Ma’ruza materiallari 1-mavzu: Leksikologiyaning obyekti, maqsadi va vazifalari. So’zning leksik birlik sifatidagi mohiyati


Download 253 Kb.
bet12/21
Sana16.04.2023
Hajmi253 Kb.
#1359687
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
maruza-materiallari

Graduonimiya — leksemalarning ma’no guruhlari a'zolarida u yoki bu belgining darajalanishi. Bunday darajalanish oppozitsiyaning (zidlanishning) bir turi deb qaraladi va shu qatordagi bosh so'zga nisbatan belgilanadi. Masalan: «yosh» belgisiga ko'ra (bosh so'z ajratib ko'rsatilgan): buzoqtana-g'unajin-sigir; qiz-juvon-ayol, «Belgi»dagi darajalanish asosida: chiroylisuluv-ko'rkam-zebo; «siljish sur’ati» belgisiga ko'ra: yurmoq-chopmoqyugurmoq-yelmoq kabi. Graduonimiya hodisasini o'z vaqtida Alisher Navoiy ham payqagan va uni turkiy (o'zbek) tilining boylik ko'rsatkichlaridan biri sifatida izohlagan edi. U o'zining «Muhokamatul-lug'atayn» asarida «yig'lamoq» ma’noli so'zlar guruhini ayni shu darajalanish aspektida talqin qiladi: yig'lamsinmoqingramoq-singramoq-o'kurmoq-hoy-hoyy\g‘\amoq kabi. Demak, Alisher Navoiyni shu hodisaning ilk tadqiqotchisi desak bo'ladi. Keyingi 20-30 yil ichida o'zbek tilshunosligida bu masalaga alohida e’tibor berilmoqdal2\ Leksemalarning ma’no munosabatlarida darajalanish hodisasining o'rganilishi ko'p jihatdan ahamiyatlidir: lug'at boyligining tizim sifatidagi tavsifini berishda, sinonimlar va antonimlar lug'atini tuzishda, lug'aviy birliklarning uslubiy vosita (stilistik figura) sifatidagi qiymatini belgilashda graduonimik tadqiqotlar natijasidan foydalanish mumkin. 123- §. Partonimiya Partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo'lak munosabatlarining ifodalanishi. Masalan, avtomobil (butun) — kuzov (bo'Iak) - motor (bo'Iak) - g’ildirak (bolak) va b.lar. Yana: uy (butun) - xona (bo'Iak) - ayvon (bo'Iak) — koridor (bo'Iak). va uy (ikkinchi qatorda) leksemalari bosh so'zlardir. Ayni paytda kuzov (butun) - eshik (bo'Iak) - yukdon (bo'Iak) - oyna (bo'Iak) - bamfer (bolak) qatorida kuzov leksemasi; xona (butun) - oyna (bolak) — eshik (bo'Iak) qatorida esa xona leksemasi bosh so‘z sanaladi. Ma’lumki, leksemaning ma’nosida borliqdagi voqea-hodisalarning inson ongidagi in’ikosi ifodalanadi, demak, ma'nolar tizimidagi butun-bo'lak munosabati negizida ham, aslida, borliqdagi butun-bo'lak munosabatlarini tilda ifodalash zarurati yotadi. Partonimiya hodisasini o'rganish lu’gat boyligi tizimining «sir»larini ochish, so'z ma’nolarini aniq va to'g‘ri izohlash nuqtayi nazardan ahamiyatlidir. Bu hodisa H.Nc'matov, R.Rasulov, E .Qilichev, B.Qilichev kabi tilshunoslarning ishlarida ma'lum darajada o‘z talqinini topgan.



Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling