Mavzu: Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish tartiblari reja
Budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi va ularni ijrosi hisobi
Download 0.54 Mb.
|
Chorshambiyev Lochinbek Boyto’ra o’g’li62467
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlar smetalarini ko‘rib chiquvchi tashkilotlar
Budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi va ularni ijrosi hisobi
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbaalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Tashkilotlar, agarda qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani, shuningdek, shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va budjetdan moliyalashtirish me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlar ularga berilgan tegishli huquq va vakolatlar doirasidagi qarorlari va farmoyishlarida ko‘zda tutilgan xarajatlar kiritiladi.Xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha, 4 guruh xarajatlarining to‘liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo‘lib, smetasining prognoz hisob - kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart. Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak: - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari vafarmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga; - budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar e’yorlariga; - tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va ariflariga. Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollarda tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. 2.1-rasm. Xarajatlar smetalarini ko‘rib chiquvchi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O’zbekistonRespublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-sonbilan ro’yxatga olingan ‘’Budjet tashkilotlari va budjetmablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatjadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibito’g’risidagi Nizom’’3ga muvofiq, budjet tashkilotlaridasmetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi. 2.2-rasm. Budjet tashkilotlaridasmetalarning quyidagi turlarga bo’linadi Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling