7. O’rta yer dengizi markazi.Bu markazda qattiq bug’doyning bir necha kenja turlari, qumli suli, vika, lavlagi tarqalgan. Bu yer bug’doyning va dukkakli don ekinlarining ikkilamchi markazi bo’lib, hisoblanadi. Bu markazda dehqonchilik madaniyatining ancha yaxshi bo’lganligi va kishilar tomonidan o’simliklarni yaxshilash jarayoni o’tgan bo’lib, arpa, dukkaklar, no’xat, gorox, chechevisa urug’lari, boshqa joylarda, jumladan birlamchi markazda – O’rta Osiyoda o’sadiganlarga qaraganda ancha yirik donlidir.
8. Afrika markazi.Uning territoriyasi juda katta. Abissiniya gen markazi ham shu markazga avtonom holatda kiradi. Afrika markazida bug’doyning ko’p o’ziga xos xillari uchraydi.Qattiq bug’doyning shakllari ayniqsa ko’p.Sulining Abissiniya turi avvalo shu yerda topilgan. Bu markaz madaniy arpa kelib chiqqan joy bo’lib, uning bu yerda uchraydigan 16 ta xili ilgari mutlaqo ma’lum bo’lmagan va hozir ham ular boshqa joylarda uchramaydi (urug’i sariq, yashil, qora, gunafsha rangli, sariq, pakana, virus kasaliga chidamli, tarkibida 19 foizgacha oqsil va 4 foizgacha lizin aminokislotasi bo’lgan namunalar). Bu markazda zig’irning o’ziga xos urug’i uchun ekiladigan va urug’idan un tayyorlaydigan xillari (non zig’iri) tarqalgan. Efiopiya dukkakli don ekinlari – gorox, no’xat, chechevisa, china, lyupinning kelib chiqish markazlaridan biri bo’lib, hisoblanadi. Jo’xorining hamma turlari, Afrika g’o’zasining bir necha turi, afrika sholisi, tarvuz, finik (xurmo) palmasi shu yerdan kelib chiqqan. Kana kunjut va janubiy Afrika javdarining birlamchi gen markazi, araxisning ikkalamchi kelib chiqish markazidir.
9. Yevropa-Sibir markazi. Bu yer qand lavlagining birlamchi va ikkilamchi kelib chiqish markazidir, qizil sebarga va bedaning ko’p kenja turlari, Amur uzumi, yovvoyi olma hamda nok shu yerdan tarqalgan. Tola uchun ekiladigan zig’irning birlamchi markazi, Kubanda esa kungaboqarning ikkalamchi markazi shakllangan. Rus xalq seleksiyasi natijasida yaratilgan chaqiladigan kungaboqar moyli ekinga, keyinchalik moyli va efir moyli ekinlar ilmiy tekshirish instituti (VNIIMK) faoliyati natijasida yuqori (ko’p) moyli yangi ishlab chiqarish ekiniga aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |