Maruza mashg’uloti: Mavzu: Ikki komponentli sistemalar


Download 56.5 Kb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1719388
  1   2   3
Bog'liq
7-m


Maruza mashg’uloti:
Mavzu: Ikki komponentli sistemalar

Reja


  1. Ikki komponentli sistemalar.

  2. Sovish va holat diagrammalari.

  3. Holat diagrammalarining turli ko‘rinishlari

  4. Takrorlash uchun savollar.



Tayanch so‘z va iboralar: Ikki komponentli sistemalar. Sovish va holat diagrammalari. Holat diagrammalarining turli ko‘rinishlari.
Fizik–kimyoviy analizning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri termik analizdir. U qattiq va suyuq fazalar orasidagi muvozanat temperaturasini aniqlashga asoslangan.
Shaffof bo‘lmagan va yuqori temperaturalarda suyuqlanadigan moddalardan iborat sistemalarni tekshirishda “temperatura–vaqt” diagrammalaridan foydalaniladi. Ushbu diagrammalarni sovishegrilari yoki

sovish diagrammalari deb ham nomlanadi. Biror sistema avval qizdirilib, so‘ngra sovitilganda sistemada issiqlik chiqishi bilan boruvchi hech qanday jarayon sodir bo‘lmasa, sistemaning temperaturasi bir tekis pasayib boradi (V.8-rasm,A).

V.8-rasm. Sovish diagrammasi



Agar moddaning sovish vaqtida termik o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, sistema ma’lum vaqt davomida sovishdan to‘xtaydi (V.8-rasm,B): sistemada fazaviy o‘zgarish jarayoni sodir bo‘lganligi sababli, undan issiqlik chiqadi, bu esa o‘z navbatida

sovish tezligini pasaytiradi. Bu holda “temperatura-vaqt” diagrammasida siniq chiziq xosil bo‘ladi
(V.8-rasm,A).

Ikki komponentli suyuq sistemadan kristallar ajralib chiqqan vaqtda murakkab xodisalar ro‘y beradi va “temperatura–vaqt” diagrammasi ancha murakkab



V.9-rasm. Termik analiz yordamida holat diagrammasini tuzish (sovish diagrammasi yordamida).



ko‘rinishga ega bo‘ladi (V.9.rasm). Termik analizda termoparalar yoki termometrlardan foydalaniladi. Sovish diagrammasidan(V.9-rasm, a) foydalanib holat diagrammasi (V.9-rasm, b) tuziladi. Ikki komponentli sistemaning holat diagrammasining asosiy turlari: evtektikaga ega bo‘lgan diagrammalar, kongruent (barqaror kimyoviy birikma xosil qiluvchi) va inkongruent (beqaror kimyoviy birikma xosil qiluvchi) ravishda suyuqlanuvchi kimyoviy birikmali diagrammalar, qattiq va suyuq fazalarda chekli va cheklanmagan eruvchanlikka ega bo‘lgan diagrammalar.


Gibbsning fazalar muvozanati qonunidan 2 komponentli kondensatsiyalangan fazali sistemalar uchun o‘zgarmas bosimda F=k-F+1 tenglamadan k=2 bo‘lganda erkinlik darajasi F=3-F bo‘ladi. Muvozanat holatidagi fazalar soni F=3 dan katta bo‘lishi mumkin emas (F=0 da), erkinlik darajalari soni F=2 dan ko‘p bo‘lishi mumkin emas (F=1 da).



Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling