B. Analoglar guruhining shakllanishi va ko'rsatkichlarining ahamiyati:
Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholanayotgan mahsulot ishlatilish maqsadlari va qo'lanish sohasiga ko'ra mos bo'lishi, ya'ni bir xil guruhlovchi ko'rsatkichlarga ega bo'lishi kerak.
Guruhlarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda - baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg'or hamda eksperimental namunalar;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda - ko'rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o'rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
V. Analoglar guruhidan bazis namunalarni ajratish: Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko'rsatkichlar qiymati bo'yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi.
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi amalga oshiriladi:
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi amalga oshiriladi:
agar analog jami baholovchi ko'rsatkichlar bo'yicha boshqa analoglardan qolishmasa, ya'ni birorta ham ko'rsatkich bo'yicha boshqa analogdan qolishmay, boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha ustun bo'lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash ishlarida ishtirok etmaydi;
agar birinchi analog ba'zi ko'rsatkichlari bo'yicha ustun bo'lsa, boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha esa ikkinchi analog ustun bo'lsa, bunda analoglarning ba'zi ko'rsatkichlarining qiymati bir-biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi.
Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko'rstkichlar to'plamida qolganlardan ustun bo'lgan analoglargina qoladi. Bu analogalar bazis namunalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |