7-MAVZU: Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari. (2 soat)
Reja:
1.Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.
2.O’simliklar hayotida makro va mikroelementlarning roli. O’simliklar oziqlanishida mikroorganizmlarning roli.
3. Tuproqning oziq rejimini yaxshilashda almashlab ekish va don-dukkakli o’simliklarning ahamiyati.
4.Tuproqning oziq rejimini boshqarish usullari.
Tayanch tushunchalar: oziq element, makro va microelement, almashlab ekish, don-dukkakli o’simliklar, mikroorganizmlar, oziq rejimi
Adabiyotlar:R1; R2; R3; R4; R5, A6;A7;A8; A9; A10; A11; A14, Q15; Q16; Q 17; Q 20, Internet saytlari: www.gov.uz., www.lex.uz.
1. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqliqni esa fazodan oladi.
O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqliq, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir.
Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi.
Oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq (48-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |