Ma’ruza mashg’uloti 1-Mavzu: Anorganik kimyo fani va uning rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan bog’liqligi Reja


Download 68 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi68 Kb.
#1731587
  1   2
Bog'liq
1 maruza



MA’RUZA MASHG’ULOTI


1-Mavzu: Anorganik kimyo fani va uning rivojlanish tarixi,
boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Reja:

  1. Materiya va modda, kimyo fani.

  2. Kimyo fanining vazifalari va axamiyati.

  3. Kimyo fanining tarixi va ilmiy kimyoning boshlanishi.

  4. O’zbekistoning xom ashyo resurslari



Tayanch so’zlar: kimyo fani, fizik konstanta, kimyoviy xodisa, materiya, Eynshteyn tenglamasi

Insoniyat – tabiat – olov ta’sirida bir xil predmetlar yo’qolib ularning o’rniga boshqasi hosil bo’ladi. Masalan: loyni qizdirib unga qattiqlik berish, ganchkorlikni vujudga keltirdi. Rudalardan metallarni eritib olib, metallardan qotishmalar olib metallurgiya sanoati vujudga keldi.


Eng birinchi kimyoviy reaksiya olovda moddalarning bir-biriga o’tishi bo’ldi, Shuning uchun kimyo tarixchilaridan biri Figurovskiy olov o’ziga yarasha kimyoviy laboratoriyadir deydi.
Bizning eramizgacha 1000 yil oldin qadimiy Misrda – keramika, lazur, shisha, oxra buyog’i, indigo, pigmentlar ishlatilgan. Shuning uchun Fransuz kimyogari Bertlo kimyo egipitcha"xemi"deb atadi (hunarmandchilikni rivojlantirgan odamlarni xemi deb atagan) grek alximigi Zosima kimyo – oltin va kumush yasash san’ati (xemia metall quyish san’ati ) degan so’zdan olingan deydi. Kimyo so’zining ma’nosi haqida turlicha fikrlar mavjud. "Kimyo" (grekcha) - "Xyumos"so’zidan olingan bo’lib "SHarbat" deganidir, yoki "Xima" (grekcha) - quyma metall degani.
"Xyuma" - "Kuyish", "Oqim", "Ximevsis" - aralashtirish xitoycha "Kim" – oltin degan ma’noni bildiradi. qadimgi Egipitcha "chemi" - qoratuproq, Egipetni nomi, rimcha "Kimyo" - nodirmas metallarni oltin va kumushga aylantirish san’atidir.
"Xemiya" - Egipitcha" oltin va kumush olish san’atidir. "Ximoyya" - so’zi juda qadimgi tuShunchalar bilan bog’langan bo’lib, - "quyish","tindirish" ni bildiradi.
Hozirgacha "Kimyo" so’zining kelib chiqishi haqida aniq bir fikr yoki ma’lumotlar yo’q.
Kimyoni butun rivojlanishini asosan 5 ta bosqichga bo’lish mumkin:
1 - bosqich. Kimyo rivojlanishining qadimgi naturfilosofiya va alkimyo davridan, bizning tariximizgacha bo’lgan davr bo’lib uni biz "alkimyo" davri deb ataymiz. Bu davr asosan moddalar haqidagi dalillarni to’plash bilan Shug’illanib ularning bir - biriga o’tish hollarini o’rgandi. U 2 ming yil - XVII asrning 2 chi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ularning asosiy maqsadi falsafa toshini topish bo’ldi.
2 - bosqich. XVII asrning 2 chi yarmidan boshlanib bu davr eksperimental kimyo deb atalib, ular kimyoni moddalar tarkibi haqidagi fan ekanligiga asos soldi. Sintez o’tkazdi, moddalar tarkibini tekshirish natijasida ularning bir - biriga o’tishini o’rganib qoida, qonun, nazariyalarni vujudga keltirdi, analitik kimyo - sifat fani sifatida vujudga keldi.
3 - bosqich. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va analitik kimyo - undan keyin esa sintetikaga o’tib - "tuzilish kimyosi" vujudga keldi, natijada turli xil buyoqlar, dorilar, sun’iy ipak olindi. Bu davr kimyoviy strukturaning boshlanishiga asos bo’ldi (1860-1880 yillar) va organik kimyoning rivojlanishining Shuhrat qadamlarini ortishiga sabab bo’ldi.
4 - bosqich. XX asr – sanoat va texnikaning jadal rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu davr - sanoat va qishloq xo’jaligi uchun kerakli bo’lgan aniq tarkibli moddalardan juda ko’p miqdorda olish bilan harakterlanadi. Ma’lum xossaga ega bo’lgan plastmassa, sintetik, kauchuk, sun’iy tola, yuvuvchi moddalar, azotli o’g’itlar va boshqalardan ko’plab miqdorda ishlab chiqarila boshlandi.
5 - bosqich. Hozirgi zamon rivojlangan ishlab chiqarish talabiga binoan rivojlanish davri. Bu davrda har xil erituvchi tanlash, biokatalizatorlar yordamida kerakli tarkibdagi moddalarni olish uchun ishlatiladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Kimyo fani - atrofimizni o’rab olgan butun olamni, uning xilma - xil shakllarini va olamda sodir bo’ladigan turli-tuman xodisalarni tekshiruvchi tabiat fanlaridan biridir. Tabiat, butun olam inson ongidan tashqarida va inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, mavjud narsalarning hammasi doimo harakat qilib turadigan materiyaning har xil turlaridir. Kimyo fani jonli va jonsiz tabiatni tashkil qilgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini Shular natijasida ro’y beradigan o’zgarishlarni va bu o’zgarishlar orasidagi bog’lanishlarni tekshiradi. Butun koinot, jonli va jonsiz olam, koinotda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar materiyaning ayrim formalaridir.
Materiya – bu ob’ektiv reallik bo’lib, bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir, bizning ongimiz undan surat oladi, nusxa oladi va uni aks ettiradi.
Materiya formalari maydon va moddadir. Har ikkalasi zarrachalari - massa, energiyaga ega bo’lib korpuskulyar va to’lqinli harakat bilan harakterlanadi. Modda zarrachalarining massasi bir xil, zichligi katta, maydon doimo to’lqinli harakatda bo’lgan uning zichligi esa kichik. Kimyoviy reaksiya kimyoviy harakat formalari bilan xarakterlanadi. Materiya zarrachalariga - elementar zarrachalar, atom va molekulalar, assosiasiya va agregatsiya natijasida hosil bo’lgan maxsulotlar kiradi.
Massa tuShunchasi bilan energiya tuShunchasi orasida o’zaro bog’lanish mavjud. Harakatdagi zarrachaning massasi harakat tezigiga bog’liq ravishda ifodalanadi:

bu erda: to - v = 0 bo’lgandagi zarrachaning tinch massasi;
t harakatdagi zarrachaning massasi;
c - yorug’lik tezligi 3 1010 sm/sek2.
Bu tenglamadan agar zarracha tezligi V = C bo’lsa zarrachaning massasi cheksiz katta bo’ladi; agar zarracha tezligi kichik bo’lsa m = m0 bo’ladi degan xulosa kelib chiqadi. Massa bilan energiya orasidagi miqdoriy bog’lanish borligini dastlab M.V.Lomonosov ko’rsatgan edi. M.V.Lomonosov tomonidan taklif qilingan massa va energiyaning saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonuni hisoblanadi. Materiya massasi xuddi energiyasidek vaqt o’zgarishi bilan doimiy bo’lib qoladi.
M = const E = const
Massa va energiyaning bog’liqligi A.Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi. (1905 e = mc2 E =  ms2)
E = mc2 yoki E = mc2)
Bu tenglama energiya o’zgarganda massa o’zgarishini va aksincha massa o’zgarganda energiya ham o’zgarishini ko’rsatadi.
S – vakuumda yorug’lik tezligi 31010 sm/s2.
Kimyo fani butun olamni, uning nixoyatda xilma xil formalarini va olamdagi sodir bo’lib turadigan xar xil xodisalarni tekshiruvchi tabiiy fanlar qatoriga kiradi.
Butun tabiat, butun olam, inson ongidan tashqarida va uning ongiga bog’liq bo’lmagan holda ob’ektiv ravishda mavjuddir.
Olam materiyadan iborat, bu narsalarning xammasi doimo xarakat qilib turadigan materiyaning xar xil turlaridir.
Materiyani, tabiatni ko’zg’almas deb tinch xolatda turadi deb o’ylamaslik zarur, u doimo xarakatda, o’zgarish va rivojlanishdadir.
Materiyaning muayyan sharoitda o’zgarmas fizik xossalarga ega bo’lgan xar bir turi kimyo fanida modda deyiladi.
Masalan: suv, osh tuzi, oltingugurt, oxak, soda, shakar, kislorod va boshqa moddalardir.
Xar bir modda o’ziga xos xossalarga ega, moddaning fizik xossalarini ya’ni zichligi, suyuqlanish temperaturasi, eruvchanligi va boshqa xossalarini tavsiflovchi kattaliklar, ya’ni muayyan sharoitda o’zgarmas qiymatga ega bo’ladigan kattaliklar fizik konstantalar deyiladi.(lotincha konstanta – o’zgarmas demakdir.)
Moddalarda xilma-xil o’zgarishlar bo’lib turishini ko’p kuzatganmiz: nam xavoda turgan temir buyum zanglab qoladi, yongan utindan ozgina kul qoladi.
Moddalarni tubdan o’zgartirib, ularni boshqa moddalarga aylanishiga olib keladigan xodisalar kimyoviy xodisalar deyiladi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling