Mavzu: Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish tartiblari reja


Download 0.54 Mb.
bet1/15
Sana20.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1633142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Chorshambiyev Lochinbek Boyto’ra o’g’li62467



­­­­­­­­­­
Mavzu: Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish tartiblari
REJA:

  1. Kirish…………………………………………………………....…… 3-4

  2. Asosiy qisim

  1. Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari………………………………………………………….….. 5-14

  2. Budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi va ularni ijrosi hisobi…………………………………………………………………… 15-23

  3. Budjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari………………………………………………….… 24-34

  1. Xulosa va takliflar …………………………….…...……............... 35-36

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ................................................. 37-38






Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarblig.Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan budjet tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmini isloh qilishga, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, qator choratadbirlar amalga oshirildi. Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari muassasa va tashkilotlari budjet tashkiloti maqomida faoliyat qiladi. Davlat budjetining kata miqdori ham aynan shu sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Lekin oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlari xarajatlarini aniq rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni talab etmoqda.Yuqorida keltirilgan fikirlar kurs ishining dolzarbligini belgilab beradi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling