A. Baholash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar nomenklaturasini aniqlash:
Ko'rsatkichlar nomenklaturasi bir turdagi mahsulot namunalarini, ya'ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni ta'minlashi zarur. Boshqacha aytganda, ko'rsatkichlar nomenklaturasini ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash maqsadlaridan kelib chiqib o'rnatiladi.
Ko'rsatkichlar nomenklaturasi klassifikatsion va baholash ko'rsatkichlarini o'z ichiga oladi. Klassifikatsion ko'rsatkichlar ushbu tur mahsulotining ishlatilish maqsadlari va qo'llanish sohasini tavsiflaydi. Bu ko'rsatkichlarning miqdoriga qarab jahon bozoridagi namunalar baholanayotgan mahsulot analoglari guruhiga kiritiladi. Baholanayotgan va bazis namunalarining keyingi taqqoslashlarda ulardan foydalanilmaydi, chunki ular mahsulot sifatini tavsiflamaydilar. Bularga mahsulotning ishlatilish maqsadlarini yoki qo'shimcha moslamalarning, parametrlarning va boshqalarning mavjudligini aniqlovchi sifat ko'rsatkichlari kiradi.

Baholovchi ko'rsatkichlar baholanayotgan namunani bazis namuna bilan bevosita taqqoslash uchun va iste'mol xususiyatlarini, ishonchlilik, havfsizlik, ekologik hamda iqtisodiy ko'rsatkichlarni baholash uchun qo'llaniladi.
B. Analoglar guruhining shakllanishi va ko'rsatkichlarining ahamiyati:
Do'stlaringiz bilan baham: |