Fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari
Download 87.06 Kb.
|
Terminologiya
34Terminlar hosil qilishda -lash affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.Jarayon, xatti-harakat nomini ifodalovchi terminlar yasaydi: akkreditlash, kurtaklash, payvandlash, standartlash, liofillash, parmalash, xromlash, frezerlash, alyuminlash, geperinlash, toblash, presslash, mexanizatsiyalash, ionlash, paypaslash (tib.palpatsiya), skanerlash (tib.skanirovaniye), betonlash, dezaktivatsiyalash, kodlash, trallash va sh.k.35Istiqlol davri o‘zbek lug‘atshunosligi erishgan yutuqlar. 36.Bado’ul-lug‘atda” so‘zlarning joylashtirilish tartibi.“Badoyi al-lug‘at” – ushbu lug‘at Alisher Navoiy ijodiyotida qo‘llanilgan so‘zlarni izohlash uchun tuzilgan bo‘lib, bunda Navoiy dahosining adabiyot ilmida yangilik sifatida kiritgan uslubi, u qo‘llagan she’riy san’atlari izohlab berilgan. Muallif davr va bilim saviyasidan kelib chiqib ushbu lug‘atni ikki tilda o‘zbekcha –forscha tillarda izohlab bergan.Ushbu lug‘at 1500 – yillarda Sulton Husaynning topshirig‘iga binoan tuzilgan bo‘lib, “Badoui al-lug‘at” da mingga yaqin so‘z va iboralar izohlab berilgan. Lug‘at tuzilish juhatidan 180 betdan tashkil topgan bo‘lib, unda tilshunoslik tizimidagi ot, sifat, son va olmoshlar, bosh kelishikdagi sozlarning ham qo‘llanish izohi berilgan bo‘lib, fe’llar esa “masdar” shaklida ko‘rsatilgan.Lug‘at muallifi Tole Hiroviy ushbu lug‘atni tuzishda o‘rta asr qomuschiligining eng yaxshi an’analaridan foydalangan bo‘lib har bir so‘z haqida uch xil ma’lumot beriladi: 1. So‘zning tovush tuzilishi 2. Uning ma’nosi 3. Gramatik xususiyati Ushbu tarzda so‘zlarning izohlanishi lug‘atchik tizimida yuksak ahamiyat kasb etadi. So‘zlarga nisbatan berilgan grammatik izohdan so‘ng etimologik izohning ham berilishi lug‘atning saviya darajasini oshirishga xizmat qiladi. Masalan: “Badoui al-lug‘at da adash so‘zining etimologiyasi haqida ham gapirilib, aslida “addash” tarzida bo‘lgani keyinchalik esa bir “dol” ning davr va so‘zlashuv qoliblarining o‘zgaruvchanligi natijasida tushib qolganini ta’kidlaydi. Lug‘atchilik tizimizda asosan tarjimali lug‘atlar tuzish bo‘yicha ham leksikografik traditsiyaning mavjudligi va qo‘llanilishi “Badoyi al-lug‘at” ni yaxshi leksikografik saviyada tuzish imkonini berdi. “Badoyi al-lug‘at” da jami 854 so‘z o‘rin bo‘lgan bo‘lib, 24 bobga joylashtirilgan. Boblar tartib va ketma-ketlik bilan joylashtirilishi va so‘zlarning etimologik izohi, qolaversa ma’nolar tasdig‘i uchun ilyustratsiyalarning ham berilishilug‘atning salmoqdorligining darajasini oshirgan.Alisher Navoiy asaralarining izohli so‘zlar bn xalqqa yetib borilishida tuzilgan. “Badoyi al-lug‘at”da Navoiyning bir qancha asarlari: “Lison ut – tayr”, “Mahbub ul-qulub”, “Majolis un – nafois”, “Xamsa” turkumiga kiruvchi barchga dostonlar, “Chor devon” va boshqalardan keng foydalanilgan. Muallif – Tole Hiraviy so‘z va uning izohini lug‘atda yoritib berar ekan, etimologik izoh va izohlanyotgan so‘z qatnashgan biror she’riy misralarni ham misol sifatida berib o‘tadi. Bunda XIV asr she’riyatining yorqin namoyondalari Suhayliy va Arzaqiylar ijod namunalarining ham lug‘atda berib o‘tilishi lug‘atda izohlanyotgan so‘zlarning umumiy ma’nosini singdirish bilan birga, shu so‘zning qo‘llanish doirasi, u so‘zlashuv uslubida yoki adabiy-she’riy misralarda izohlab berilishi ta’sir jarayonini oshirilishiga hissa qo‘shadi. 37Terminlar hosil qilishda -lashtirish affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.-lash affiksli so‘z yasovchi model singari asosan ruscha-baynalmilal o‘zlashmalardan “hosil qiluvchi asosning nomi bilan atalgan ta’minot, as-bob-uskuna, jihoz” (Danilenko 1977; 155) umumiy ma’nosini ifodalovchi terminlami vujudga chiqaradi: avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, telefonlashtirish, elektrlashtirish, pasportlashtirish, gazlashtirish, robotlashtirish, formallashtirish, liberallashtirish, atomlashtirish, kodlashtirish,niqoblashtirish, mexanizatsiyalashtirish va sh.k. 38.O‘zbek terminologiyasini takomillashtirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar. Bugungi kunda o‘zbek tili soha terminologiyasi har tomonlama takomillashish jarayonini boshidan kechirmoqda. Terminlaming ular ifodalaydigan narsa-buyum, voqea-hodisa tushunchasi, ma’no-mazmuniga mutanosib, mos tushishi, struktur(shakl) jihatdan ixcham bo‘lishi, yakka ma’noni ifodalashi, m a’nodoshlik(sinonimik) qatorlariga kirmasligi kabi talablar terminshunoslar diqqat markazidan joy olganligi yangilik emas. Ayniqsa, chet tillardan shiddat bilan kirib kelayotgan ilm, fan, texnika, texnologiyaga doir terminlami qanday tarzda qabul qilish, o ‘zlashtirish xususida har yondashuvlar ko‘zga tashlanadi. Istiqloldan keyin o‘zbek terminologiyasi nafaqat miqdor, shuningdek, sifat o‘zgarishlarga ham yuz qo‘ydi. 0 ‘zbek tili imkoniyatlaridan foydalangan tarzda terminlar tizimini tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, muayyan narsa-buyum, tushuncha, voqea-hodisani ifodalashda ona tili qatori, o ‘mi bilan, o‘zbek tili shevalari va lahjalari so‘z xazinasida mavjud tayyor so‘zlardan foydalanilmoqda, o‘zbek tilida asrlar osha sinovlarga bardosh bergan so‘z yasovchi affikslaming termin hosil qilishdagi ishtirokidan unumli istifoda etilmoqda, kalkalashning mavjud turlari yordamida terminlar hosil qilishga jiddiy diqqat qaratilmoqda, mazkur usullaming birortasi ham qo‘l kelmagan kezlarda chet tili terminlari aynan, tayyor holda o‘zbek terminologiyasi tarkibiga olinmoqda. So‘nggi fikming isbotini АКТ va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kompyuter, internet bilan bog‘liq tenninlaming qo‘llanishida ko‘ramiz. 39“Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya” asarining o‘ziga xos xususiyatlari.Turkiy tillar lug'ati va grammatikasiga bagishlangan asarlar qatoriga muallif noaniq bo'lgan «Kitob at-tuhfatuz zakiyatu fi-l-lug'at-it-turkiya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa») asar ham kiradi. Kitob kirish qismida muallif shunday yozadi: “Mendan (bu ishni) so'raganlarga ho'p deb va'da qildim. Tangridan muvaffaqiyat va yordam so'radim” («At-tuhfa» 8-bet) deyilishi ya'ni muallifdan mazkur asarni yozishni kimlardir so'raganiga ishora qilinishi uning yetuk olim bo'lganidan dalolat beradi. Asar muallifi M.Qoshg’ariy izidan borib, turkiy qabila tillarini, ularning o'zaro farqi va o'xshash jihatlarini aniqlashga harakat qilgan. “At-tuhfa” asarida qipchoq tili materiallari tahlil qilingan. “Men bu asarda,- deb yozadi muallif,-qipchoq tili (xususiyatlari)ga asoslandim. Chunki eng kop qo'llangan til qipchoq tilidir”. Bu nodir yodgorlik 1922-yilida turk olimi Fuat Kupruluzada tomonidan fan olamiga ma'lum qilindi. Shundan keyin polyak olimi A.Zayanchkovskiy, venger olimi 1942-yilda T.Xalal-Kun bu nodir yodgorlik faksimilesini nashr etdi. 1945-yilda Boaim Atalay «At-tuhfa»ning turk tiliga tarjimasini nashr etib, unga asaming to'liq lug'ati va fotokopiyasini ilova qildi. 1968-yilda S.Mutallibov mazkur asarni o'zbek tilida nashr ettirdi. 1978-yilda E.Fozilov va M.Ziyaevalar «At-tuhfa»ni kirish, leksik-grammatik ocherk, tarjima, so'zlik, grammatik ko'rsatkichlari bilan rus tilida nashr etdilar. Kirish qismida asarning o'rganilish tarixi haqida to'liq ma'lumot beriladi. Asar 182 betdan iborat, arab tilida yozilgan. Asarda qipchoq till materiallari uch qismda izohlanadi: kirish, lugat, grammatika. «At-tuhfa»ning lug'at qismi 29 bobni tashkil etadi. Kirish qismida tafakkur va tilning inson jamiyatidagi rolini ko'rsatib, muallif “inson hayvondan faqat tushunish va so'z (so'zlash) bilan farq qiladi” deydi. Lug’at qismida 3 mingta turkiy so'z berilgan bo'lib, ularning ma'nolari arab tiliga tarjima qilingan. Qipchoq til morfologiyasi va s va sintaksist 64 bobdan iborat grammatika qismida tavsiflanadi. Unda muallif turkiy tildagi barcha grammatik kategoriya va shakllarni klassik arab tilshunosligi terminlari vositasida izohlaydi. Xullas, kitobning grammatika qismi qipchoq till strukturasi to'g’risida tugal tasavvur hosil qiladi. 40.Terminlar hosil qilishda -cha affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.-cha affiksli so‘z yasovchi modelDownload 87.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling