Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi xatolarga yo‘l quyish mumkin:
xatni tasodifan jo‘natish;
xatning noto‘g‘ri manzil bo‘yicha jo‘natilishi;
xatlar arxivining keskin oshib ketishi oqibatida tizimning ishdan chiqishi;
yangiliklarga noto‘g‘ri obuna bo‘lish;
xatni tarqatish ro‘yxatida xatoga yo‘l quyish.
Agar tashkilotning pochta tizimi bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibati keskin oshib ketadi.
Ushbu xatolarning oldini olish usullarining ba’zi birlari quyidagilar:
- foydalanuvchilarni o‘qitish;
- elektron pochta dasturlarini to‘g‘ri konfiguratsiyalash;
- Internetdagi protokollarga to‘liq amal qiluvchi dasturlarni qo‘llash.
Bundan tashqari elektron pochtaning shaxsiy maqsadda ishlatilishi tashkilot raxbariyati uchun ba’zi bir muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki E-mail manzilida tashkilot nomlari aks ettirilgan bo‘lishi extimoldan xoli emas. Natijada, shaxs jo‘natayotgan xat tashkilot nomidan deb qabul qilinishi mumkin. Shu bois, telefonlar kabi YE-maildan shaxsiy ishlar uchun foydalanishni cheklab quyish zarur bo‘ladi. Albatta, buni joriy qilish qiyin masala.
Do'stlaringiz bilan baham: |