11-MAVZU. SOHAVIY FARMOYISH HUJJATLARINING
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Farmoyish hujjatlarining turlari
2. Farmoyish hujjatlarini sohada qo‘llash xususiyatlari
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (direktor)ning: buyruq, ko‘rsatma, buyruqdan ko‘chirma, farmoyishi hamda tashkilot qarorlari asosida yuzaga keladi;
Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, ko`rsatma va farmoyishlar rahbar muovinlari tomonidan bеriladi. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo`lib ularga:
umumiy masalalar bo‘yicha
shaxsiy tarkib bo‘yicha
v) asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqlar kiradi.
Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chikkan joyning nomi, sarlavxasi, buyruq matni, rahbar yoki o`rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kеlib chiqib umumiy tarzda yoki xar bir farmoyishda aniq ko‘rsatish mumkin.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi.
Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |