Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 416.72 Kb.
bet4/55
Sana12.02.2023
Hajmi416.72 Kb.
#1191022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
маруза матни

Agroekotip deb – bir tur yoki turxilga mansub bo’lgan, aniq bir ekologik va ishlab chiqarish sharoitlariga moslashgan, to’g’ri agrotexnika qo’llanganda yuqori hosil hamda sifatli mahsulot beradigan o’simliklar guruhiga aytiladi. Amalda agroekotip deb, ekin turining har bir zonada rayonlashtirilgan yoki istiqbolli hisoblangan navlarga aytiladi.
O’simliklar bilan tashqi muhitning o’zaro munosabatini, ya’ni ekotiplarning shakllanish qonuniyatlarini o’rganadigan fan ekologiya deb ataladi.Ekologik omillar asosan 3 tadir.
1. Atmosfera (yorug’lik, harorat, havo namligi, havodagi karbonat angidridining miqdori).
2. Tuproq (fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, suv va tuzlarning miqdori).

  1. Biotip omillari (kasallik va jonivorlar mavjudligi).

O’simlik turlari namlikka bo’lgan talabiga qarab uch ekotipga bo’linadi: kserofit, gigrofit, mezofit. Qurg’oqchilikka moslashgan o’simliklar – kserofitlar, namligi ko’p (ortiqcha) bo’lgan sharoitga o’rgangan o’simliklar - gigrofitlar, o’rtacha (yetarli) namlik sharoitida yashashga moslashgan o’simliklar esa - mezofitlar deyiladi.
Seleksiyada muvaffaqiyatlarga erishish uchun ekinlarning bir yoki bir necha xillarini turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirganda ularning xususiyatlari qanday yuzaga kelishini bilish katta ahamiyatga egadir.Bunda quyidagilarga e’tibor berish ayniqsa muhimdir:

  • vegetasiya davrining davomiyligi, ya’ni o’simliklarni tezpisharligi;

  • rivojlanish fazalarining o’tishi, ya’ni vegetasiya davrining tarkibi (ayrim rivojlanish fazalarini o’tishdagi farqlanishlar);

  • hosilni va uning tarkibini ifodalovchi miqdoriy belgilar;

  • o’suvchanlik belgilari (poyaning uzunligi, bargning soni, o’simlikning shikastlangandan so’ng tiklangan darajasi va boshqalar;

  • qurg’oqchilikka va ortiqcha nam sharoitiga chidamlilik;

  • past haroratga – sovuqqa chidamlilik;

  • gullash xususiyatlari (ochiq yoki yopiq gulning changlanishi, harorat va namlikning gullashga ta’siri;

  • kasallik hamda zararkunandalarga chidamlilik;

  • poyaning yotib qolmasligi, doning to’kilmasligi;

  • hosilning bioximik tarkibi (oqsil, qand, kraxmal, moy va boshqa moddalarning miqdoridagi farqlanishlar);

  • muhitning namlik darajasiga bo’lgan munosabati (rivojlanish tipining kserofil, mezofil yoki gigrofilligi).

Ekin xillarining yuqorida keltirilgan va boshqa ko’pgina biologik xususiyatlar bo’yicha ta’rifi ekologik-geografik guruhlash natijasida beriladi. Ekinlarning har xil geografik shakllari turli sharoitlarda o’sib moslashadi va tanlash yo’li bilan ekologik xillarga bo’linadi.
Akademik Nikolay Ivanovich Vavilov birinchi bo’lib ekin turlarini ekologik-geografik guruhlarga ajratishning aniq qonuniyatlarini belgiladi.Shu qonuniyatlarga binoan har bir ekologik-geografik guruh ekinlar bir xil tabiiy-geografik sharoitda vujudga kelgan bo’lib, o’xshash belgilarga egadir. Har bir ekologik-geografik guruh ekinlari bir xil morfologik belgilar va fiziologik xususiyatlarga ham ega bo’ladi.
Seleksionerlar ekinlarni ekologik-geografik jihatdan guruhlab, ularning xilma-xilligiga qarab ish tutadi hamda zarur shakl va navlarni qidirib topadi.
Seleksiyada yangi nav yaratish uchun ekinning qandaydir turi, ekologik-geografik tipi, xili, shakllari yoki navlari boshlang’ich material sifatida olinib, tanlash o’tkazilsa ham baribir ularning bir qator muhim belgi va xususiyatlari hisobga olinadi (tanlash ekinlarning belgi va xususiyatlari asosidagina o’tkaziladi).
Ekinlarning har qanday navi (shakli) boshqa navlardan sifat jihatidan, ya’ni belgilari bilan farq qiladi. Navlarning sifati ularning belgi va xususiyatlarida namoyon bo’ladi.
Ekinning tashqi ko’rinishi va tuzilishidagi morfologik xususiyatlar belgi deb ataladi. U miqdor yoki sifat bilan ifodalanadi.Miqdoriy belgilar ekinlarda sanab, o’lchab, tarozida tortib aniqlanadi.Masalan, bug’doydagi serhosil (boshoq chiqarib, don beradigan) poyalar, g’o’zadagi hosil shoxlar, ko’sakdagi chigitlar, kartoshkadagi tuganaklar soni sanalib, g’o’zada o’simlikning bo’yi, bug’doyda boshoqning, g’o’zada esa tolaning uzunligi o’lchanadi, bir tup g’o’zadagi hosil, har bir ko’sakning yirikligi, 1000 ta urug’ning og’irligi tarozida tortiladi.
O’simlikning ko’z bilan bevosita ko’rib aniqlash mumkin bo’lgan belgilari sifat belgilar deyiladi. Masalan, gul, meva, urug’ va boshoqning rangi, shakli, boshoqcha qobiqchasining tukli yoki tuksizligi, boshoqning qiltiqli yoki qiltiqsiz kabilar.
Ekinning fiziologik, bioximik va texnologik xossalari xususiyat deb aytiladi. O’simlikning fiziologik xususiyatlari - uning yuqori va past haroratga, kasalliklarga chidamliligi, agrotexnika sharoitlariga (o’g’itlarga va suvga) munosabati kabilar. O’simlikdagi turli moddalarning (oqsil, moy, qand, kraxmal, efir moylari, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqalarning) miqdori va sifati ekinning bioximik xususiyatlari deyiladi.
O’simlikning texnologik xususiyatlari ularni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlardir. Masalan, dondan un, undan non chiqishi, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi xususiyatlari, arpa donidan pivo tayyorlanishi, kartoshka tuganagidan spirt va kraxmal chiqishi va boshqalar texnologik xususiyatlari sanaladi.
Seleksiyada foydalaniladigan boshlang’ich materiallar asosan 3 kategoriyaga bo’linadi:
1. Tabiatda tayyor holda mavjud bo’lgan o’simliklar;
2. Duragaylash yo’li bilan yetishtirilgan o’simliklar;
3. Sun’iy mutagenez, poliploidiya va boshqa usullar bilan olingan o’simliklar.
2.Савол. Tabiatda tayyor bo’lgan o’simliklardan seleksiyada keng foydalanish uchun o’simliklar sistematikasi, ekologiyasi va geografiyasini chuqur bilish lozim.
Hozirgi zamon seleksiyasi uchun boshlang’ich materiallar 4 guruhga bo’linadi:

  • tabiiy populyasiyalar;

  • duragay populyasiyalar;

  • o’zidan changlangan (insux) – liniyalar;

  • sun’iy mutasiyalar va poliploid shakllar.

O’simliklarning yovvoyi holda o’sadigan xillari, ekinlarning mahalliy va o’simliklarning VIRdagi jahon kolleksiyasi namunalari tabiiy populyasiyalar deb aytiladi.
Duragaylash natijasida paydo bo’lgan o’zaro erkin chatishadigan, lekin bir biridan irsiy belgilari bilan farq qiladigan o’simliklar guruhi duragay populyasiyalar deb aytiladi. Ular ikki xil bo’ladi: bir botanik turga mansub bo’lgan nav va shakllardan chatishtirib olingan tur ichida duragay populyasiyalar; boshqa botanik tur yoki turkumlarga mansub bo’lgan ekinlardan chatishtirib olingan turlararo va turkumlararo duragay populyasiyalar.

Download 416.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling