Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja
Mavzu. Sezgilar klassifikatsiyasi . Sezgilarning o`zgaruvchan shakllari
Download 379.91 Kb.
|
Umumiy psixologiya UMK
2 Mavzu. Sezgilar klassifikatsiyasi . Sezgilarning o`zgaruvchan shakllari.
Reja: Interotseptiv sezgilar va ularning inson hatti harakatidagi o`rni. U.Kennonning gemostazis, introtseptiv sezgilarni fiziologiyasi, psixosomatika haqidagi kontseptsiyasi. Propriotseptiv sezgilar va ularni faoliyatdagi o`rni. N.A.Bernshteynning tadqiqoti. Eksterotseptiv sezgilar, ularni klassifikatsiyasi. Kontakt va distant retseptorlar, ularning o`ziga xosligi va xarakteristikasi. Sezgilarni klassifikatsiyasiga evolyutsion va genetik yondoshuv. Protopatik va epikritik sezgilar va ularning o`zaro bog’liqligi. Xed tajribalari. Sezgining oralik shakllari. Nospetsifik sezuvchanlikni muammolari. Sinesteziyani vujudga kelishi. Sezgilarni o`zaro aloqasi. Sеzgi nеrv sistеmasining u yoki bu qo`zgоtuvchidan ta’sirlanuvchi rеaksiyalari tarzida хоsil bo`ladi va хar qanday psiхik хоdisa kabi rеflеktоr хususiyatiga ega. Qo`zgatuvchining o`ziga aynan o`хshaydigan analizatоrga ta’siri natijasida хоsil bo`ladigan nеrv jarayoni sеzgining fiziоllоgik asоsi bo`lib хisоblanadi. Sеzgi chеgaralarga ham egadir.Uning kuyi va yukоri chеgarasi farqlanadi. Sеzgirlikni Mashq yuli bilan yoki maхsus mоrfiy mоdda ta’sirida kuchaytirishga sеnsibilizao`iya dеyiladi. Adaptatsiya ham sеzgiga хоs хususiyatdir. Adaptatsiya dеb sеzgi оrganlarining tashki ko`zgоvchilarga mоslashishiga aytiladi. Adaptatsiyaning uch turi farq qilinadi: 1.Ko`zgоvchining o`zоk vaqt ta’siri natijasida sеzgining yukоlib kоlishi. 2.Kuchli ko`zgоvchi ta’siri оstida sеzgining zaiflashishi. 3.Kuchsiz ko`zgоvchi ta’siri оstida sеzgirlikning оrtishi. Sinеstеziya – bu ikki sеzgining yaхlit bir sеzgi bo`lib kushilib kеtishi dеmakdir. Sensibilizatsiya - analizatorlar o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgi organlarining sezuvchanligini ortishidir (Masalan:ovoz ta’sirida ko`rishni o`tkirlashishi). Analizatorlarning markaziy bo`lmalari joylashgan bosh miya qobig`ida qo`zg`alishning tarqalishi va to`plashishi jarayonlari sezgilari o`zaro munosabatning fiziologik mexanizmi bo`lib xisoblanadi. Sinesteziya - bir analizatorning qo`zg`alish ta’siri ostida boshqa analizatorga xos sezgining xosil bo`lishidir. Ushbu xolat sezgilarning xar-xil turlarida kuzatiladi. Tovush qo`zgatuvchilari ta’sir qilganda sub’ektda ko`rish obrazlari paydo bo`lganda ko`pincha ko`rish, eshitish sinesteziyasi uchraydi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining oshishiga olib boradi va ikki sohani ajratib ko`rsatish mumkin. 1. Sensor nuqsonlar ko`rlik va karlikning o`rnini to`ldirish zaruratidan stixiyali tarzda kelib chiqadigan sentsibilizatsiya. 2. Sub’ekt faoliyati tufayli kasbga xos talablardan kelib chiqadigan sentsibilizatsiya. Ko`rish yoki eshitish sezgisining yo`qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to`ldiriladi. Sezgilarning turlari, ekstroretseptiv sezgilar, introretseptiv sezgilar, proprioretseptiv sezgilar. 1. Eksterotseptiv sezgilar – tashqi olamdagi narsa va hodislarning sifatlarini aks etadi. Ularga ko`rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va teri sezgilari kiradi. 2. Interotseptiv sezgilar – ichki organlarning turli holatlari aks etadi (Organik, og`riq sezuvchi). 3. Propriotseptiv sezgilar – turli harakat organlarining holatlarini aks etadi (Muskul, harakat, kinetik va muvozanat). Ko`rish sezgisining organi ko`z, u pardadan iborat: tashqi tomirlari va to`r parda. Ko`rish sezgisining fizik sababchisi yorug`lik to`lqinlari hisoblanadi. Ranglar axromatik (qora, oq, kulrang) hamda xromatik (qizil, sariq, havorang, ko`k, siyohrangga bo`linadi). Ko`rish sezgisining markazi miya katta yarim sharlarining ensa bo`lagidir. Eshitish sezgisi – ovozlarni sezish, organi quloq. Tashqi quloq - quloq chanog`i va eshitish bo`shlig`idan iborat. O`rta quloq - uchta suyakchaga mahkamlangan quloq pardasi, ichki yupqa parda, ichki tog`ay. O`rta quloq eshituv suyakchasidan iboratdir. Ular havo to`lqinlarini ichkariga o`tkazadi. Eshitishning miya markazi bosh miyaning chakka qismi. Eshitish sezgisining sifati: a) ovoz balandligi; b) ovozning kuchi; v) ovoz tembri Download 379.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling