Fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari
Download 87.06 Kb.
|
Terminologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- -kash
1. O‘zbek leksikografiyasi va terminologiyasi” fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari. “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonda ta’kidlanganidek: “Eng avvalo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim tarmoqlarda o‘zbek tili o‘zining haqiqiy o‘rnini egallashiga erishish, shu maqsadda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish oldimizda muhim vazifa bo‘lib turganini qayd etish lozim”. Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi terminologiya sohasining predmeti, obyekti va vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, o‘zbek terminologiyasining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili va mustaqillik davri o‘zbek tili terminologiyasining shakllanish va rivojlanishiga to‘rtki bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoit va omillar, terminlar sistemasining taraqqiy etishida o‘zbek tili qatori boshqa tillarning salmoqli o‘rni, terminlarning yasalish qoliplari, terminologik izlanishlar, istiqlol yillari o‘zbek terminologiyasida yuz bergan jarayonlar haqida ma’lumot berishdan iborat. 2.O‘zbek elektron,internet,vikipediya lug‘atlarini yaratish masalalari haqida yozing.Istiqlol davri o‘zbek leksikografiyasi nafaqat an’anaviy, balki zamonaviy lug‘at tuzish prinsiplarini ham o‘zlashtirdi. Globallashuv hamda internet davrida har qanday axborotni sanoqli soniya yoki daqiqalarda qo‘lga kiritish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki,o‘zbek lug‘atshunosligi o‘tgan vaqtlar davomida kitobxonlar ommasi , mutaxassislar uchun mo‘ljallangan turfa tipdagi lug‘atlarni nashr qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Ayni paytda lug‘atlar yaratish borasidagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan davlatlarda har qanday asarni hox u ommaviy hox ilmiy bo‘lishidan qat’iy nazar ularga oid elektron lug‘atlar tuzish, internet lug‘atlari yaratish jadallik bilan taraqqiy etmoqda. Ko‘plab kutubxona fondlarida saqlanayotgan turli asarlar qatori ilgari nashr qilingan lug‘atlarning ham elektron nus’halarini yaratish bugungi kun tartibidan o‘rin olgan. Shunga o‘xshash ishlar o‘zbek lug‘atshunosligida ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da kutubxonalardan o‘rin olmoqda. Chunonchi, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, “Bolalar ensiklopediyasi”, “Toshkent ensiklopediyasi” , “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” va qator tarjima lug‘atlar, terminologik lug‘atlar va h.k.larning elektron shakllari nafaqat mutaxassislar, balki keng kitobxonlar ommasi hukmiga havola qilingan. Ayni paytda jahon leksikografiyasi tajribasidan o‘rin olgan vikipediya lug‘atlarini yaratish bo‘yicha respublikada dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Mazkur lug‘atlar, o‘zining tezkorligi, universalligi va ommabopligi nuqtai nazaridan boshqa lug‘atlardan farqlanib, kitobxonning vaqtini tejashi, so‘ralgan ma’lumotni qisqa va lo‘nda ifodalashi bilan ahamiyatga molikdir. 3.O‘zbek leksikografiyasida izohli lug‘atlar tuzish tajribasi.Lugʻat — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob. Lugʻatlar maʼnaviy madaniy sohada muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtiradi; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lugʻatlar juda qadim davrlarda paydo boʻlgan (qarang Leksikografiya); hozirgi davrda maʼlumot-axborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. Soʻzni tavsiflashdagi bir qancha farqli xususiyatlariga koʻra Lugʻatlarni asosan 2 turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik), lugʻatlarga ajratish mumkin. Ensiklopedik lugʻat soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik Lugʻatlarning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik Lugʻatlar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan bir qancha turlarga boʻlinadi: 1. Soʻzlarning maʼnolari, qo'llanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini koʻrsatib beruvchi izohli lugʻat (S. I. Ojegov. Tolkoviy slovar russkogo yazika, 20-ye izd., M., 1988; Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1—2-j.lar, M., 1982). 2. Muayyan tilga uzlashgan, lekin oʻzlashmaligi sezilib turgan boshqa til soʻz va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy s u z lar Lugʻati (Slovar inostrannix slov, 18-ye izd., M., 1989; O. Usmon, R. Doniyorov. Ruscha-internatsional soʻzlar izohli lugʻati, T., 1965). 3. Bir tilga oid lugʻaviy birliklarni boshqa tilga oʻgirib izohlab beruvchi tarjima Lugʻatlari — oʻzbek leksikografiyasida keng tarqalgan, qadimdan maʼlum lugʻat turi, XIX asrgacha arab-oʻzbek, fors-oʻzbek, turk-oʻzbek ikki tilliligiga asoslanib yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima! Lugʻatlari mavjud boʻlgan boʻlsa, XX-asrda ular qatoriga mazkur tillar bilan birga ingliz, nemis, is-pan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli Lugʻatlar ham qoʻshildi 4.O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi shakllanishining uch bosqichi deganda nima nazarda tutiladi?O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (IV-X) terminologiyasi, eski turkiy til (X1-X1V) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va intralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi. Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiycha tub hamda yasamalardan hamda buddizm va moniyzm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi 5.Istiqlol davri o‘zbek lug‘atshunosligi erishgan yutuqlar haqida yozing.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va 1991 yilda Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi o‘zbek leksikografiyasi oldida shonli ufqlarni ochib berdi. Mustaqillikning dastlabki yillardan boshlab o‘zbek lug‘atchiligi o‘tmishda erishilgan tajriba va an’analar negizida turfa turdagi lug‘atlar tuzish masalalasini ijobiy hal qilishga kirishdi. Bu borada qo‘yilgan jiddiy qadamlardan biri O‘zbekiston milliy ensiklopediyasini Istiqlol g‘oyalari asosida tuzish, sobiq sho‘rolar davrida nohaq kamsitilgan ajdodlar hayoti va faoliyatini ob’ektiv, haqqoniy yoritish, totalitar tuzum siyosati va mavkurasini ifodalovchi tushunchalardan voz kechish singari maqsadlar sari yo‘naltirilgan 12 jilldan iborat Milliy ensiklopediyaning nashr qilinishi Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, o‘zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitoxonlar orasida obro‘-e’tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o‘rin oldi. 32 dan ortq fan sohalariga doir tushunchalar qatori umumbashariy ma’lumotlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan ensiklopediya jildlarida 60 mingdan ortiq maqolalar keltirilgan. Ensiklopediyadan joy olgan maqolalar 9 tahririyat tomonidan tavsiya etilgan. Maqolalarning hajmi ularning mazmun-mohiyati, xarakteridan kelib chiqqan holda o‘zaro farqlangan. Mamlakatlar, davlatlar, geografik ob’ektlar, sulolalar, mashhur tarixiy shaxslar kengroq yoritishni taqozo etgan. 6 Terminlar hosil qilishda -dosh affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing..Terminlar hosil qilishda mahsuldor bo‘lib: ijtimoiy sharoit, umumiy turmush, hamkorlik, hamdo‘stlik ma’noli shaxslar nomini ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: yurtdosh («sootechestvennik»), maslakdosh («yedinomыshlennik»), quroldosh («drug po orujiya»), kursdosh («odnokursnik»), polkdosh («odnopolchanin») va h.k.; boshlang‘ich, dastlabki asosdan kelib chiqqan sifat, xususiyatni anglatuvchi terinlarni shakllantiradi: jinsdosh («odnorodnыy»), ohangdosh («sozvuchnыy»; «garmoniruyuщiy»), yo‘ldosh ( med. «plasenta») va h.k.;ba’zi bir tilshunoslik terminlarini voqelantiradi:: sifatdosh («prichastie»), ravishdosh («deeprichastie»), undosh («soglasnыy zvuk»), shakldosh («omonim»), o‘zakdosh («odnokorennoy», «odnokornevoy») va h.k.Mazkur model o‘zbek tili texnika terminlarini yasashda qatnashmaydi. Ammo botanika terminlari tizimida o‘ta sermahsulligi bilan ajralib turadi: chinniguldosh, ayiqtovondoshlar, boshoqdosh, chuchmomadoshlar, ziradosh, ra’nodosh, tokdosh, gulnavshodadosh va h.k. 7.Soha terminologiyasining o‘zbek tili lug‘at fondidagi o‘rni haqida ma’lumot bering.Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlarning turi, miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda. O‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Hozirga qadar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074-1075 yili atoqli lug‘atnavis Mahmud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”, ya’ni “Devonu lug‘otit turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi, tovush qurilishi, lug‘at boyligi, so‘z turkumlari va gap qurilishi haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qalamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan. Arab lug‘atchiligi an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxminan sakkiz minga yaqin so‘zlar, birikmalar, iboralar, maqol va matallar, xalq og‘zagi ijodi namunalari joy olgan. “Devonu lug‘otit turk”, garchi, lug‘at deb nomlansa-da, biroq unda qoraxoniylar davri eski turkiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxshi tahlil qilingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Devon”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial- iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar son jihatdan salmoqli hisoblanadi. 8.O‘zbek tili antonimlaring izohli lug‘ati va O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati.Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik antonimlar (baland – past, uzun – qisqa); 2) affiks antonimlar(suvli – suvsiz); 3) sintaktik antonimlar ( yuz – bashara). Antonimlar (zid ma’noli soʻzlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli soʻzlar antonim deyiladi. Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Fe’llardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qoʻllanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tun-u kun (har doim). Koʻp ma’noli soʻz oʻzining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam. “O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” hozirgi oʻzbek tilidagi antonimlarning dastlabki lug'ati bo‘lib, unda 495 antonimik gruppaga birlashuvchi 1800 ga yaqin antonimik juftlik tasvirlangan. Antonimik munosabat leksik maʼnolar ora belgilanib, antonimlarning maʼnosi taʼriflangan va misollar keltirilgan. Ayni vaqtda har bir antonim ostida, agar mavjud boʻlsa, sinonimi ham keltirilgan. Lugʻatning kirish qismida antonimlarning tabiati, turlari va oʻxshash til hodisalaridan farqlari haqida qisqacha maʼlumot berilgan. Antonimlarni belgilashdagi asosiy oʻlchov - leksik maʼno, yaʼni soʻzlarning zid maʼnolarni bildirishi. Shu bilan birga, soʻzlarning antonim ekanini belgilashda mantiqiy markaz prinsipidan ham oʻrinli foydalanish lozim. Antonimik qutblarning oʻrtasi deb faraz qilingan nuqta yoki ikki antonim so‘z bildirgan tushunchalar oʻrtasidagi oraliq tushuncha mantiqiy markaz deyiladi (Mantiqiy markazni shartli ravishda M harfi bilan belgilash mumkin). Masalan, bahoni anglatuvchi yaxshi (4) va yomon (2) soʻzlariga nisbatan qoniqarli (3) soʻzi, kecha va kunduz soʻzlariga nisbatan tong va shom soʻzlari, balandlik va pastlik soʻzlariga nisbatan tekislik soʻzi mantiqiy markaz hisoblanadi. 9.Terminlar hosil qilishda -aro affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.-aro so‘z affiksli so‘z yasovchi model Asl turkiy -aro (“promejutok”) so‘z - affiksli ushbu sermahsul model ilmiy va texnikaviy sohaga xos terminlami yasashda faol ishtirok etadi: : xalqaro, q it’alararo, planetalararo, fanlararo, korxonalararo, millatlararo, xojaliklararo, hujayralararo (biol. hujayra ), qobirg'alararo (tib. qobirg‘a), turlararo (biol.tur ), zonalararo, banklararo (iqt.) va sh.k. 10.O'zbek lug'atchiligining shakllanish bosqichlari haqida ma’lumot bering.Lug'atchilik tarixi ya'ni, dunyo lug'atchiligi tarixi qadim mingyilliklarga borib taqaladi. Jumladan, o'zbek lug'atchiligi tarixi ham bir necha ming yillar avval shakllana boshlagan. O'zbek lug'atchiligi shakllanishining ilk bosqichlari XI asrda buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'ati-t-turk" asari bilan boshlanadi.Mahmud Koshg'ariy "Devonu lug'ati-t-turk" asarini yaratib o'zbek lug'atchiligining shakllanishiga ilk tamal toshini qo'ygan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Devonu lug'ati-t-turk" asari turkiy tilshunoslikning bizga ma'lum bo'lgan ilk yirik, shuning bilan birga, tengi yo'q ulug' yodgorligidir. O'z zamonida asar arablarga, qolaversa, arab tili orqali Sharq-u G'arb xalqlariga qadimgi turklarning tili,madaniyati, urf-odatlari va tarixi to'g'risida to'liq ma'lumot beruvchi qomusiy kitob sifatida yaratilgan.Asar arabchada "Divanu lug'ati-t-turki" deb atalgan. Ushbu atamada: divan- "devon" bu o'rinda so'zlarning muayyan izchillikdagi to'plami; lug'at- "so'zlar” degani, uning izohlovchisi bo'lmish turki -"turk ma'nosida bo'lib, o'sha zamondagi turkiy tilni bildiradi. "Divanu lug'ati-t-turki"ning so'zma-so'z tarjimasi "Turk so'zlari devoni" bo'ladi.(1; 3-b)"Devonu lug'ati-t-turk" asari ikki qismdan iborat bo'lib, u muqaddima va lug'at qismlaridan tuzilgan.Muqaddimada asarning yaratilish sababi, o'sha davrda turklar ishlatgan yozuv ot yasalishi, otlar va fe'llardagi orttirmalar, lug'atning tuzilish usullari, turkiy xalqlarning bayoni, joylashuv o'mi, turkiy tilning xususiyatlari, laxchalardagi farqlar to'g'risida so'z yuritilgan. 11.“Sangloh”lug‘ati haqida ma’lumot bering.Mirza Mahdiyxon Navoiy asarlariga bag'ishlab o'zining “Sangloh” lug'atini tuzgan. Bu lug'at Navoiy asarlari bo'yicha tuzilgan eng katta lug'at hisoblanadi. “Sangloh”ning o’zidan oldingi lug’atlarga nisbatan beqiyos katta hajmi ko’zga tashlanadi.6181 lug’at maqolani o’z ichiga olgan bu lug’at ”Badoyi al-lug'at” va “Abushqa” dagi hamma so’z va so’z formalarini birga qo’shib sanaganda ham ulardan ko’ra bir necha marta ko’p o’rin egallashi aytilgan. Mirza Mahdiyxon turkiy xalqlarning afshar urug'idan bo'lib, u Eron shohi Nodirshohning kotibi bo'lgan. Lug'at tuzishdan maqsadi Navoiy asarlarida uchraydigan qiyin so'zlar ma'nosini forsiyzabon xalqlarga ochib berish edi.Shuning uchun u lug'atni “Sangloh”, ya'ni toshli yer,toshloq deb atadi. Lug'at 1759-1760-yillarda yozib tugallangan. Mahdiyxon kitobni umumiy nom -” Sangloh” bilan atagan. Bu haqda muallifning o'zi lug'atning kirish qismida o'zbek tili va Navoiy leksikasi va iboralarining salobati va so'zlarining qiyin (qattiq)ligi sababli kitobga “Sangloh” deb nom qo'yganini aytadi. (4;33-b) Bu haqda ”Badoyi al-lug'at” asari oxiriga ilova qilingan 180 so'z boshlanishidagi biz yuqorida tarjimasi bilan bergan jumladagi “Sangloh” ma'nosi to'g'ri ekanini yana bir bor qayd qilish mumkin. Hozircha lug'atning uch nusxasi aniqlangan bo'lib, ular Angliya qo'lyozma xazinalari fondida saqlanadi. “Sangloh” lug'ati 1960-yilda mashhur ingliz olimi Djerard Kloson tomonidan turli sharh va izohlar bilan Londonda nashr ettiriladi. Lug'atshunos so'z ma'nolarini ochish uchun asosan Alisher Navoiyning poetik asarlariga murojaat qiladi. Ayrim hollarda qo'shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro, Lutfiy kabi shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug'atning boshqa mumtoz lug'atlardan farqi shuki, “Sangloh” da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar keltirilgan 12.Terminlar hosil qilishda -kash affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing. -kash affiksli so‘z yasovchi model Kelib chiqishi forscha-tojikcha hisoblanuvchi –kash affiksi ishtirokida yasalgan terminlar ma’lum kasb-hunar bilan mashg‘ul shaxsni ifodalaydi: chizmakash (1. «chertejnik»; 2. «masteritsa, zanimayuщesya risovaniem uzorov dlya vыshivaniya»), arrakash («pilщik», «raspilovщik»), ko‘chirmakash («plagiator») i t.d. O‘zbek tili texnika terminlarini hosil qilishda o‘ta kammahsuldir. 13.Lug’at tuzish tamoyillari haqida yozing. Har bir lug‘at amaliy xarakterga ega. Bu leksikografiyaning nazariy asosini belgilashda muhim. Zero, leksikografiyaning nazariy asosini, ehtiyojini qondirish maqsadida tuziladigan lug‘atlarning yarartilish qonun-qoidalari, ularni tuzish tartiblari, lug‘atlar turlarini belgilash tashkil etadi. Ya’ni maqsadning to‘g‘ri belgilanishi, maqsaddan kelib chiqqan holda ularning turlarini belgilash, turlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, lug‘atlarning shaklini belgilash, u yoki bu shakldagi lug‘atni tuzishning tamoyillarini belgilash lozim bo‘ladi. Leksikografiya (lug‘at tuzish nazariyasi va amaliyoti) eramizdan oldingi davrlarda paydo bo‘lgan va boshlanishidanoq, ta’lim-tarbiya sohasi uchun xizmat qilgan ekan, yaratiladigan har bir lug‘atning asosini: 1) didaktik tamoyil belgilaydi. Lug‘at tuzishda didaktik tamoyilni chetlab o‘tish mumkin emas. Lug‘atlar tildagi so‘zlarni o‘qitish-o‘rgatish, boshqa tillarga oid so‘zlar haqida, birliklar haqida ma’lumotlar berar ekan, demak, 2) lingvodidaktik tamoyil muhim. Lug‘at tuzishning asosiy tamoyillaridan biri maqsaddan kelib chiqqan holda lug‘at birliklarini 3) tanlash-saralab olish tamoyili. M.Koshg‘ariy o‘z lug‘ati (“Devon”) uchun “umumiste’molda bo‘lgan so‘zlarni tanladim” deydi. Shu tamoyilga aloqador bo‘lgan yana bir tamoyil, bu maqsadga muvofiq tuziladigan, lug‘atdan kelib chiqadigan 4) ehtiyojni qondirishga muvofiqlikni ta’minlash tamoyili. “X va H harflari tarkibida bo‘lgan so‘zlar lug‘ati”, “Paronimlar lug‘ati” kabilar. Leksikografiyadagi eng muhim va universal tamoyillardan biri – 5) lug‘atdan foydalanishning osonligi-qulayligini ta’minlash. Hamma lug‘atlar tuzilishi, mundarijasi kabilardan qat’i nazar, ana shu tamoyilga amal qilingan holda tuziladi: alifbo asosida tuzilganlik, mavzuiy guruhlarga ajratish, ters, morfem, terminologik va boshqa lug‘atlar shu tamoyil asosida yaratiladi. 6) Berilgan materialning aniqligi, to‘g‘riligi va to‘liqligini ta’minlash tamoyili (imlo, orfoepik, sinonim, omonim, antonim, frazema, paremalar lug‘atlari shu tamoyilni ham nazarda tutib tuziladi. Masalan, imlo lug‘ati so‘zni to‘g‘ri yozishni ta’minlashni nazarda tutib tuzilgan. 7) til va nutq me’yorlariga amal qilish tamoyili. Umumiy va xususiy me’yorlarni nazarda tutuvchi lug‘atlar: dialektal, eskirgan so‘zlar, okkazional birliklar lug‘atlari kabilar. 8) o‘quv lug‘atlarida alohida ahamiyat kasb etuvchi ta’limiy tamoyil. Bu tamoyil o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, til bo‘yicha ko‘nikmalarini hosil qilishda ahamiyatli. 9) o‘quv lug‘atida, alohida ahamiyat beriladigan tarbiyaviy tamoyil muhim. Bunday lug‘atda ma’naviy-axloqiy, estetik tarbiya kabilar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Leksikografiya tamoyillari lug‘atlarning turlariga mos ravishda o‘zgarishi mumkin. Qaysi tamoyilning tayanch vazifasini bajarishi lug‘atning maqsad va ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi.14.“Muqadimatul adab” asarida arab,fors, mo‘g‘ul tillariga oid so‘zlarning qo‘llanilishi. Muqaddimatul adab» (1137- y.)-Mahmud az-ZamaXshariyning Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozgan asari. Bu asar besh qismdan iborat bo‘lib, ularda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgartishlari va fe’l o‘zgartishlari haqida bahs yuritiladi. Arabcha so'zlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo‘g‘ulcha tarjimalari berilgan. Asar 1706-yilda Xo'ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga, keyinchalik fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilinib, Parij, Leypsig, Vena, Leyden, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr etilgan100. Manbalarda ta’kidlanishicha, «Muqaddimatul adab»ning chig‘atoy tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan. Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari xorazmshohlardan bo`lgan Alouddin Abdulmuzaffar Otsizga bag`ishlab, “Muqaddamat ul-adab” asarini yozadi. Xorazmshohlar davrida mintaqada ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiyotga erishgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa Otsiz olim, shoiru adiblarga ancha hurmat bilan qarar, o`zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotning chin ixlosmandlaridan edi. U yashagan davrda ilm-fan yuqori darajaga yetganidan bo`lsa kerak, Zamaxshariy hazratlari “Muqaddamat ul-adab” asarini unga bag`ishlab yozdi.“Muqaddamat ul-adab” kitobi besh katta qismga bo`lingan bo`lib, o`z ichiga otlar, fe’llar, bog`lovchilar, ot o`zgarishlari va fe’l o`zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni oladi. Asar 1137- yilda yozib tugallangan.Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari o`z asarlarida o`sha davrdagi arab tilida iste’molda bo`lgan barcha so`zlar, iboralarni keng ochib berishga harakat qilgan. So`zlarning etimologiyasiga katta e’tibor qaratadi. Shu boisdan, Zamaxshariyning ushbu asarini, mazkur yo`nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga to`la haqlimiz. “Muqaddamat ul-adab”ning arab, fors, turkiy, mo`g`uliy lug`atlar kiritilgan nusxalari ham mavjud.Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” (adabiyotga kirish) asari tilshunoslik uchum ham katta ahamiyatga ega. Bu asar Xorazmshoh Alovuddavla Otsizga bag’ishlab yozilgan bo’lib, 5 qismdan iborat:1.Ot2. Fe’l3.Bog’lovchilar4.Ot o’zgarishlari5.Fe’l o’zgarishlariMazkur lug’at kitob o’sha davrda arab tilining iste’molda bo’lgan barcha so’zlari iboralarini qamrab oladi. Bu so’zlarning ma’nolari, etimologiyasi yetarli darajada keng sharhlangan. “Muqaddimat ul-adab” fors tilidan tashqari chig’atoy (o’zbek), mo’g’ul, turk tillariga ham tarjima qilingan. Bu asarning bir necha qo’lyozmalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. “Muqaddimat ul-adab” asarning bizgacha yetib kelishi tilshunoslikning katta baxti hisoblanadi. Chunki u o’zbek tili tarixini o’rganishda qimmatli va ishonchli material bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu haqida Sadriddin Ayniy : “Muqaddimat ul-adab “ asari o’zbek tili uchun butun dunyoning xazinasi bilan barobardir”, - deb yozgan edi. Bu asar asrimizga kelib ko’pchilik tilshunos olimlarning diqqatini tortdi. Ayniqsa N.N Poppe va A.K. Borokovlar uning mo’g’ul va o’zbek tiliga doir qismini tadqiq qilishda va butum asarning matnini nashr qilishda katta xizmat qildilar.Asarda ismlar tematik tamoyil asosida guruhlarga bo’linadi: vaqt nomlari, osmon jismlari nomlari, tabiat hodisalari nomlari, metall va minerallar nomlari, aloqa yo’llari nomlari, suv bilan bog’liq nomlar, o’simlik nomlari va boshqalar.Asarda fe’llar arab grammatikasi an’anasiga muvofiq o’zak tarkibiga ko’ra sinflarga ajratilgan. “ Muqaddimat ul-adab“ asarning chig’atoy va mo’g’ul tillaridagi tajima matni 1938-yil N.N.Poppe tomonida alohida kitob holida nashr etilgani turkiyshunoslik va mo’g’ulshunoslikda katta voqea bo’ldi.15.Terminlar hosil qilishda -kar, -kor // -gor affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.Fors-tojik tilidan kirib kelgan ushbu suffiksli model yordamida muayyan kasb-hunar egasini anglatuvchi terminlar yasaladi: chilangar, zargar, da 'vogar, sholikor, javobgar, tadbirkor, tajovuzkor (Usmonov 1975; 51-56), bastakor, qasoskor, hamkorva sh.k 16.Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlar. Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan lug’atlardan “Abushqa” o’zining leksik materialni qamrab olishi jihatidan ”Badoyi al-lug'at” ga nisbatan boyligi va keng o’quvchilar ommasi foydalanishi uchun qulayligi tufayli uning qo’lyozma nusxalari keng tarqalgan. Bu esa lug’atni ilmiy muomalaga kiritish ishini birinchi navbatda amalga oshirishning omili bo’ldi. Natijada “Abushqa” navoiyshunoslar, turkologlar va o’zbek klassik adabiyoti mutaxassislari uchun tez-tez murojaat qilib turiladigan kitobga aylanishiga olib keldi. Shunday qilib “Abushqa” lug'ati ham boshqa lug'atlar kabi Navoiy asarlariga yaratilgan mukammal asarlardan biridir. “Abushqa” lug'ati Navoiy davridan boshlab hozirgi kunga qadar Navoiy asarlarini o'rganishda qimmatli manba hisoblanadi. “Abushqadan so'ng ikki asr davomida Alisher Navoiy asarlariga bag'ishlangan katta lug'at tuzilgani ko'zga tashlanmaydi. Bu davr ichida Navoiy asarlari qo'lyozmalari hoshiyalariga bitilgan kichik lug'atlargina shu qo'lyozmalar bilan birga bizgacha yetib kelgan. Eski o'zbekcha - forscha lug'atnavislik an'analarining XVIII asrdagi ravnaqi Mirza Muhammad Mahdiyxon nomi bilan bog'liq , lekin uning hayot yo'li haqida ma'lumot juda kam. Mirza Mahdiyxon Navoiy asarlariga bag'ishlab o'zining “Sangloh” lug'atini tuzgan. Bu lug'at Navoiy asarlari bo'yicha tuzilgan eng katta lug'at hisoblanadi. “Sangloh”ning o’zidan oldingi lug’atlarga nisbatan beqiyos katta hajmi ko’zga tashlanadi.6181 lug’at maqolani o’z ichiga olgan bu lug’at ”Badoyi al-lug'at” va “Abushqa” dagi hamma so’z va so’z formalarini birga qo’shib sanaganda ham ulardan ko’ra bir necha marta ko’p o’rin egallashi aytilgan. Mirza Mahdiyxon turkiy xalqlarning afshar urug'idan bo'lib, u Eron shohi Nodirshohning kotibi bo'lgan. Lug'at tuzishdan maqsadi Navoiy asarlarida uchraydigan qiyin so'zlar ma'nosini forsiyzabon xalqlarga ochib berish edi.Shuning uchun u lug'atni “Sangloh”, ya'ni toshli yer,toshloq deb atadi. Lug'at 1759-1760-yillarda yozib tugallangan. Mahdiyxon kitobni umumiy nom -” Sangloh” bilan atagan. Bu haqda muallifning o'zi lug'atning kirish qismida o'zbek tili va Navoiy leksikasi va iboralarining salobati va so'zlarining qiyin (qattiq)ligi sababli kitobga “Sangloh” deb nom qo'yganini aytadi. (4;33-b) Bu haqda ”Badoyi al-lug'at” asari oxiriga ilova qilingan 180 so'z boshlanishidagi biz yuqorida tarjimasi bilan bergan jumladagi “Sangloh” ma'nosi to'g'ri ekanini yana bir bor qayd qilish mumkin. Hozircha lug'atning uch nusxasi aniqlangan bo'lib, ular Angliya qo'lyozma xazinalari fondida saqlanadi. “Sangloh” lug'ati1960-yilda mashhur ingliz olimi Djerard Kloson tomonidan turli sharh va izohlar bilan Londonda nashr ettiriladi. Lug'atshunos so'z ma'nolarini ochish uchun asosan Alisher Navoiyning poetik asarlariga murojaat qiladi. Ayrim hollarda qo'shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro, Lutfiy kabi shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug'atning boshqa mumtoz lug'atlardan farqi shuki, “Sangloh” da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar keltirilgan. Lug'atda Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan juda ko'p nodir so'zlar ma'nosi ochib berilgan. Bunday so'zlar boshqa lug'atlarda uchramaydi. Shulardan biri qadam tashlash, yurish ma'nosidagi ”Mangish” so'zidir. 17.Frazeologik, toponimik va orfografik lug‘atlar. Frazeologik lug`atlar-xalq maqollari va iboralari hamda “qanotli so`zlar” , mashhur kishilarning aforizmlari va boshqa frazeologik birliklardan iborat bo`lgan lug`at turi. Bu lug`at turi ham lingvistik lug`atlarning biri bo`lib, Sh. Rahmatullayev tomonidan tuzilgan “ O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” bunday lug`atning mukammal namunasidir. Qulog`iga chalinmoq-biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O`xshashi: qulog`iga kirmoq Qulog`iga chalinmoq-biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O`xshashi: qulog`iga kirmoq Dumi xurjunda- o`lda jo`lda, to`mtoq Etini yedi- ruhan azoblandi, ezildi Ko`ngliga urdi- qiziqishi yo`qoldi, bezdirdi Toponimik lug`at-lotincha “topos”-joy, “onoma”-ism jo`g`rofiy nomlardan iborat lug`at turi. Bu lug`atlar asosan ma`lum bir hududni chegaralab olib, osha hududga tegishli bo`lgan joy nomlari o`rganiladi. Z.Do`simovning “Xorazm toponimlari”, T. Nafasovning O`zbekiston toponimlarining izohli lug`ati” misol bo`la oladi. Etnogenetik jihatdan ko`p tarkibli bo`lgan o`zbek tilida 3ta asosiy lahja farqlanadi: Etnogenetik jihatdan ko`p tarkibli bo`lgan o`zbek tilida 3ta asosiy lahja farqlanadi: 1.Qarluq-chigil-uyg`ur lahjasi 2.Qipchoq lahjasi3.O`g`uz lahjasiKesh-issiq mintaqa shaharlaridan biri. U yerda yog`ingarchilik ko`p b`ladi.Termiz-Jayhun bo`yidagi obod shaharlardan biriSo`x- tog`lar orasida. Buttamon va Farg`ona chegarasidagi joyOrfografik lug`at- alifbo tartibida joylashgan so`zlar lug`ati. Bu lug`atning asosiy xususiyati yozilishi yoki talaffuzi qiyin bo`lgan so`zni to`g`ri yozishga yordam beradi.Orfografik lugat turlari Sanoat Malumotnoma Odatiy Maktab Tarixiy lug`at-tilning yozma tarixi davomida odatda hozirgi kungacha har bir so`zning va uning indivudial ma`nolarini ochib beruvchi lug`at. Tarixiy lug`atlarning bahona lug`atlar, yozuvchi lug`ati kabi turlari mavjud.Tarixiy lug`at-tilning yozma tarixi davomida odatda hozirgi kungacha har bir so`zning va uning indivudial ma`nolarini ochib beruvchi lug`at. Tarixiy lug`atlarning bahona lug`atlar, yozuvchi lug`ati kabi turlari mavjud.Bahona lug`at- to`g`ridan tog`ri matnlarga joylashtirilgan, va ularda ma`lum bir matnning so`zlari tushuntirilgan lug`atlar.Yozuvchi lug`ati- yozuvchining asarida yoki yodgorlikning tarkibidagi tarixiy sozlarni o`z ichiga oluvchi lug`at turi.Toponimika (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo boʻlishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va oʻzgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini oʻrganuvchi boʻlimi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma soʻzlar singari til qonuniyatlariga boʻysunadi, lekin oʻzining paydo boʻlishi va baʼzi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador boʻlib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saklangan boʻladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. 18Terminlar hosil qilishda -dor affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.Fors-tojik tilining elementi bo‘lmish - dor suffiksli nisbatan sermahsul model: 1) shaxs nomi: bayroqdor, nishondor; 2) mavjudlik, egalik sifatlarini yasashda qatnashadi: zarbdor; mahsuldor, chiqimdor (Usmonov,0.1975; 51-56), hissador, aybdor, qarzdor, mansabdor, puldor, mulkdorva sh.k.19.Eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili so‘z boyligining leksikografik asarlarda aks etishi. Turkiyshunoslikda eski turkiy til tushunchasi ostida X1-X1V asrlarda turkiy til xususiyatlarini aks ettirishga yo‘naltirilgan nafaqat turkiy, balki noturkiy tillarda yaratilgan manbalar ham nazarda tutiladi. Eski turkiy til manbalari muayyan til qoidalari, ularda yuz bergan jarayonlar, qolaversa yozilish tarixi nuqtai nazaridan ilk eski turkiy til (XI-XII) va XIII-XIV asrlarda qo‘llangan eski turkiy til tarzida tasniflanadi. Ilk eski turkiy til obidalari sirasiga asosan qoraxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan vaqtda yuzaga kelgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Ahmad adib Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassavining “Hikmatlari”, Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab”, muallifi noma’lum “O‘g‘uznoma” singari asrlar taalluqlidir. Bu asarlar shuningdek dz tilli manbalar deb yuritiladi. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilning o‘ziga xos jihatlaridan biri yadag‘ “yayov, piyoda”, adag‘ “oyoq”, adgu “ezgu”, qadg‘u “qayg‘u, alam, iztirob”singari leksemalarning inlautida d fonemasi ishlatilgan. X-X1 asrlardan e’tiboran mazkur fonemaning dz shakliga o‘tishi qonuniyat tusini ola boshlagan va keltirilgan so‘zlar yadzag‘, adzag‘, adzgu, qadzg‘u tarzida qo‘llanishda bo‘lgan. XIII-XIV asrga kelib dz tovushining sekin-asta y tovushi bilan almashilish jarayoni kuzatiladi. Ushbu jarayon taxminan XV asr boshlariga qadar davom etgan. Ya’ni yadzag‘, adzag‘, adzgu, qadzg‘u kabi sof turkiy so‘zlar yayag‘, ayag‘, ezgu, qayg‘u shakllari dam qo‘llanavergan20.Terminologik va ensiklopedik lug‘atlar.0 ‘zbek terminologik lug‘atlari, ta’bir joiz boTsa, fan sohalarining deyarli barchasini qamrab olgan deyish mumkin. Aniq fan sohalari kabi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari doirasida qo‘llanuvchi terminlarning ma’no-mohiyatini ifodalashga yo‘naltirilgan lug‘atnavislik (terminografiya) ishlari respublika ilmiy-tadqiqot institutilari yetakchi olimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan. Terminologik lug‘atlaming aksariyati rus tilidan o‘zlashgan terminlarning o‘zbek tilida ifodalanish masalasiga bag‘ishlangan. Albatta, o‘zbek terminografiyasida mavjud asarlaming ko‘lamini hisobga olib, ayrim fan sohalari, chunonchi, tibbiyot, huquqshunoslik, tarix, tilshunoslik, harbiy ish doirasida yaratilgan ba’zi terminologik lug‘atlarga to‘xtalamiz.O.Usmonov va R.Doniyorov tomonidan 1979-yili “0 ‘zbekiston” nashriyotida 15000 adadda tuzatilgan va toTdirilgan holda ikkinchi marta nashr qilingan “Ruscha internatsional so‘zlar izohli lug‘ati”, mualliflar ta’kidlaganidek, o‘zbek tilining keng ma’nodagi izohli lug‘ati boTmay, uning vazifasiga faqat rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlami, shuningdek, o‘zbekcha gazeta va jurnallarda, ilmiy-ommabop va ijtimoiy-siyosiy asarlarda uchraydigan ruscha-baynalmilal va ilmiy-publitsistik terminlamigina o‘z ichiga olgan va ularga o‘zbek tilida o‘zlashtirilishi asosida izoh berilgan, izohlanayotgan so‘zlaming etimologiyasi (kelib chiqishi) haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. Lug‘atdan joy olgan so‘z va terminlar rus tilidan va rus tili orqali qadimgi yunon, lotin hamda Yevropa va qisman Sharq xalqlari tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar va terminlar hisoblanadi. Bu so‘z va terminlarning bir qismi sof ruscha o‘zlashmalar bo‘lib, qolgan qismi esa xalqaro , baynalmilal yoki internatsional xarakterga ega bo‘lgan. Mazkur lug‘at mutaxassislarga emas, balki keng o‘quvchilar ommasiga, xususan, ziyolilar va talabalarga mo‘ljallangan edi. Lug‘atning tuzilish tartibi tubandagicha ko‘rinishni hosil qilgan:Ensiklopedik lugʻat“ — ikki jildli ensiklopedik lugʻat. Lugʻat oʻzida 30 000ga yaqin izohni jamlagan boʻlib, ilk oʻzbek tilidagi ixcham ensiklopediyadir. Lugʻat „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh tahririyatida chop etilgan. „Ensiklopedik lugʻat“ning birinchi jildi 1988-yilda, ikkinchi jildi esa 1990-yilda chiqarilgan.[1] Lugʻatga falsafa fanlari doktori Qoʻchqor Xonazarov bosh muharrirlik qilgan.„Ensiklopedik lugʻat“ga hozirgi zamon ijtimoiy-siyosiy hayotining, xalq xoʻjaligining, fan va texnika, adabiyot va sanʼatning hamma sohalariga oid maʼlumotlar kiritilgan. Lugʻatda, shuningdek, Sovet Ittifoqi va undagi ittifoqchi hamda avtonom respublikalar, oʻlkalar, oblastlar, yirik shaharlar va ularning ahamiyatga ega viloyatlari, shaharlari haqida geografik, tarixiy va iqtisodiy maʼlumotlarni topish mumkin.21.Terminlar hosil qilishda -don affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.Fors-tojik tilidan o‘zlashgan suffiksli ushbu m odel:1) asosdan ifodalangan tarzda biror narsa saqlanadigan idish, narsani ifodalaydi: tuxumdon, olovdon, о ‘qdon, kuldon, siyohdon, bachadon va h.k;2) shaxsga xos sifat, xususiyat, fazilatni tavsiflovchi sifat-terminlami hosil qiladi: hisobdon, bilimdon va sh.k. Ba’zi bir ilmiy asarlarda o ‘zbek tilida ikkita -don affiks-omonimining mavjudligi haqida fikr bildirilgan (Tursunov, 1965). Alisher Navoiy va boshqa o‘zbek adiblari asarlariga bag‘ishlangan mumtoz lug‘atlarning tuzilish prinsiplari.22.“Kitob ul-idrok li Lison il-atrok”da turkiy tillar leksikasiga doir ma’lumotlarning ifodalanishi. XII-XIV asrlar davomida arab tilida turkiy tillaming leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga bag'ishlangan bir qancha asarlar vujudga keldi. Ulaming ko'pchiligi til to'rganish maqsadida, ba'zilari esa qiyosiy xarakterda yozilgan. M: Abu Hayyon asarlari bunga misol bo'la oladi.Ispaniyaning Andaluziya viloyatidagi Grenada shahrida tug’ilib, Misrda yashagan, aslida Afrikaning berber qabilasiga mansub bo'lgan Asiruddin Abu Hayyon al-Andalusiy (1256-1345) 60 ga yaqin asar yozgan bo'lib, 15 tasi bizgacha yetib kelgan. U turkiy xalqlarning tarixi va tiliga bagishlangan 4 asar yozgan. Bular: 1) Turk tilidan ish kitobi», 2) «Turk sintaksisi sohasidan yorqin kitob», 3) «Turk till tarixi», 4) «Kitob al-idrok li-lison at-atrok» («Turk tilini tushunish kitobi»). Bulardan bizga «Kitob al-idrok» nomli asari ma'lum.Abu Hayyonning turkiy tiliga bo`lgan qiziqishi Misrda yashab turgan davrdayoq paydo bo’lgan edi. Bu qiziqish natijasida u arablarning turkiy tilini yaxshi tushunishlarini osonlashtirish maqsadida turkiy til va uning dialektlariga hamda turkiy til bilan arab tilining o'zaro qiyosiga bagishlangan «Kitob al-Idrok...» lug'atidir. Asar 1312 yilda Qohirada yozilgan bo'lib, qo'l yozma nusxasi 132 betdan iborat. Bu asarning 2 qo'lyozmasi mavjud. Ular Istanbulda saqlanadi. Mazkur qo’lyozmalar asosida 1891-yilda Mustafo Bey, 1931-yilda Ahmad Ja'far o'g'li asarni nashr ettiradi. Keyingi davrlarda A.Zayanchkovskiy, K.Brokkelman, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, N.Rasulova singari olimlar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot ishlari olib bordilar.N.A.Baskakovning ta'kidlashicha, asar qipchoq tilini o'rganuvchilar uchun moʻljallab yozilgan amaliy qo’llanmadir. Asarda turkiy tillar leksikasi va grammatikasiga doir qiyosiy ma'lumotlar ham bor. Asar 2 qismdan iborat. 1) lug'at; 2)grammatika.Download 87.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling