Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Hujjatlar matnini yozilishida qo‘yiladiga eng muhim, asosiy talablardan biri xolislikdir


Download 245.54 Kb.
bet64/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

4. Hujjatlar matnini yozilishida qo‘yiladiga eng muhim, asosiy talablardan biri xolislikdir.
Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarni qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki qochirma- bachkana, dag‘al va tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Bular hujjat uslubiga xos emas. Bunday uslubda yozilgan hujjatlar ish yuritish jarayoniga halal beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. Hujjat uslubiga xos bo‘lmagan ortiqcha so‘zlarning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat matnida aniqlik, ixchamlik, mazmunan ixcham, lo‘nda, to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigani chinakam hujjat bo‘la olmaydi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmunan to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, undagi o‘ziga xos tanlash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni “harakat nomi” deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi,(qishki mavsumga) tayyorgarlikning borishi (haqida)”, “qarorning bajarilishi (haqida)” “yordam berish (maqsadida)” , “qabul qilishingizni so‘rayman” kabi.
Fe’l shakllarining qo‘llanilishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud. Xususan,mavjud nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan yoinki, hozirgi - kelasi zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanilish darajasi anchayin yuqoridir: tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin, eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda , tasniflash , mayda qismlarga ajratishga , qayd etuvchi va qaror qabul qiluvchi qismlarning birligiga umuman sabab oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjtalarda nisbatan uzun jumlalar,murakkablashgan,uyushiq bo‘lakli gaplar qo‘llaniladi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tarkibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodatiy so‘z tartibi (inversiya)ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi-xabar berish (informativ) va buyurish (volyunativ) vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi,majlis bayonida ham axborot (“qaror qilindi”, “eshitildi” tarzida), ham buyurish (“inobatga olinsin” tarzida) aks etadi, buyruqda esa buyurish anglashiladi.
Hujjat matni I shaxs yoki III shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish ko‘rsatma) kabilar esa I shaxs tilidan yoziladi. Shuningdek, yakka shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati,ishonchnoma kabilar) ham I shaxs birlik, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar yo I shaxs ko‘plik yoki III shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi (masalan,...ga ruxsat berishingizni so‘raymiz”, “…deb hisoblaymiz”, “institut ma’muriyati talab qiladi”, “boshqarma so‘raydi” kabi).
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim bo‘ladi. Chunki qoliplashgan yagona, doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8 -10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Umuman, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllanib boradi. Masalan, buyruq hujjatida quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanilishi mumkin:
1. “so‘m maosh bilan…lavozimiga tayinlansin”.
2. “o‘z xohishiga ko‘ra … lavozimidan bo‘shatilsin”.
3. “…boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan bo‘shatilsin”,
4. “…boshqa institutga ko‘chirilganligi sababli …institut talabasi safidan chiqarilsin”.
5. “…ga…da faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”.
6. “ …ga o‘z fakulteti (bo‘limi)da intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun xayfsan e’lon qilinsin” va hk.
Xizmat yozishmalarida quyidagicha qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:
1. “Sizga…ni ma’lum qilamiz”; “Sizga…ni bildiramiz”; “Sizga…ni eslatamiz”;
2. “…yordam tariqasida…”, “…munosabati bilan…”; “…qaroriga muvofiq ravishda…”.
3. “…ga instituti ma’muriyati qarshi emas”; “…ga instituti ma’muriyati kafolat beradi”.
Xullas, hujjatlar matnini yozilishida o‘ziga xos uslub qo‘llaniladi.



Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling