Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


-MAVZU: Begona o’tlar, ularning zarari va biologik xususiyatlari. (4 soat)


Download 93.44 Kb.
bet13/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

8-MAVZU: Begona o’tlar, ularning zarari va biologik xususiyatlari. (4 soat)
Reja:
1.Begona o’tlar haqida tushuncha, ularning dehqonchilikka keltiradigan zarari
2.Begona o’tlar va biologik xususiyatlari. Serurug’ligi, urug’lar unuvchanligini uzoq yillar davomida saqlanishi, urug’larni har xil muddatlarda unib chiqishi. Moslashgan begona o’tlar.
3.Begona o’tlarning ko’payishi va tarqalish yo’llari.
Tayanch tushunchalar: begona o’t, dehqonchilikka keltiradigan zarar, biologik xususiyat, serurug’ligi, moslashgan begona, ko’payish, tarqalish,
Adabiyotlar:R1; R2; R3; R4; R5, A6;A7;A8; A9; A10; A11; A14, Q15; Q16; Q 17; Q 20, Internet saytlari: www.gov.uz., www.lex.uz.

1. Begona o’tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari


Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo, ekinlar orasida o’suvchi va hosilning miqdori hamda sifatiga yomon ta’sir qiluvchi, ya’ni zarar keltiruvchi o’simliklar, begona o’tlar deyiladi. Begona o’tlar ikki guruhga xaqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi:
1.Xaqiqiy begona o’tlar ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’simlik-lardir. Masalan, g’o’za va boshqa ekinlar orasida o’sadigan pechak, yovvoyi gultojixo’roz;
2. Shartli begona o’tlar yetishtirilayetgan ekinning u yer bu yerida uchraydigan madaniy o’simliklardir. Masalan, bug’doy orasida uchraydigan arpa, paxtazorda uchraydigan makkajo’xori, tarvuz, pomidor shartli begona o’t hisoblanadi.
Ba’zi begona o’tlar aloxida ekin orasida o’sishga moslashgan. Masalan, kurmak sholipoyada, zarpechak dukkakli don ekinlari va dukkakli ekinlar, beda orasida o’sishga moslashgan. Bunday begona o’tlar moslashgan begona o’t deyiladi. Begona o’tlarni yo’qotish uchun ko’p mablag’ va mexnat talab qilinadi.
Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o’tlar tufayli duneda har yili 20 milliard dollar atrofida zarar ko’riladi. O’zbekistonda esa har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmokda. G’o’za qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo’qotilmokda. Paxta yetishtirish uchun sarflangan yalpi harajatning taxminan 40%, makkajo’xorichilikda esa 25 % begona o’tlarni yo’qotishda qo’l mehnatiga sarflanishiga to’g’ri keladi.
Begona o’tlarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga keltiradigan zarariga qo’yidagi omillar sabab bo’ladi:
a) Tuproq unumdorligini kamayishi: Begona o’tlar tuproqning haydalma qatlamida, ya’ni o’simliklar o’zining o’sib rivojlanishi uchun oziq oladigan qavatida baquvvat ildiz tizimi hosil qiladi va oziqa moddalarni o’zlashtiradi.
b) Tuproqning qurib qolishi: Tuproqda nam yetarli bo’lmasa madaniy o’simliklar rivojlana olmaydi, ularning ko’p qismini begona o’tlar o’zlashtiradi. Masalan, F.I.Malkov ma’lumotlariga ko’ra, Turkmanistonda yantoq bosib ketgan 1 ga yerda 1 oy ichida 653 m3 , quypechak bosib ketgan dalada esa 503 m3, nam sarflangan.
v) Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizasiyalash-tirishdagi qiyinchiliklar: Masalan, begona o’tlar kombaynning ishchi organlariga tiqilib qolib normal ishlashiga halaqit beradi. Ildiz tizimi baquvvat bo’lgan begona o’tlar haydash vaqtida plugga tuproq qarshiligini oshiradi hamda plugni ishdan chiqaradi, ish sifatini pasaytiradi.
g) Ekinlarni soyalatishi: begona o’tlarning poya va barglari o’sishda madaniy ekinlardan o’tib ketadi, va ularni soyalatib qo’yadi.
d) G’o’za, g’alla va boshqa ekinlarni o’rab olishi: Masalan, qo’ypechak, chirmashib o’sadigan boshqa o’tlar ularni yetkizib qo’yib hosilni normal yig’ib olishni qiyinlashtiradi va hosilini pasaytirib yuboradi.
e) Tekinxo’r begona o’tlarning yopishib olishi: shumg’iya va zarpechak madaniy o’simliklarning ildiz va poyalariga yopishib olib, ularni shirasi bilan oziqlanadi.
j) Ekinlarda har-xil kasallik va zararkunandalarning tarqalishi: Masalan, karamguldoshlarga mansub yovvoyi turp, rango’t va boshqa begona o’tlar tekinxo’r zamburug’larning rivojlanishi uchun manba bo’lib xizmat qiladi (karam kili, soxta un-shudring kasalligi). G’alla ekinlariga tusha-digan zang va boshqa zamburug’ kasalliklari bug’doyiq kabi eng xavfli bego-na o’tlarda rivojlanadi. G’o’za zararkunandasi karadrina bahorda quypechakka joylashib, so’ngra madaniy o’simliklarga o’tadi.
z) Hayvonlarning zaharlanishi: ko’pgina o’tlar urug’ida va o’suv organlarida zaharli moddalar bo’ladi, bular hayvon va odam organizmini zaharlaydi. Shuning uchun kampirchapon, akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, sutchup, sutlama, temirtikan, chirmovuq, g’umay, kakra, qoramiq va boshqalarning urug’i aralashgan g’alla mahsulotlarini odam va hayvonlar iste’mol qilishi man etiladi, chunki undan zaharlanish mumkin. Begona o’tlar urug’i aralashgan don qizib ketib, tez buziladi va sifati yomonlashadi.
k) Sug’orish tarmoqlarida, ariq, kanallarning ifloslanishi: Bu suvning normal oqishiga tusqinlik qiladi va ko’plab yerga shimilib isrof bo’ladi. Begona o’tlar dala ishlarini murakkablashtiradi. Ildizpoyali ko’p yillik begona o’tlar ekinlarni sifatli parvarish qilishni va hosilni yig’ishtirib olishni qiyinlashtiradi. Natijada qo’shimcha mehnat va mablag’ sarflashga, ya’ni yerlarni boronalash, kultivasiyalash, shudgorlash, urug’likni tozalash va ularga qarshi gerbisidlarni qo’llash kabi tadbirlarni amalga oshirishga zaruriyat tug’diradi. Paxta terish vaqtida esa yovvoyi gultojixo’roz, olabuta, ituzum, quypechak va boshqalar paxta tolasini, quytikan, qariqiz va boshqalar esa, quy juniga ilashib uning sifatini yomonlashtiradi. Har xil o’t urug’larining donga aralashib ketishi (randak, kakra) un sifatini buzadi. Ko’rinib turibdiki, begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Begona o’tlarga qarshi kurash eng muhim vazifa bo’lib, ular yo’qotilsa, mavjud yerlardan sifatli va barqaror mo’l hosil olish imkoni beradi.
2.Begona o’tlar va biologik xususiyatlari. Serurug’ligi, urug’lar unuvchanligini uzoq yillar davomida saqlanishi, urug’larni har xil muddatlarda unib chiqishi. Moslashgan begona o’tlar.
Begona o’tlar ko’p qirrali biologik xususiyatga ega bo’lgani uchun ham ularga qarshi kurashish birmuncha qiyin. Shuning uchun ularning biologik xususiyatlarini har taraflama o’rganish, ularning tarqalishni oldini olish yoki qirib tashlash tadbirlarini qo’llashni ancha yengillashtiradi. Begona o’tlarning biologik xususiyatlaridan biri ularning serurug’liligidir. Masalan, bir tup yovvoyi gultojixo’roz-500000, olabuta-150000, tuyaqorin-200000, ituzum-45000 ta ayrimlari esa milliondan ortiq urug’ hosil qiladi, madaniy o’simliklarning ko’pchilligini urug’lari soni esa 200-300 tadan oshmaydi (49-jadval). Begona o’tlarning urug’i unuvchanlik qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlaydi. Tajriba ma’lumotlariga qaraganda, semizo’t urug’i 40 yildan, tugmachagulniki 57 yildan keyin o’nuvchanlik qobiliyatini 6-18,2 % saqlagan, itqo’noq urug’i-290C sovuqda, yantoqniki +85-950C issiq suvda o’nuvchanligini yo’qotmagan. Buni ularning urug’i suv, havo o’tkazmaydigan maxsus qobiqqa o’ralganligi bilan izohlash mumkin.
Begona o’tlarga qarshi kurashishdagi qiyinchiliklardan biri ular urug’ining bir tekis unib chiqmasligidir, chunki ular har xil namlik va temperatura talab etadi. Masalan, yulduzo’t urug’i o’rtacha 30S da, yaltirbosh metlaniki 10-12 0S da, yovvoyi gultojixo’roz, kurmakniki 23-27 0S da, qo’ypechak, g’umayniki 25-30 0S da unib chiqadi.
Eshaksho’ra urug’ining unishi uchun o’zining quruq og’irligiga qaraganda 60 %, qo’ypechak – 100%, ituzum –271,42 % suv talab qiladi.
Olabuta yetilganlik darajasi har xil bo’lgan urug’ hosil qiladi. Oq rangli, yirikroq urug’lar qulay sharoit bo’lsa, pishib to’kilgan yili unib chiqadi, mayda jigarrangli urug’lar ikkinchi yili, mayda qalin pustli qora yaltiroq urug’lar esa uchinchi yili unib chiqadi. Begona o’tlarning urug’i har xil muddatlarda unib chiqaveradi, shuning uchun dalalarda yil davomida begona o’tlarni uchratish mumkin. Agar ular bir vaqtda unib chiqqanda edi, ularni yo’qotish ancha oson bo’lar edi.

Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling