Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Ota-ona juftlarini kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab juft tanlash


Download 416.72 Kb.
bet20/55
Sana12.02.2023
Hajmi416.72 Kb.
#1191022
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
маруза матни

4. Ota-ona juftlarini kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab juft tanlash. Ekinlarning kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratish mo’l hosil olish hamda mahsulot sifatini oshirishini ta’minlaydi. Bu sohada seleksionerlar oldida yechilishi zarur bo’lgan katta va murakkab masalalar turibdi. Gap shundaki, o’simliklarning eng xavfli kasalliklarini qo’zg’atuvchilar juda xilma-xil bo’lganligi sababli yangi yaratilgan har qanday nav o’zining kasalliklarga chidamlilik xususiyatlarini tez pasaytirib yuboradi.U yoki bu kasallikning bir yoki bir necha xillariga chidamli hisoblangan nav shu kasallikni qo’zg’atuvchi boshqa shakllariga (irqlariga) mutlaqo chidamsiz bo’lishi mumkin.Shuning uchun ekinlarning barcha kasalliklariga chidamli navlar yaratish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Ko’pchilik eng xavfli kasalliklarning bir qancha irqlari borligi aniqlangan.Masalan, barcha zang kasalligining 180 dan ortiq, shundan qo’ng’ir zang kasalligining 50 dan ko’p, sariq zang kasalligining 14 ta, bo’qoq qorakuyaning 8 ta, chang qorakuyaning 5 ta, fitoftoraning 12 ta, viltning 2 ta irqi borligi ma’lum.
Kasalliklarga chidamli navlar yaratishga birinchi navbatda mazkur kasallikka chidamli xususiyatga ega bo’lgan nav va xillarini topish lozim. Bunday nav va xillarni o’simliklarning jahon kolleksiyasidan topish mumkin.
Chidamli nav yaratish uchun mazkur kasallikning turli irqlariga chidamli o’simliklar o’zaro chatishtiriladi. Olingan duragaylar ichida tanlash o’tkazilib, kerakli xususiyatlarga ega bo’lgan o’simliklar (avlodlar) ajratib olinadi va ular qimmatli xo’jalik-biologik belgilarga ega bo’lgan eng yaxshi navlar bilan chatishtiriladi. Shu tariqa kasalliklarga (hasharotlarga) chidamli yangi navlar yaratiladi.
Akademik P.P.Lukyanenko yaratgan navlardan – kuzgi bug’doy-ning chidamli, yuqori hosilli Bezostaya-1 navini bunga misol qi-lib keltirish mumkin.Ushbu nav 50 yildan beri ekilib, haligacha qo’ng’ir zang kasalligiga chidamlilik xususiyatini yo’qotmagan.
S. Miraxmedov g’o’zaning viltga chidamli Toshkent-1 navini yaratishda, viltga chidamli gossipium xirzutum turining nervozum Meksika yarim yovvoyi o’simligi bilan yuqori hosilli yaxshi sifatli S-4727 navini chatishtirish usulidan foydalangan.
Akademik S.M.Bukasov kartoshkaning fitoftora, rak kasali, virus kasalliklarga chidamli ko’p navlarini yaratishda kasalliklarga chidamli kartoshkaning yovvoyi turlari bilan navlarni chatishtirish usulidan foydalangan. Kartoshkaning fitoftoraga chidamli Kameraz, Agronomicheskiy, Veselovskiy, Iskra, Lorx, Olev va boshqa navlari shu usul bilan yaratilgan.

Download 416.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling