Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


-MAVZU: ALMASHLAB EKISH (4 soat)


Download 93.44 Kb.
bet16/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

10-MAVZU: ALMASHLAB EKISH (4 soat)
REJA.
1. Almashlab ekish va uning ahamiyati.
2. Almashlab ekish turlari.
3. Almashlab ekishni tuproq unumdorligiga ta’siri hamda
almashlab ekish rotasiyasi va tizimlari.
Adabiyotlar: 1,2,3.
Tayanch iboralar; almashlab ekish, navbatlab ekish, nam sig’imi, tuproq zichligi, surunkasiga ekish, monokultura, dala almashlab ekish, yem-xashak almashlab ekish, maxsus almashlab ekish, ferma oldi o’simliklari, don-shudgor a.e, dalalar to’plami, tuganak bakteriyalar, gumus miqdori, bo’laklangan tizimlar, a.e. rotasiyasi, rotasiya jadvali, a.z. tizimi.
1. Almashlab ekish va uning ahamiyati.
Almashlab ekish deb, ekinlarni yillar davomida dalalar bo’yicha yuqori agrotexnik sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va hosilni oshirishni ta’minlaydigan to’g’ri navbatlab ekishga aytiladi. Almashlab ekishning ahamiyati shundaki,uning tarkibidagi ko’p yillik o’tlar o’zidan keyin yerda ko’p miqdorda organik moddalar qoldiradi. Shu tufayli tuproqning strukturasi, suv-fizik xossalari, namlik sig’imi, zichligi, tuproqning oziq, issiqlik, havo rejimlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshilanadi.
Almashlab ekish ta’sirida tuproqda turli kasalliklar va hashoratlar miqdori keskin kamayadi. Faqat ekinlar navbatlashuvi ilmiy asosda tashkil etilib, joriy etilgandagina tuproq unumdorligini saqlash va oshirish mumkin. Maydon, kasalliklar manbai va begona o’tlardan tozalanadi, hosildorligini oshirish bilan chorvachilik yem-hashak bazasini ko’tarishda ham katta rol o’ynaydi.
Bir dalaning o’zida bitta ekinning uzoq vaqt eqilishi surunkasiga ekish deyiladi. Xo’jalik maydonlarining ko’p qismida uzoq vaqt bitta ekinni eqilishi monokultura deyiladi. Ekinlar o’zaro navbatlashmasdan bir maydonda uzluksiz ekilaversa, hosildorlikka putur yetkazadigan salbiy oqibatlar yuzaga kela boshlaydi, ekinga qanchalik parvarish berilsada hosildorlik ko’tarilmasdan pasaya boradi. Bunga sabab, o’simlikning bir tomonlama tanlab oziqlanishi bo’lsa, unga o’ziga xos kasallik, zararkunanda va moslashgan begona o’tlar paydo bo’ladi.
Tajriba ma’lumotlariga ko’ra, surunkasiga g’o’za ekilgan yerda vilt kasali 40-50% ni, almashlab ekilgan dalada esa 9% ni tashkil qilgan. Ma’lumki turli ekinlarning ildizi turlicha rivojlanadi. Shu tufayli ekinlar yerdan oziq elementlarni har-xil o’zlashtiradi. Masalan. g’alla ekinlari tuproqdan ko’p miqdorda fosfor, ildizmevalar esa kaliyni, dukkaklilar fosfor va kaliyni, g’o’za esa azot va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Shu tufayli tuproqqa surunkasiga bir xil ekin ekish oqibatida oziq moddalarning bir tomonlama kamayish jarayoni sodir bo’ladi. Bunday jarayon surunkali davom etishi natijasida tuproq unumdorligi keskin pasayadi. Almashlab ekish natijasida begona o’tlar miqdori 30-50% gacha kamayadi, o’g’itlar samaradorligi 30-40% oshadi, har bir gektar ekin maydoniga sarflanayotgan suv 10-25% gacha tejaladi. Almashlab ekish ta’sirida ko’p yillik yem-xashak ekinlari botqoqlanish va sho’rlanish jarayoni ya’ni tuz to’planishini kamaytiradi, natijada ekinlarning hosildorligi 10-35% gacha oshadi.


Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling