BUYURAMAN:
II. Rejalashtirilgan yo‘qlamani o‘tkazish uchun quyidagilardan iborat komissiya tuzilsin:
1. Karimov L. – rais (kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi).
Direktor (imzo) B. Olimov
Asliga to‘g‘ri
Kotib shaxsiy
referent imzo S. Shamsiyeva
2021.00.00
KO‘RSATMA
Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ulaming o‘rinbosarlari imzo huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi.
Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llanadi va «Yuklayman», «Tavsiya etaman » so‘zlari keyin farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «Tavsiya etaman» so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
«Etalon» firmasi
2019-yildagi mehnat ta’tillari jadvali haqida
KO‘RSATMA
2021-yil 2-sentabr 28-son
Toshkent
2021yil uchun xodimlar mehnat ta’tili jadvalini tuzish bo‘yicha
TAKLIF ETAMAN:
1. Tarkibiy bo‘linma rahbarlari 2019-yilda xodimlaming ta’tilga chiqishlari ro‘yxatini muddati ko‘rsatilgan holda tuzib, kadrlar bo‘limiga topshirsinlar.
Ro‘yxatni topshirish muddati: 2021-yil 10-sentabr.
2. Kadrlar bo‘limi firma xodimlarining 2019-yil ta’tillari qo‘shma jadvalini tuzib, direktor tasdig‘iga taqdim etsin. Mas’ul: Kadrlar bo‘limi boshlig‘i S. Ibrohimova.
Jadvalni taqdim etish muddati: 2019-yil 15-yanvar
Direktor o‘rinbosari Imzo N. Umarov
Rozilik belgisi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |