G. Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash - bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mahsulotni va uning ko'rsatkichlari qiymatlarini xalqaro standart ko'rsatkichlariga havfsizlik ko'rsatkichi, ekologiya ko'rsatkichi va boshqa ko'rsatkichlarni ham inobatga olgan xolda mos kelishi tekshiriladi. Ushbu shartlardan birortasiga javob bermaydigan mahsulot jahon bozori darajasiga javob bera olmaydi. Yuqoridagi shartlar bajarilsa, ikkinchi bosqichga o'tiladi.

Ikkinchi bosqichda baholanayotgan mahsulotni har bir bazis namuna bilan baholash ko'rsatkichlarining qiymati bo'yicha jufti bilan taqqoslash usuliga ko'ra solishtiriladi. Bunda taqqoslash quyidagi natijalardan biriga olib kelishi mumkin:
baholanayotgan mahsulot ko'rsatkichlarining juda bo'lmasa bittasi bo'yicha bazis namunaga javob bermasa bunday mahsulot bazis namunadan past hisoblanadi;

baholanayotgan mahsulot ko'rsatkichlarining juda bo'lmasa bittasi bo'yicha bazis namunadan ustun bo'lsa va qolgan ko'rsatkichlar bo'yicha bazis namunadan qolishmasa, bunday mahsulot bazis namunadan ustun bo'ladi;
baholanayotgan mahsulot barcha ko'rsatkichlari bo'yicha bazis namunaga mos kelsa, u bazis namunaga teng qiymatli hisoblanadi.
Agar baholanayotgan mahsulot ba'zi ko'rsatkichlar bo'yicha bazis namunadan ustun bo'lsa, boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha esa bazis namunaga javob bermasa, taqqoslash natijasi aniqmas hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |