Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari
Download 0.89 Mb.
|
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm
16.2. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari.
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o’ziga xos tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilardan iborat: - investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarni ishtirok etishi; - loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta xujjatlarni yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi; - loyihani etarli darajada kapitalizatsiyasi; - loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o’rganib chiqish (transport, maxsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar); - loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash; - garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi. Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o’z ta’siriga ega bo’ladi: 1. Parallel moliyalashtirish; 2. Bosqichma - bosqich moliyalashtirish; Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda “Hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag’lari ajratadi. Bosqichma - bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo’lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi. Ko’p hollarda, loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo’lgan tijorat bankining yoki halqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o’z vaqtida kreditni qaytarishiga qo’shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo’shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to’lov majburiyatini bajarmasa bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega bo’ladi. Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirishning quyidagi ko’rinishlari (shakllari) mavjud?, ya’ni hamkorlikda moliyalashtirishning ikki shakli ko’p qo’llaniladi: - mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o’ziga tegishli bo’lgan qismini moliyalashtiradi (subloyiha); - ko’pchilik bo’lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar to’planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va kredit shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer amalga oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi. Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi bo’yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi, bank olamida yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo’yicha ko’plab arizalar kelib tushadi. Biroq, yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko’p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so’ng tashabbuskor bank shartnoma bo’yicha qarzdorga nisbatan o’z talabini boshqa kreditorga beradi. Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o’ta muhimdir. Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha: Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichda quyidagi savolga javob berish zarur: loyiha o’zining boshlang’ich smeta xarajatlariga mos holda amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-injenerlarning (bu ko’p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o’zida qamrab olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko’zda tutilmagan xarajatlarni va favqulotdagi zararlarni qo’shgan holda); loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o’qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi. Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil. Loyihalarning iqtisodiy va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo’yicha o’z vaqtida hisob kitoblar uchun etarlicha foydaga ega bo’ladimi?- degan savolga javob olish zarurdir. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo’lib sof pul oqimini tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: loyiha egalarining aktsioner kapitaliga dastlabki investitsiya qo’yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag’larini; olingan foydani; sarf xarajatlarni. Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to’g’ri taqsimotini o’rganadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling