Ma’ruza mashg'ulotlari 1-Mavzu: Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi va uning jamiyatdagi ahamiyati Reja
Oila tarbiyasi maktab ta’limiga payvasta bo‘ladi
Download 187.97 Kb.
|
Ma\'ruza mashg\'ulotlari 2023
Oila tarbiyasi maktab ta’limiga payvasta bo‘ladi. Ya’ni, oiladagi ilk tasavvurlar maktabda fan sifatida tushuntiriladi.
Sobiq mustabid tuzum davrida qardosh respublikalarda, jumladan, bizda ham tarix, falsafa kabi ijtimoiy fanlar butunlay o‘zgacha tushuntirilar edi. Mdliy ma’naviyat haqida gapirish ham mumkin emasdi. Xudo yo‘q, din - afyun, degan soxta “nazariyalar” majburan yosh avlod ongiga singdirilardi. Shunday og‘ir sharoitda mafkuraviy immunitet haqida gap bo‘lishi mumkinmidi? Yurtboshimiz juda to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “noinsoniy g‘oya hukmron bo‘lgan mustabid tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg‘ularini qo‘pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatar edi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi”. O‘sha davrda millatimizga, milliy g‘ururimizga nisbatan mehr uyg‘otish o‘rniga aksincha unga qarshi davlat siyosati darajasida dahshatli “axborot xurujlari” qilinar edi. “Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilar edi. Navro‘z, R amazon, Qurbon Hayiti kabi ko‘plab muqaddas bayramlar taqiq etilgan edi. Amir Temur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddiy Kubro, Mahmud az-Zamahshariy, Xoja Ahrori Valiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy-ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilinar edi”. Agarki bugungi chet el radiosidan tarqatiladigan ig‘vo va boshqa buzg‘unchi gaplarni “axborot xuruji” deb atasak, butun sobiq ittifoq miqyosida yuritilgan bunaqa “siyosat”ni nima deyish mumkin? O‘sha davrda ongi shakllangan yoshlarda millatga mehr uyg‘otish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, sobiq imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashardi... “Bir eslang, sho‘ro zamonida, 80-yillarda sobiq markaz “o‘zbek ishi”, “paxta ishi” degan uydirmalarni bahona qilib, o‘zbek millati vakillarini butun dunyoga qanday ko‘rsatardi? Sochi taqir qilib olingan, qalpoq kiygan, belini bog‘lagan, soqol qo‘ygan odamlarni, mana, bularning basharasi, deb, peshonasiga tamg‘a qo‘yib, matbuot orqali namoyish etardi,- deb ta’kidlagan davlatimiz rahbari Islom Karimov. - Men o‘sha paytda - 1989 yilda respublika rahbari bo‘lib kelishim bilan, avvalambor, o‘zbek xalqini shunday uydirma va tuhmatlardan saqlash, uning sha’nini asrash maqsadida, millatni dog‘ ostida qoldirishga qaratilgan urinishlardan xalos qilishga kirishdim. Va hozirgacha o‘zbek millati hech qachon qul bo‘lmagan, hech qachon bosmachi bo‘lmagan, hech qachon qon to‘kish tarafdori bo‘lmagan, deb butun dunyoga shu fikrni anglatishga harakat qilib kelyapman. Bugun jahonda o‘zbek nomi, o‘zbek millatining obro‘-e’tibori tan olingani shuning isboti emasmi?” Sobiq mustabid tuzum davrida ham millatimizga qarshi ommaviy tus olgan bunday “axborot xurujlari”ga qarshi ko‘pgina ijodkorlar dadil kurashganlar. Jumladan, atoqli shoirlar Erkin Vohidovning “O‘zbegim”, Abdulla Oripovning “O‘zbekiston - Vatanim manim” she’rlari o‘zbek elimizga otilgan toshlarga qarshi qaratilgan edi! Yurtimiz istiqlolining dastlabki yillaridayoq milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, bobokalonlarimiz aslida qanday buyuk zotlar bo‘lgani, betakror urf-odatlar, bayram va an’analarimiz haqida baralla ayta boshladik. Diniy qadriyatlarimiz ham ijtimoiy voqelikka aylanib ketdi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutishi barobarida dunyo bilan bo‘ylasha boshladi. Kompyuter texnologiyasining ajib mo‘jizasi bo‘lmish internet kurrai zaminni yagona axborot makoniga aylantirdi. Buning ko‘pgina ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham borligini angladik. O‘sha salbiy holatlarning bitta ko‘rinishi - “axborot xuruji”dir. Oilada ana shu “axborot xuruji”ga qarshi qay tariqa immunitet paydo qilingan bo‘lsa, Vatanga qarshi xurujlarga nisbatan ham o‘z vaqtida yosh avlod ongida to‘g‘ri tasavvur hosil qilib borish ulkan zaruriyatga aylandi. Bu ijtimoiy hodisa ilmiy tadqiq qilinishi va o‘z navbatida uning siru sinoati ta’lim muassasalarida yosh avlodga o‘rgatilayotgani ham bejiz emas. Zero, davlat rahbarining iborasi bilan aytganda, “Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo‘qotadigan mana shunday g‘oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g‘oya bilan kurashishimiz zarur. Bizning g‘oyamiz kuchli bo‘lishi lozim. Avvalombor, o‘zimiz, hayotning o‘zida sinalgan o‘z g‘oyamizga ishonib maydonga chiqishimiz darkor”. Sinalgan g‘oyalarimiz esa oilalarda mudom kurtak otadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, nuroniylar yaratgandan asosan tinchlik-xotirjamlik tilab duo qiladilar. Oila - kichik Vatan, o‘z navbatida Vatan - umumiy oilamizdir! Jonajon Vatan sarhadlari qanchalik bepoyon bo‘lsa, undagi muammolar, turfa ishlar, hatto gap-so‘zlar ham shunga yarasha bo‘lishi shak-shubhasiz. Yurtimiz istiqloli tufayli beqiyos baxtga erishdik. Endi ana shu baxtimiz poydevorini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida qo‘lni qo‘lga berib, elkama-yelka turib kurashmog‘imiz lozim. “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin,- deb alohida ta’kidlagan davlat rahbari.- El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz”. Demak, bunday fojiali o‘tmish bugungi avlodlar uchun ham saboq bo‘lishi tabiiy. Shunga yarasha yagona axborot makonida mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lish hayotiy zaruratga aylangan. Download 187.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling