Ма’ruza Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari. Turli XIL mahsulotlari sifatini baholash
Ма’ruza 5. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash va sifat darajasini baholash usullari. Turli xil mahsulotlari sifatini baholash. Reja: 1.Mahsulot sifat darajasini baholash usullari 2.Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda aralash usuli. 3.Mahsulot sifatini texnikaviy darajasini baholash. 4.Standartlashtirish va sifat 1. Mahsulot sifat darajasini baholash usullari.
Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin (1-rasm).
Mahsulotning sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari
Mahsulot sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari klassifikatsiyasi.
O'lchash usuli texnik o'lchov asboblari yordamida olingan ma'lumotlarga asoslangan. O'lchash usuli yordamida mahsulotning og'irligi, bo'yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli - nazariy yoki empirik bog'lanishlar yordamida olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og'irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko'rsatkichlarni aniqlashda qo'llaniladi.
Organoleptik usul - sezgi organlari: ko'rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma'lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko'rinishi, ko'zga tashlanuvchanligini baholashda qo'llaniladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |