ishlash uchun ыulayligiga,
-rahbariyat - ayrim masalarni echish darajasi, ishlab chiqarish jarayonlarining o'zaro boqliqligi, konstruktorlik masalarning kompleks echimga egaligi baholash, SAPRga ketadigan harajatlar miqdori va ularning qoplanish imkoniyati.
SAPR harajatlariga quyidagilar kiradi: programma ta'minotini va uskunalarni sotib olish; programmani ishlab chiqarishga joriy etish (o'rnatish, o'qitish, malakali mutahassislarni jalb etish); programmani ishlatish uchun harajatlar (servis hizmati, yordamchi materiallar, ehtiyot qismlar, kadrlar malakasini oshirish).
SAPRni tanlash mezonlari quyidagilar: 1- tizimning funkcionalligi- ya'ni korhonadagi muayyan masalalarni echishni ta'minlash va korporativ tarzda ishlash imkoniyati;
2-qulay interfeys ya'ni SAPR bilan muloqot tabiiy ravishda bo'lishi, demoversiyalarning mavjudligi;
3-unumdorlik ya'ni SAPR ish vaqtini tejashi, boshqa programmalarga nisbatan va qo'l meqnatining murakkabligini qisobga olib operaciyalarni bajarish tezligi va ularga meqnat sarfi;
4-standartlarga moslik ya'ni ЕSKD talablariga mos qolda loyiqa hujjatlarini tayyorlash imkoniyati, chet el qamkorlari bilan ishlashda boshqa turdagi CAD tizimlari bilan mos kelishi;
5-dinamiklik ya'ni rivojlanish SAPR vositasida bir necha hil mahsulotlar turi bilan ishlash imkoniyati;
6- ommaviylik ya'ni uning foydalanuvchilar ichida keng tarqalganligi;
7-SAPRni sotuvchi va servis hizmatlarini ko'rsatuvchi firmalarning territorial joylashuvi, chunki servis hizmati doimo zarur bo'ladi;
8- sistemaning rivojlanish imkoniyati ya'ni uni aloqida modullarini fabrika imkoniyatlariga qarab sekin asta ishlab chiqarishga joriy etilishi.


Nazorat savollari:

  1. Turli programma modullari.

  2. Asosiy funksiyalar.

  3. LAS tanlash mezonlari.

  4. Ma'lumotlarni saqlashning yagona bazasi.

Download 24.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling