ma’ruza mavzu: Materiallarni maydalash


MAYDALASH MASHINALARINING PRINSIPIAL CHIZMALARI


Download 89.2 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi89.2 Kb.
#1391819
1   2   3
Bog'liq
5\'\'-mavzu 2

MAYDALASH MASHINALARINING PRINSIPIAL CHIZMALARI

Sanoatda qattiq jismlarni maydalash maqsadida turli mashina va tegirmonlar ishlatiladi.


Yirik yanchish uchun yassi qismli va konusli mashinadan foydalaniladi, bunday mashinalar yordamida bo‘laklarning o‘lchami 1500 mm dan kam bo‘lmagan material maydalanib, hosil bo‘lgan bo‘laklarning o‘lchami taxminan 100—300 mm atrofida bo‘ladi.
Yirik yanchishdan so‘ng ko‘pincha material qaytadan o‘rtacha va mayda yanchishga moslangan mashinalarga yuboriladi, bunday holatda donalarning o‘rtacha o‘lchami taxminan 100 mm dan to 10—12 mm gacha kamayadi. O‘rta va mayda yanchish uchun vallari bo‘lgan, zarba-markazdan qochma va qiya konusli yanchish mashinalari ishlatiladi.
Barabanli va xalqa tegirmonlarda material yupqa maydalanadi (o‘rtacha o‘lchami 10—12 mm dan 2—0,075 mm gacha).
Maydalash mashinalarining prinsipial chizmalari 17.2-rasmda berilgan. Yassi qismli yanchgichning ishlash prinsipi quyidagicha bo‘ladi. Yassi qismlar davriy ravishda o‘zaro yaqinlashganda material ezish, yorish va qisman yeyilish prinsiplari asosida maydalanadi. Konusli yanchish mashinalari bir-biriga nisbatan ekssentrik holatda aylanadigan ikkita konuslar oralig‘ida materialni sinish, ezish va qisman yeyilish prinsiplari yordamida maydalashga asoslangan. Valli yanchgichlarda material bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan vallar oralig‘ida eziladi. Agar vallar bir xil tezlikka eta bo‘lsa materialning yeyilishi ham yuz beradi. Shnekli yanchish mashinalarida material kesish va qisman yeyilish jarayonida maydalanishga uchraydi. Bolg‘ali yanchgichda qattiq jism bolg‘alarning zarbasi va yeyilish ta’sirida maydalanadi.
Sharli tegirmonlar materialni asosan yupqa va o‘ta yupqa maydalash uchun ishlatiladi. Bunday mashinalar aylanuvchi yoki vibrasiya qilinadigan barabandan iborat bo‘lib, ularning ichiga maydalanishi lozim bo‘lgan material yuboriladi; material donalari o‘zaro to‘qnashib, zarba va ishqalanish kuchi asosida maydalanib ketadi. Gʻildirakli tegirmonlar mayda yanchish yoki ayrim materiallar (shamot, kvars, loy-tuproq va hokazo) ni dag‘al yanchish uchun ishlatiladi. Dag‘al yanchishda maydalanishidan tashqari zichlanish, yeyilish yuz beradi hamda materiallarning birgalikdagi aralashmasi hosil bo‘ladi. Dezintegratorlar va aerodastali tegirmonlarning ishlash prinsiplari materialga zarba berish prinsipiga asoslangan. Purkovchi tegirmonlar materiallarni o‘ta yupqa maydalash uchun mo‘ljallangan. Bunday mashinalarning ishlash prinsipi katta tezlik bilan harakat qilayotgan havo oqimining tarkibidagi qattiq zarrachalarning bir-biriga va kamera devorlariga urilishi va ishqalanishi oqibatida maydalanish yuz beradi.


Download 89.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling