Fan: Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish Bajardi: Mamadiyorova Dilorom


Download 118.41 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi118.41 Kb.
#1028493
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti.

Fan: Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish

Bajardi: Mamadiyorova Dilorom

Mavzu: Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish Reja:

  • Rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari;
  • Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish;
  • Biznes rejaning mazmuni va ishlab chiqish tartibi.

Rejalashtirish, jumladan, indikativ reja va prognoz – bu korxonalarning xo’jalik faoliyati uchun mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun barcha omillardan foydalanish va tayyorgarlikningb o’z vaqtida bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan qulay sharoitlarni yaratishdir.

  • Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni bo’lsa, reja korxonaning ma’lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi.

Rejalashtirishning eng ko’p tarqalgan usullari:


Balans usuli
Normativ usul
Iqtisodiy-matematik usul
Omillar bo’yicha
Ko’p varinatli hisob-kitob usuli

Rejalashtirishning


Maqsadni belgilash;
Korxona faoliyatining turli xil yo’nalishlarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish;
Zaruriy moddiy-texnika asosini shakllantirish;
Moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
Yakuniy natijalarning ijobiy bo’lishiga erishish

asosiy vazifalari quyidagilar:

Rejalashtirishning

muhim tamoyillari:


Yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish
Propor-sionallik
Komplekslilik
Ilmiylik
Rejalashti-rishning uzluksizligi
Optimallik
Mosla-shuv-chanlik
Nazorat qilish

Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslangan holda avvaldan ko’ra bilishni ifodalaydi.

  • Bashorot – bu korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir.
  • Bashorotning maqsadi – bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo’jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi “pioner” (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarini belgilashdadir.

Mazmuniga ko’ra rejalashtirishning turlari:

  • Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo’lib, asosan bir yilga mo’ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi.
  • Tezkor ishlab chiqarish rejalashtirish korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga – sutka, o’n kunlik, oyga bo’lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor ishlab chiqarish rejalashtirish kalendar rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo’ladi.

Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi:

  • Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat’iy ravishda asoslab berilishi;
  • Rejadagi vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi;
  • Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish,nazorat qilish va unga zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish;
  • Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish,shuningdek, korxona faoliyatini ro’y bergan o’zgarishlarga mos ravishda, o’z vaqtida qayta tashkil qilish;
  • Fan-texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilg’or talablariga tayanish.

Biznes reja nima?

Yangi korxona tashkil qilish yoki biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish uchun mo’ljallanayotgan asoslangan xatti-harakatlarni o’z ichiga oluvchi hujjat hisoblanadi.

Biznes rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish lozim:

  • Biznes reja professional va shu bilan birga sodda, bajarish uchun tushunarli bo’lishi lozim;
  • Biznes reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxslarga tushunarli bo’lishi uchun qismlarga bo’lingan bo’lishi kerak;
  • Biznes rejani tayyorlashda korxonaning rahbari albatta qatnashishi shart;
  • Biznes rejada xatolar va noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi kerak;
  • Biznes rejadagi ma’lumotlarning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur.

O’ntagacha bo’limni o’z ichiga oluvchi biznes rejalar maqbul hisoblanadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes rejalar taklif qilinadi:


Tanlangangan biznes konsepsiyasi
Hozirgi paytdagi holat
Korxona va uning mahsulot va xizmatlari tavsifnomasi
Boshqaruv
Bozor tadqiqoti va tahlili
Marketing harakatlari rejasi
Ishlab chiqarish rejasi
Tavakkal-chilikni baholash
Moliyaviy reja
Biznes rejaning samaradorligi

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 118.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling