Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja
-jadval Asosiy ekinlar uchun kritik minimal harorat (A.G.Golsberg buyicha)
Download 93.44 Kb.
|
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)
5-jadval
Asosiy ekinlar uchun kritik minimal harorat (A.G.Golsberg buyicha)
4150, gullashi uchun 7000, ko’saklar ochilishi uchun 720-8000, jami 1770-20000 foydali harorat kerak. 2.O’simliklar uchun kerak bo’lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Haroratning mikroorganizm va organik moddalarga ta’siri. Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda malum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayyan haroratda unib chiqadi (5-jadval). Agar harorat urug’ning unib chiqishi uchun yetarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa maksimal temperatura deyiladi. Issiqliq sharoiti tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatida ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda o’simliklar uchun yaroqli holatdagi oziq moddalar hosil bo’ladi, tugunak va erkin yashovchi bakteriyalar atmosfera azotini to’playdi va hokazo. Tuproqning issiqliq sig’imi, issiqliq o’tkazuvchanligi, issiqliq singdirishi, tarqatishi va nurlantirishi uning issiqliq xossalari deyiladi. Quyosh radiasiyasi tuproqdagi issiqliqning asosiy manbai hisoblanadi. Tuproq og’irlik va hajm issiqliq sig’imiga ega. Masalan, 1 g tuproqni 10 С qizdirishi uchun ketgan issiqliq og’irlik, 1 sm3 tuproqni 10 С qizdirish uchun sarflangan issiqliq tuproqning hajm issiqliq sig’imi deyiladi. Tuproqning issiqliq sig’imi uning namligiga bog’liq. Tuproq qancha nam bo’lsa, uni qizdirish uchun shuncha ko’p issiqliq zarur. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda nam ko’proq bo’lgani uchun yengil tuproqlarga nisbatan bahorda sekin qiziydi. Shuning uchun bunday yerlarda bahorgi dala ishlari bir necha kun keyin boshlanadi. Tuproqning issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga issiq o’tkazish qobiliyati uning issiqliq o’tkazuvchanligi deyiladi. Tuproqning issiqliq o’tkazuvchanligi 1 sekundda 1 sm qalinlikdagi 1 sm2 dan o’tgan kaloriya issiqliq miqdori bilan aniqlanadi. Yerning chuqur qatlamlariga issiqliqni borishi tuproqning issiqliq o’tkazuvchanligiga bog’liq. Tuproqning issiqliq o’tkazuvchanligi uning minerologik, mexanik tarkibiga, namligiga, organik moddalar miqdoriga, donadorligi, yerning qattiq va yumshoqligiga bog’liq. O’simliklar va mikroorganizmlar hayotida suv va oziqa rejimlariga ko’ra tuproqning issiqliq balansi muhim rol uynaydi, shuningdek, bu rejimlar bir-biri bilan o’zaro bog’liqdir. Issiqliq balansini tuproqqa tushayotgan va undan sarflanayotgan issiqliq tashkil etadi va u 1 sm2 kaloriya bilan ifodalanadi. Tuproqqa tushayotgan va undan sarflanayotgan issiqliqning aniq hisoblash ancha murakkab ish, uni taxminan quydagi formulaga muvofiq ifodalash mumkin. R = LE + P + Q bu yerda: R- tuproqning issiqliq balansi; LE -bug’lanishga sarflangan issiqliq; P-havoning pastki qatlami bilan tuproqning ustki qatlami orasidagi issiqliq almashinishi; Q-tuproqning issiqliq almashinishi. Malumki, tuproqqa kuyesh energiyasidan tashkari (asosiy issiqliq manba) biologik, ekzotermik va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida ham issiqliq kelib turadi. Organik moddalarning mikroorganizmlar tasirida parchalanishi natijasida ham tuproqda issiqliq hosil bo’ladi. Bu biologik jarayondan issiq xonalarda ko’chat yetishtirishda (go’ng, g’o’za puchoq va har xil organik moddalar solib) keng ko’lamda foydalaniladi. Tuproqda sodir bo’ladigan har xil kimyoviy reaksiyalar vaqtida, radiaktiv moddalarning parchalanishidan ham malum miqdorda issiqliq hosil bo’ladi. 3.Issiklik rejimini boshqarish usullari. Issiqliq rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo’l hosil yetishtirishda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ekinlarning turiga qarab, urug’ning unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishi uchun har xil miqdorda issiqliq talab etiladi. Yerga solingan chirimagan go’ng, organik o’g’itlar tuproqning issiqliq rejimini yaxshilaydi, chunki 1 t go’ng chiriganda 3-4 mln katta kaloriya issiqliq ajralib chiqadi. Yerni barqaror sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqliq rejimini yaxshilashda samarali tadbirlardan hisoblanadi. Sizot suvlar yuza joylashgan yerlarda suv sathini pasaytirish tuproq issiqliq rejimini yaxshilashga yordam beradi. Egat, jo’yak olib tuproq temperaturasini oshirish mumkin. Bunda egat va jo’yaklarning chuqurligiga ko’ra mayda sathi tekis yerlarga nisbatan 20-30 % oshadi. Bu esa o’z navbatida o’suv davrida haydalma qatlam haroratini bir muncha oshirib o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunday yerlarda chigit tekis yerdagiga nisbatan 5-6 kun oldin unib chiqadi. Tajribalarga qaraganda, egat va jo’yaklar olish bilan bog’liq bo’lgan sarf harajatlar olingan qo’shimcha hosil evaziga bir necha marta ortig’i bilan qoplanib ketadi. Tuproq haroratini oshirishni va issiqliq rejimini tartibga solishning yana bir asosiy omili chigit yoki boshqa ekinlar urug’i ekilgandan keyin yerlarni Mulchalashdir. Mulcha sifatida chirigan go’ng, ko’mir kukuni, qora qog’oz va plyonka kabi materiallardan foydalanish mumkin. Xususan sabzavotchilikda keyingi yillarda Mulcha sifatida polietilen va poliamid kabi polimer plyonkalardan keng ko’lamda foydalanilmoqda. XULOSA O’simliklarning urug’larini unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va hosilni o’z vaqtida pishib yetilishi tuproqdagi issiqliqka bog’lik. Shuning uchun ham o’simliklar issiqliqka bo’lgan talabiga ko’ra maqbul iqlim poyasida va janubiy kengliklarda o’sadigan turlariga bo’linadi. Bunda, tuproqning issiqliq sig’imi, issiqliq o’tkazuvchanligi, issiqliq balansi muhim ahamiyatga ega. Nazorat uchun savollar 1. O’simliklar uchun issiqliqning qanday ahamiyati bor? 2. O’simliklarning issiqliqka bo’lgan talabi qanday? 3. Tuproqda issiqliq rejimi qanday tartibga solinadi? Download 93.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling