Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 416.72 Kb.
bet10/55
Sana12.02.2023
Hajmi416.72 Kb.
#1191022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
маруза матни

10. O’rta Amerika markazi. Bu markaz Meksika, Gvatemala, Kosta-Rika, Gonduras va Panamani o’z ichiga oladi. U makkajo’xori hamda unga yaqin yovvoyi turlari (Teosinte va Tripsakum)ning asosiy vatanidir. Yovvoyi holda makkajo’xori 70 ming yil ilgari mavjud bo’lgan ekan. Amerika fasoli (loviya), kadi (qovoq) turlari, kartoshkaning tuganakli yovvoyi turlari shu yerda shakllangan.Bu yer kakao o’simligining vatani hisoblanadi.Bu yerdan kelib chiqqan Amerika g’o’zasi – upland – jahon paxtachiligining asosini tashkil qiladi.
11. Janubiy Amerika markazi. Madaniy o’simliklarning shakllanish jarayonlariga Kordilyer va And gigant (baland) tog’larining ta’siri katta bo’lgan yer sharining shu qismida kartoshka madaniylashtirilgan. Bu yerdan ingichka tolali Misr g’o’zasi (Gossipium barbadense) kelib chiqqan. Janubiy Amerikadan bir necha asr oldin u Misrga keltirilib, u yerdan tarqalib ketgan va Misr g’o’zasi deb atalgan.
Kungaboqarning ikkita, Janubiy Amerika kenja turi va Shimoliy Amerika kenja turi bo’lib, har qaysisining ko’plab turlari (o’tsimon, chakalaksimon) mavjud. Peru - Janubiy Amerika kungaboqarining 17 buta turining birlamchi gen markazi hisoblanadi. Pomidor, tamaki ham shu yerda vujudga kelgan.
12. Shimoliy Amerika markazi. Kungaboqarning 50 ga yaqini, kartoshkaning va tamakining bir necha, lyupinning 40 dan ortiq va g’o’zaning bitta yovvoyi turi shu markazda shakllangan. Shimoliy Amerika uzumning endemik turlarining birlamchi markazi bo’lib hisoblanadi.
O’simliklarning kelib chiqish makromarkazlari bilan bir vaqtda P.M.Jukovskiy mikromarkazlar borligini aniqlagan. Mikromarkazlar ekin birlamchi markazlarining qoldiqlari yoki yangidan paydo bo’lgan genmar kazlaridir.Ular qisqa, kichik hududlarda tarqalgan, chegaralangan yoki birlashgan guruhlarni tashkil qiladi.
Masalan, javdar Old Osiyodan kelib chiqqan, lekin Janubiy Afrikada uning bir turi – Janubiy Afrika (Secale africanum Stapt) turi boshqa hyech qayerda uchramaydi. U o’zidan changlanuvchi ko’p yillik o’simlik hisoblanadi.
Efiopiya – uzoq kunda o’sadigan yovvoyi karam shakllarining mikromarkazidir.Galopagos orollari – endemik yovvoyi pomidorning qurg’oqchilikka chidamli turlarining mikromarkazi hisoblanadi.Mayda joyda o’sadigan g’o’zaning endemik mikromarkazlari ko’p.Masalan, Meksikaning Shimoliy-G’arbida, Kaliforniya yarim orolida, Kaliforniya ko’rfazi orollarida g’o’zaning yettita turini jamlagan mikromarkazlar bloki (birlashma) borligi aniqlangan.
Arab yarim orolining janubida yovvoyi g’o’zaning qurg’oq-chilikka o’ta chidamli, haligacha seleksiyada foydalanilmagan turlarining uchta mikromarkazi joylashgan. Bug’doy va kartoshkaning ko’p mikromarkazlari ochilgan.
Madaniy o’simliklar kelib chiqishi va shakllanishining markazlarini birlamchi va ikkilamchilarga ajratish N.I.Vavilov tomonidan taklif etilgan. Birlamchi markazlar juda qadimiy bo’lib, ikkilamchi markazlar ancha keyinroq tashkil topgan. Ularning vujudga kelishi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi rayonlar o’rtasida savdo-sotiq va boshqa aloqalarning rivojlanishi bilan bog’liqdir.

Download 416.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling