4.3.Mijozlar qismi.
Intranetning mijozlar qismi foydalanuvchilarning ish joylari majmuidir.
Intranetning mijozlari mahalliy va olis mijozlarga farqlanadilar.
Bularning har biri o‘z navbatida qanday axborot dasturlaridan foydalanishiga ko‘ra yuridik shaxs axborotidan foydalanadigan va yuridik shaxs hamda Internet dasturlaridan foydalanuvchilarga farqlanadilar. SHu belgilariga ko‘ra mijozning apparat va dastur ta’minotiga qo‘yilgan talablar farqlanadi.
Mijoz ish joyining apparat ta’minoti kamida quyidagi talablarga javob berishi lozim.
-kamida 286 va undan yuqori protsessorli kompyuter;
-kamida 40 Mb qattiq disk makoni (tarmoq kolmpyuteri uchun shart emas);
-modem (olisdagi mijozlar uchun) yoki tarmoq adapteri (mahalliy tarmoq mijozlari uchun);
-himoyalovchi apparat vositalari – elektron kalit va sh.o‘. (olis mijozlar uchun);
-tovush platasi – adapteri (shart emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |