Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko'rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o'tkazuvchanligi, cho'ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.

Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlarga aytiladi.
2.Guruhlar bo'yicha aniqlangan kompleks ko'rsatkichlar hamda alohida ajratib ko'rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo'lgan birlik ko'rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Odatda, o'lchash yo'li bilan mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko'rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko'rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo'li bilan, yuqorida aytib o'tganimizdek, sifatning kompleks ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin.
3.Mahsulot sifatini texnikaviy darajasini baholash. Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi: - Normativ xujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishga qo'yish to'g'risidagi qarorni qabul qilishda;
- Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
- Mahsulotni eksporti yoki importi bo'yicha muloxazalarning shakllanishida. Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o'z ichiga quyidagilarni oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |