Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja
Mavzu: Tafakkur tahliliga kognitiv yondashuv
Download 379.91 Kb.
|
Umumiy psixologiya UMK
19 Mavzu: Tafakkur tahliliga kognitiv yondashuv.
Reja: Kompyuter psixik jarayonlarni tadqiq etish vositasi va ularning metaforasi sifatida. Kompyuter bilan dialogda tafakkurni psixologik tadqiq etish. Tafakkur taxliliga axborot-kognitiv yondashuv. Tafakkurni izoxlashning axborot va psixologik yondashuvlar. “Sun’iy intellekt” va inson tafakkuri. Kompyuterda aqliy faoliyat samaradorligini oshirish uchun foydalanish. Butun insoniyat tarixida hisoblash usullarining turli ko‘rinishlari sun’iy intellektli miyaning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Bunday qurilma turlari eramizning VI-asrida Xitoyda tadbiq qilingan. Egiptyan hisoblash mashinasini galkadan foydalangan holda ixtiro qildi. Gerodot asarlarida rimliklar avtorligida greklarda bo‘lgan 3 tipli hisoblash mashinasi haqida yozgan. Bu qurilma savdo-sotiq sohasida ishlatilgan bo‘lib, u ayirish va ko‘paytirishning qiyin operasiyalarida ishlatilgan. 1633 yillarda unchalik mashxur bo‘lmagan nemis astronomi Vilgelm Shikard (1592-1635) kalkulyatorning avtomatik sifrli shaklini o‘ylab topdi. “Hisoblash otasi” nomini olgan fransuz filosofi B.Paskal (1623-1662) hisoblash mashinasini ixtiro qilib, yangilik yaratdi. Paskal mashinasi faqat qo‘shish va ayirishni bajarardi, shunday bo‘lsa ham u katta qiziqish uyg‘otdi. 1670 yilda Gotfrid Leybnis ko‘paytirish va bo‘lishni hisoblash mashinasini yasadi. Kompyuterlar esa keyinroq paydo bo‘ldi. Charlz Bebbidj (1792-1871) ledi Ada Lavlays yordami bilan mazmuniga ko‘ra shartli natijali programmalash operasiyasiga ega hisoblash uskunasi ixtiro qildi, keyinchalik u dunyodagi birinchi kompyuterchi nomi bilan ataldi. Britan matematigi va kashfiyotchisi Ch.Bebbidj hisoblash uskunasining mexanik programmalash konsepsiyasini ishlab chiqqan. Vashingtonning Kolumbiya okrugidagi Smitsonovskiy institutida Ch.Bebbidjning mashinasi modelini ko‘rish mumkin. Ilmda zamonaviy kompyuterlarning kelib chiqishi 1940 yillarga borib taqaladi, bu vaqtda matematik hisoblash mashinalari eskirdi, odatiy harbiy xisob-kitoblarda artileriya snaryadlarining uchish trayektoriyasi uchun lampali kompyuterlar ishlab chiqarildi. Puxtalik bilan maxfiy proyekt asosida AQSH harbiylari homiyligida Pensilvaniya Universitetida 17468 radiolampa ishlab chiqarildi. Yaratuvchilar lampalarni 25000 soat ishlashiga kafolat berishdi, har bir lampa o‘rtacha 8 minut yonardi. Bu daxshatli mashina o‘lchami 30 tonna bo‘lib, 174 kVt ishlardi. Proyekt rahbarlari Djon Mouchli va Dj.Presper Ekkertlar edi. Bu birinchi sodda va haddan tashqari katta mashina yanada qulay, kompaktli, kuchliroq, murakabroq sistemaning kashf qilinishiga turtki bo‘ldi. Hozirgi hayotimizdagi kompyuterlarning mikroelementlarini yangilanishiga sababchi bo‘ldi. Kognitiv psixologiyada 1956 yil muhim sana hisoblanadi. Shu yilning yozida 10lagan izlanuvchilar Dortmut kollejida ongli hulq-atvor imkoniyatlarini kompyuter programmasini yaratish bo‘yicha yig‘ilishdi. Massachutining texnologiyalar instituti va Stenford Universitetida “sun’iy intellekt” ilmiy yangilikni yaratish maqsadida laboratoriyalar faoliyat yuritdi.(as.Dj.Mak-Karti) Bu bo‘yicha ish olib borganlar Marvin Minskiy Massachuti texnologiyalar instituti laboratoriyasi direktori, Klod Shennon ”Bellz laboratoriyasining” aloqalar sistemasi modeli bo‘yicha yangilik ishlab chiqdi, Gerbert Saymon iqtisod bo‘yicha Nobel Mukofotini olgan va Alen Nyuell esa Karnegi Millon Universitetida sun’iy intellektni kognitiv sohada juda muhim qoidalarini ishlab chiqqan. Bu konferensiya tarixiy bilimlar asosida yangi SIni ochishga qaratilgan edi. Ularning bu yangiliklari kognitiv psixologiyada turli xil qarashlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 1930 yilda Qo‘shma shtatlarga emigrant sifatida kelib qolgan vengr matematigi Djon fon Neymanning eng ilg‘or tajribalari kompyuter tiplarini kopiyalash sxemasiga qaratilgan edi. Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha ish boshlangan davrda SI mutaxassislari mashina va faoliyatni o‘zgacha fantastik orzular bilan ardoqlashdi. 1940 yilning boshida chikago psixiatri V.S.Mak-Kole va uning talabasi V.Pittslarning maqolasi SIda yangicha qarashga sabab bo‘ldi. Ular maqolasida nervlarning paydo bo‘lishi ko‘rinishi va ular o‘rtasidagi munosabatlarni pozisial logika orqali tushuntirib berish mumkinligi, neyronlar va yagona miya asosini o‘rganish, neyronlar logik qurilishini ko‘rish mumkinligini ochib berishdi. Mak-Kole va Pittslarning maqolasidan keyin fon Neymann neyronlar hulqidagi logik aloqadorlikni tushundi va u asosda sifrli kompyuter ishini aloqadorligini ko‘rsatdi. Butun dunyoda inson tafakkuri o‘zining asosiy nervlar tuzilishi bilan kompyuterning nusxa olish modeli prinsiplaridan afzalligini ko‘rsatdi. Kompyuter programmasi tezligiga ko‘ra inson tafakkuridan samaraliroq ishlaydi, vazifalarni oson bajaradi, masalan, matematik usullar, insonlarga qaraganda tez va oson. Boshqa tomondan esa hulq-atvorning yangi patternlari muhokama va umumlashtirishda insonlar kompyuterga qaraganda yaxshi bajara oladi. Amerikalik izlanuvchilar kompyuter qurilishida muvaffaqiyatsiz amaliyotni o‘tkazishdi, miyaga o‘xshash kompyuterni yapon izlanuvchisi Ayzava kashf etdi, u real nerv kletkalariva elektron uskunalar bilan chatishtirib, qo‘pol bo‘lsa ham yarim sun’iy neyronli to‘rni sinab ko‘rdi. Yarim o‘tkazgichli kletkaning indiya(nodir ximiyaviy element) bilan aralashmasini muvaffaqiyatli birlashtirdi va qalayni (olova) oksidlanishini topdi. O‘sish faoliyatini organik kletkalarda sezish elektr stimulyasiyada juda ojizligini aniqladi, sun’iy miyada fikrlash juda barvaqtligini, lekin qurilmaning nerv sistemasi interfeys aloqadorligi roli haqida so‘zlash mumkinligini, ya’ni huddi sun’iy ko‘z singari protez shaklida ishlash mumkinligini aniqladi. Download 379.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling