Maruza mashg’uloti: Mavzu: Ikki komponentli sistemalar


Kongruent va inkongruent suyuqlanuvchi kimyoviy birikmalar tutgan sistemalar


Download 56.5 Kb.
bet3/3
Sana25.10.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1719388
1   2   3
Bog'liq
7-m

Kongruent va inkongruent suyuqlanuvchi kimyoviy birikmalar tutgan sistemalar
Agar A va V komponentlar parchalanmasdan (kongruent ravishda) suqlanadigan barqaror kimyoviy birikma AmVnhosil qilsa (V.11-rasm), sistema holat diagrammasining likvidus chiziqlarida keskin maksimum paydo bo‘ladi. Bunda kristall fazaning tarkibi suyuq fazaning tarkibi bilan mos keladi. S nuqtaning ikki tarifida Ye va Ye1 evtektik nuqtalar joylashgan. V.11-rasmda belgilangan S nuqta yoysimon shaklda bo‘lganligi sababli distektik (grekchadan “qiyin suyuqlanadigan”) nuqtaga mos keladi, agar maksimum keskin shaklga ega bo‘lganda, S nuqta Kurnakov ta’limoti bo‘yicha singulyar nuqta deyilar edi. Agar sistemaning tarkibi toza A komponent bilan AV kimyoviy birikma orasida joylashgan bo‘lsa, TE evtektik temperaturada uE tarkibli suyuqlanma A va AV kristallari bilan birgalikda mavjud bo‘ladi. Agar sistemaning tarkibi AV kimyoviy birikma bilan V komponent orasida bo‘lsa, Ye1 evtektikaga to‘g‘ri keladigan temperatura tarkibli suyuqlanma AV va V kristallari bilan birgalikda mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, ko‘rib chiqilgan diagramma evtektikaga ega bo‘lgan 2 ta holat diagrammalaridan (A-AV va AV-V) iboratdir.

Kongruent suyuqlanuvchi AV kimyoviy birikmaga javob beruvchi M figurativ nuqtadagi suyuqlanmaning sovish jarayonini ko‘rib chiqamiz (V.11-rasm). Ushbu tarikbda mustaqil parametrlarning soni 1 ga teng, chunki sistema bitta AV kimyoviy birikmadan tashkil

11-rasm. Kongruent suyuqlanuvchi kimyoviy birikmali sistemaning holat diagrammasi.


topishi mumkin. TS temperaturada AV ning kristallari ajralib chiqadi (F=2)va erkinlik darajalarining soni F=1-2+1=0, ya’ni sistema 1 komponentli, 2 fazali, invariant (nonvariant) va o‘zgarmas temperaturada kristallanadi.


O‘zgarmas tarkibli qattiq kimyoviy birikma – bu 1 ta faza, 1 ta kristall panjara, unda komponentlarning zarrachalari to‘g‘ri ketma–ketlikda joylashgan va kristall panjaraning hamma joyida komponentlar orasidagi munosabat bir xildir.
A va V koponentlari AV kimyoviy birikma xosil qila oladigan, ammo suyuqlanishi inkongruent (ya’ni parchalanish bilan) ravishda boruvchi ikki komponentli sistemaning holat diagrammasi V. 12–rasmda keltirilgan.
Inkongruent suyuqlanuvchi AV kimyoviy birikma TS temperaturadan pastdagina barqarordir. Shuning uchun temperatura ozgina oshirilganda ham ushbu qattiq birikma parchalanadi va 2ta faza xosil qiladi: V komponentning kristallari va u tarkibli suqlanma (S nuqta).

M nuqtaga mos keluvchi suyuqlanmani sovitsak SV likvidus chizig‘ida joylashgan a0 nuqtada V komponentning kristallari ajrala boshlaydi. a0 bilan v0 nuqtalari orasidagi temperaturalar intervalida sistema 2 fazali va monovariantlidir: F=2-2+1=1.

12-rasm. Inkongruent suyuqlanuvchi kimyoviy birikmali sistemaning holat diagrammasi.





v0nuqtada TS temperaturada AV birikmaning kristallanishi boshlanadi va davom etadi, uning tarkibi u2 (D nuqta) ga mos keladi. Bunda muvozanatda 3 ta faza bo‘ladi: suyuqlanma, AV kristallari va V kristallari. Erkinlik darajalari soni F=2-3+1=0 bo‘ladi, bu esa TS temperaturaning, u (S nuqta) eritma tarkibining va u2 (D nuqta) kimyoviy birikma tarkibining doimiyligini ko‘rsatadi.
Suyuqlanmaning tarkibi o‘zgarmasligi uchun AV ning kristallanishi bilan bir vaqtda avval kristallangan V ning kristallari erishi kerak, bunda suyuqlanmadagi V komponentning miqdori o‘zgarmas qilib ushlab turiladi.
S nuqta peritektik (o‘tar) nuqta, TS – peritektik temperatura va suyuqlanma – peritektik suyuqlanma deyiladi. Peritektik nuqtada ham, evtektik nuqta kabi, suyuqlanma va 2 ta qattiq faza muvozanatda bo‘ladi. Ammo, sovitilganda uch fazali sistemadagi jarayonlar tubdan farqlanadi. Evtektik nuqtada birdaniga 2 ta qattiq faza ajraladi, peritektik nuqtada esa 1 ta qattiq faza ajraladi, ikkinchisi esa, suyuqlanadi. Sovish egrisida peritektik temperaturada vv` gorizontal chiziq kuzatiladi.
v0 nuqtada sovitsak, jarayon avval ajralgan barcha V kristallarining erishi bilan tugaydi. Suyuqlanma va AV kristallaridan iborat 2 fazali sistema qoladi. Erkinlik darajasi F=2-2+1=1. Sovitilganda 2 fazali sistemaning temperaturasi pasayadi va suyuqlanmadan AV ning kristallari ajraladi. Bunda har bir temperaturaga suqlanmaning ma’lum tarkibi mos keladi (SE egrisi). Suyuqlanmaning yanada sovitilishi (f0, d0, e0figurativ nuqtalar) oddiy A–AV evtektikali sistemaning holat diagrammasi bilan ifodalanadi.
Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling