Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


-MAVZU: Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullari (2soat)


Download 93.44 Kb.
bet3/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)




4-MAVZU: Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullari (2soat)
Reja:
1.Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullari. O’simlik hayotida va tuproqda suvning ahamiyati. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun talab qilinadigan suvning miqdori.
2.Tuproqdagi namlikning asosiy manbalari, suv shakllari.
3.Tuproqning suv xossalari (nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’taruvchanlik qobiliyati, suv bug’latish xususiyati). O’simliklarning transpiratsiya koeffisiyenti. Suv rejimini boshqarish usullari.
Tayanch tushunchalar: suv rejimi, namlikning asosiy manbalari, suv shakllari, nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’taruvchanlik qobiliyati, suv bug’latish xususiyati, transpiratsiya koeffisiyenti
Adabiyotlar:R1; R2; R3; R4; R5, A6;A7;A8; A9; A10; A11; A14, Q15; Q16; Q 17; Q 20, Internet saytlari: www.gov.uz., www.lex.uz.

1.Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullari. O’simlik hayotida va tuproqda suvning ahamiyati. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun talab qilinadigan suvning miqdori.


Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan suv o’simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o’sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o’tadi. Urug’ bo’rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o’simliklarga suv kerak bo’ladi.
O’simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar o’zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o’z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi.


1-jadval
Urug’larning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori
(urug’ massasiga nisbatan % hisobida)

Ekinlar urug’i

Talab etiladigan suv miqdori

Ekinlar urug’i

Talab etiladigan suv miqdori

Tariq
Makkajo’xori
Bug’doy
Arpa
Beda
Javdar

25
44
45
48,2
56,3
57,5

Suli
Chigit
Zig’ir
Ko’k nuxat
Qizil sebarga
Qand lavlagi

58,9
60
100
106,8
117,3
120,3


Suv, o’simliklarni o’suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to’plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo’xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi. Ko’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi.
O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi esa transpirasiya, quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflangan suv miqdori transpirasiya koeffisiyenti deyiladi (2-jadval).

Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling