Fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari


- harbiy sohaga old so'zlar: kozari (Josus), chari (qo'shin), chalo'sh (olishuv, kurash), sano'sh (sanchilmoq), qonush (bosqinchilik)


Download 87.06 Kb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi87.06 Kb.
#1626222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Terminologiya

- harbiy sohaga old so'zlar: kozari (Josus), chari (qo'shin), chalo'sh (olishuv, kurash), sano'sh (sanchilmoq), qonush (bosqinchilik);

- o'simliklar nomlari: bugdoy, arpa, kunji, noxut, ekin; - hayvonlar nomi: davar (poda), dava(tuya), okuz, bug'a, qoyan, buzag'u, oglak (uloq, echkicha);

-oziq-ovqat nomlari: al (go'sht), ash, bal (asal), chaqar (shakar), yag:

-qarindoshlikka oid so'zlar: ana, ata,o'g'lan, o'gul, qiz;

-hashorat nomlari: sinak (pashsha), chibin;

- qush nomlari: sercha (chumchuq), chtipchak (chumchuq), kaklik, chil kabi so'zlar guruhiga bo'lgan.

Asarning uchinchi bobida payt va o'rin ravishlari, kelishik, ko'rsatish va so'roq olmoshlari, ko'makchilar haqida, hafta kunlari va yil fasllari nomlari to'grisida ma'lumot beriladi.

26Terminlar hosil qilishda -parvar affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.parvar affiksli so‘z yasovchi model

Fors-tojik tilidan o‘zlashgan -parvar suffiksi ishtirokida reallashgan bu kammahsul model shaxs otini anglatuvchi oz sonli terminlami yasaydi: yetimparvar, vatanparvar, insonparvar, xalqparvar, sulhparvar, yurtparvar va sh.k


27.O‘zbek terminologiyasining baynalmilal istilohlar hisobiga boyishi.Hozirgi o‘zbek tili terminologiyasida kalkalash yo‘li bilan yangi termin yasash masalasiga alohida diqqat qaratiladi. Ruscha-baynalmilal terminlarni to‘la yoki qisman tarjima qilish usuli bilan hosil qilingan o‘zbek tili terminlari mavjud terminologiya tizimining yana ham kengayishi va boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmi – yigirmanchi asr boshida ruscha-baynalmilal leksikaning o‘zbek tili so‘z boyligi tarkibiga shiddat bilan kirishi kuzatiladi. O‘zbek adabiy tili xorijiy so‘z va terminlarni o‘zlashtirish jarayonida ularni nafaqat tayyor, asl holda qabul qildi, balki kalkalash usuliga tayangan tarzda to‘laligicha yoxud qisman tarjama qilish yo‘lidan bordi. XX asrning boshlarida ko‘pgina ruscha-baynalmilal terminlar o‘zbek tiliga o‘girilgan edi. Chunonchi: uchuvchi (aviator), tintuv (obisk), ot quvvati, ot kuchi (loshadiynaya sila), otashxona (parovoz), otash kema (paroxod, korabl), davlat dumasi (gosudarstvennaya duma), dunyo ilmi (svetskiye nauki), erkinlik (svoboda), jadidchi (novator), spirtlik ichkuliklar(spirtniye napitki) shular jumlasidandir (Usmonov 1981). Bunga o‘xshashancha erta yasalgan terminlarning aksariyati til qonuniyatlariga bo‘ysungan holda hozirgi o‘zbek tilida faol qo‘llanishda davom etmoqda. Xullas, hozirgi zamon o‘zbek tili terminologiyasi ruschabaynalmilal elementlarni struktur (so‘z yasovchi) hamda semantik kalkalash orqali sezilarli tarzda boyib bormoqda.Struktur kalkalash yasama so‘zlar, qo‘shma so‘zlar va so‘z birikmalari chegarasida sodir bo‘ladi.Yasama terminlarni kalkalash. Chet (rus) tili yasama terminlarini
kalkalash jarayonida o‘zbek tilida bor bo‘lgan mutanosib asos hamda so‘z
yasovchi affiks tanlanadi. Buning natijasida o‘zbek tilida mutlaqo yangi
termin hosil bo‘ladi, bunday terminlar ayniqsa ilm-fan va texnika terminologiyasi tizimida keng ko‘lamda aks etgan: to‘g‘rilagich
(vipryamitel), taqsimlagich (raspredelitel), ko‘targich (podyomnik), itargich
(tolkatel), tebranish (amplituda), oziqlagich (pitatel), iqlimlashish,
iqlimlashtirish (akklimatizatsiya), o‘rmonshunos (lesovod), issiqxona
(teplitsa), davlatshunos (gosudarstvoved), hissador (dolshik), vasiyatchi
(zaveshatel), buyurtmachi (zakazchik), tamg‘alash (kleymeniye), moydon
(maslyonka), portlatgich (vzrivatel) va h.k. Qo‘shma terminlarni kalkalash. Qo‘shma terminlarni kalkalab tarjima qilish jarayonida ularning har ikki komponentiga mutanosib tushadigan o‘zbekcha so‘z tanlanadi. Xususan: yarimo‘tkazgich (poluprovodnik), shaltoqsepgich(jijerazbrasivatel),
ariqkovlagich (kanavakopatel), suvo‘lchagich (vodomer), gazo‘lchagich (gazomer), tezotar (skorostrelniy), moyjuvoz (masloboyka), bug‘tarqatgich (paroraspredelitel), tulkiquyruq (lisoxvost), yog‘och kesuvchi (lesorub), muzyorar (ledokol), kamqonlik (malokroviye), arzonbaho (malotsenniy), junqanot (zool.sherstokril), asalxo‘r (zool. medoyed), qisqa metrajli (korotkometrajniy), qiziltan (krasnokojiy), qizilqanot(zool. krasnoperka), kartoshkaekkich (kartofelesajalka), kartoshkaqazgich (kartofelekopatel), suvgul (bot. vodokras), suvqovoq (bot.gorlyanka) singari katta miqdordagi terminlar ayni shunday yo‘l bilan hosil qilingan.

Download 87.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling