Mavzu: Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish tartiblari reja


Xarajatlar smetasi (yakka (individual)smeta)


Download 0.54 Mb.
bet8/15
Sana20.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1633142
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Chorshambiyev Lochinbek Boyto’ra o’g’li62467

Xarajatlar smetasi (yakka (individual)smeta)yuridik shaxsmaqomiga ega bo’lgan alohida muassasa bo’yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda yuridik manzilga ega bo’lgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi budjet tashkiloti (oliy ta‘lim muassasasi, kasbhunar kolleji, tibbiyot klinikasi, ilmiy-tibbiy markaz, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda budjetdan to’lanishi ko’zda tutilgan o’z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi.
Jamlanma xarajatlar smetasi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va yoki tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat
ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida keltirilishicha, ‘’jamlanma xarajatlar smetasi – budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan o’z asarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlarsmetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi’’ hisoblanadi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo’linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha quyidagi alohida hollarda jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin:
 bir turdagi kichik tashkilotlar bo’yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa tashkilotlar bo’yicha;
 bir turdagi yirik tashkilotlar bo’yicha, qachonki ularga xo’jalik xizmatlarini ko’rsatishxo’jalik xizmatlarni ko’rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalgaoshirilsa;
 fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bo’yicha;
 ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlari bo’yicha.
Daromad va xarajatlar smetasibudjet tashkilotlaritomonidan joriy moliya yiliuchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, undatashkil bo’lish anbalari vaushbu mablag’larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda budjetdan tashqaridaromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlari quyidagi budjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha smetalartuzadilar:
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalari;
budjet tashkilotlariga undiriladigan to’lovlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdantashqari mablag’lar, shu jumladan, o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta‘limmuassasalarida, umumta‘lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktabinternatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta‘lim muassasalarida saqlab turilganligiuchun, o’quvchilar bolalar musiqa va san‘at maktablari hamda maktabdan tashqari ta‘limmuassasalarida ta‘lim olganligi uchun, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida
ta‘lim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibiovqatlanishi uchun hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi to’lovlar. Masalan, oliy ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida
talabalarni o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar va ularni ishlatish yo’nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromad va xarajatlar
smetasi asosida rejalashtiriladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling