Мaʼruza Mavzu: Gazbeton va ko‘pikbeton buyumlari Mavzuni yoritish rejasi


Download 17.26 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi17.26 Kb.
#1224233
Bog'liq
1-маъруза газобетон


  1. Мaʼruza

Mavzu: Gazbeton va ko‘pikbeton buyumlari
Mavzuni yoritish rejasi:
1. Gazobetonning ixtiro ыilinishi tarixi
2. Kupikbetonning ixtiro qilinishi
3. Gazbeton va ko‘pikbeton buyumlari ishlab chiqarishning g‘ozirgi xolati.

Pordlandsement ixtiro qilinganidan keyin betonlar ustida ilmiy izlanishlar olib borish, tadqiqotlar o‘tkazish olimlar o‘rtasida keng yoyilib bordi. Ular tomonidan betonning massasini yengillashtirish, og‘ir betonlarning xossalarini yaxshilash, turli xil fibralar qo‘shish kabi ishlar amalga oshirilgan. Gazobeton ixtiro qilinishiga Chex tadqiqotchisi Goffman muhim rol egallagan. U betonda g‘ovaklik xosil qilishi maqsadida sementli va gipsli qorishmalarga kislota, xlorli va uglerodli tuzlar qo‘shadi. Natijada betonda gaz xosil bo‘lishi bilan g‘ovaklik xosil bo‘lgan. Goffman o‘zi kashf qilgan gazobeton uchun 1889 yil patent olgan va gazobetonlar ustida ilmiy ishlar olib borgan. Goffmanning fikrini amerikalik Aulsvort va Dayer rivojlantirishdi, yacheykali betonlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi va akustik xossalari ustida tadqiqotlar o‘tkazishdi.


1914 yilda ular gaz xosil qiluvchi sifatida alyuminiy va rux kukunlarini qo‘llashdi. Bu kukunning sungan oxak bilan ximiyaviy reaksiya jarayonida vodorod ajralib chikkan va g‘ovak strukturali beton hosil qilgan. Gazobeton hosil qilinishida shved arxitektori va olimi Yuxan Aksel Eriksson xam katta xissa qo‘shgan. U kremnezyomli komponentlar va sement xisobiga oxakli qorishmasini alyumin kukuni bilan ko‘pchitishga harakat qilgan va natijaga erishgan. 1929 yilda Iksxult shaxarchasida joylashgan «Itong” (Ytong) firmasi tomonidan gazabeton ishlab chiqarilishi boshlangan. Mazkur firmaning muxandislari tomonidan ohak-kremnezemli komponentlar qorishmalarni avtoklavda issiq-nam taʼsir texnologiyasini asos qilgan xolda chiqargan mahsuloti 1880 yilda nemis professori V. Mixaelis tomonidan patentlashtirilgan. Korxona tomonidan birinchi yiliyoq 14 ming m³ gazobetona (gazosilikat) ishlab chiqarilgan. O‘tgan davr ichida gazobetonning xususiyatlari yaxshilanishiga erishilgan.
XXI asrga kelib gazobeton buyumlarini qurilishda samarali ishlatilishi natijasida chet davlatlarda gazobeton ishlab chiqaruvchi korxonalar soni ortib bormoqda. Bugungi kunda xam dunyoda Ytong firmasi gazobeton maxsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik qilib kelmoqda.
Rossiyada Amaliy Mineralogiya Instituti xodimi M.N.Bryushkov 1928 yili ko‘pikbeton ishlab chiqarish texnolgiyasini ishlab chiqqan bo‘lib, tayyorlash jarayonida sement qorishmasiga sovun ildizi nomli o‘simlik qo‘shilgan.Shunday qilib, 1974 yilga kelib ko‘pik beton dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarida jadal tarzda ishlatila boshlandi. P.A.Rebinder, A.P. Merkin,E.M. Chernishev, A.T. Baranov va boshqalar tomonidan g‘ovak makrostruktura xossalari va uni optimallashtirish borasida tadqiqotlar olib borilgan. G‘ovak materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasining qonuniyatlari og‘ir beton ishlab chiqarishdagiga nisbatan ancha farq qiladi. Ko‘pik sement massasining olinish jarayoni dinamik sharoitlarda borib, bunda bir vaqtning o‘zida aralashtirish orqali bir xil g‘ovaklikka ega sistemani xosil qilish kerak bo‘ladi. G‘ovak aralalashmani tayyorlash qaysi usulda bajarilishidan qati nazar “gaz-suyuqlik-qattiq” geterogen sistemani hosil qilishga asoslangan.
Avtoklavsiz qotadigan ko’pikbetonlar ko’p funksiyali qurilish materiali hisoblanadi. Ishlab chiqarish texnologiyasi ancha oddiy va ishlab chiqarishda ishlatiladigan jihozlarga metall va energiya sarfi kam talab qilinadi. Ko’pikbetonni ishlatilish joyi va ishlatilish iqlim sharoitiga qarab xossalarini yaxshilash va boshqarish mumkin. Shuning uchun ham uning xossalari katta intervalda o’zgaruvchan hisoblanadi.
O’rtacha zichligi ρ=100-1200 kg/m3 , issiqlik o’tkazuvchanlik koffitsienti λ=0.08-0.38 W/m•K, suv shimuvchanlik koeffitsienti W=8-22 %, olovga ta’siriga yuqori bardoshlilik xossasiga ega. Nazariy asoslarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, ko’pikbeton ishlab chiqarishning eng samarali yo’li uni quruq qurilish qorishmalari asosida ishlab chiqarishdir. Quruq qurilish qorishmalari asosida tayyorlangan ko’pikbeton maxsulotlarida tarkibiy komponentlarning gomogenlashganini hamda komponentlarni o’lchash (dozirovkalash) juda aniqlikda amalga oshirish mumkin. Bunda maxsulot ishlab chiqarish holati va sifati stabillashadi.
Quruq qurilish qorishmasi asosida ishlab chiqariladigan ko’pikbetondan maxsulotlar (bloklar, plitalar va boshqalar) va monolit konstruksiyalarni tayyorlashda bir qancha qulayliklarni yaratadi. Qurilish maydonlarida joylashgan qoliplar va opalubkalar ichiga maxsus ko’pikbeton uchun quruq qurilish qorishmalari ratsional tarkib asosida suv aralashtirilib quyiladi va qotiriladi. Bu esa qurilish jarayoniga ketadigan vaqtning kamayishiga va qurilishning jadallashishiga olib keladi. Kam qavatli uy-joy qurilishlarini qisqa vaqt ichida amalga oshirish uchun quruq qurilish qorishmalaridan keng miqyosda foydalanish mumkin.
Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling