Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa-xususiyatlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni,

ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali ko'rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng bo'lgan barcha nisbiy ko'rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan kichik bo'lmagan ko'rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi namunaning sifat ko'rsatkichlaridan past emasligini ko'rishimiz mumkin. Aks holda mahsulotning sifati darajasini boshqa usulda, masalan, kompleks usulida aniqlash mumkin.
Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko'rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo'lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko'ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.

Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko'rsatkichini obyektiv topishdadir.
Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichlari bilan e'tiborga olinayotgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlikni tavsiflash imkoniyati bo'lgan barcha holatlarda quyidagi funktsional bog'liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Barcha bo'lishi mumkin bo'lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog'liqlikning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda umumlashgan ko'rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |