2. Biznes rejaning tuzilishi va uning tarkibi
Biznes-rejani tarkibiy qismlari biznesning sohasi, rejaning maqsadlari, investor talablari va boshqa omillarga bog’liq. Masalan banklar, ayrim xalqaro tashkilotlar, masalan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sanoatni rivojlantirish dasturi (UNID), Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (EBRD), Rivojlanish va savdo bo’yicha BMTning Konferentsiyasi biznes-rejaning tarkibiy qismlari bo’yicha o’zlaring tavsiyanomalarini ishlab chiqishgan. Lekin umumiy qilib aytganda biznes-reja ishlab chiqish jarayoni, quyidagi muammolarni hal etadi:
■ Tashkilotni kelajakda barqarorligini va hayotiylik darajasini aniqlab beradi, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini kamaytiradi;
■ miqdorli va sifatli ko’rsatkichlar sistemasi ko’rinishida biznes istiqbolini aniqlaydi;
■ investorlarni diqqatini qaratadi va qo’llab-quvvatlashini taminlaydi;
■ Rejalashtirish tajribasini olishga ko’maklashadi, tashkilotga istiqbolli qarashni rivojlantiradi.
Biznes-reja bo’limlari. Amaliyotda qo’llab kelinadigan biznes-rejaning bo’limlari quyidagilardan iborat:
■ Titul varag’i;
■ Mahfiyligini ta’minlash memorandumi;
■ Mundarija;
■ Biznes tavsifi (Rezyume);
■ Tashkilot maqsadi (Missiya);
■ Mahsulot/xizmat ta’rifi;
■ Ishlab chiqarish doirasining/siklning tavsifi;
■ Marketing reja;
■ Moliya rejasi;
■ Menejment: xodimlar; kasal bo’lib qolganingizda o’rningizni kim almashtira oladi; ish grafigi/jadvali;
■ Yakuniy xulosa.
Titul varag’i:
■ Reja sarlavhasi;
■ Tayyorlash muddati;
■ Kim tomonidan tayyorlangan, firmaning to’liq nomi va manzili, tadbirkorning ismi, familiyasi, uning manzili, telefon raqami;
■ Reja kim uchun tayyorlangan;
■ Gohida titul varag’iga avtorlik huquqi to’g’risida ma’lumot beriladi.
Mundarija. Titul varag’i va rezyumedan keyin asosiy o’qiladigan qism. Biznes-rejaning mazmuni haqida to’liq va aniq ma’lumot berilishi kerak. Mundarijada mayda-chuyda tavsilotlar berilmasligi kerak, lekin kichik sarlavhalar ajralib turishi va albatta bet raqamlari berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |