ma’ruza mavzu: Materiallarni maydalash


Download 89.2 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi89.2 Kb.
#1391819
  1   2   3
Bog'liq
5\'\'-mavzu 2




5– MA’RUZA
Mavzu: Materiallarni maydalash

R Ye J A :


1. Umumiy tushunchalar


2. Maydalashning asosiy qonunlari
3. Maydalash mashinalarining prinsipial chizmalari


UMUMIY TUSHUNCHALAR
Mexanik jarayonlarga materiallarni maydalash, uzatish, aralashtirish, presslash, granullash va klassifikasiyalashlar kiradi. Bu jarayonda materialning fizik kimyoviy xarakteristikalari o‘zgarmaydi, ammo ularning shakli o‘zgaradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanika qonuniyatlari bilan ifodalanadi va ularning harakatga keltiruvchi kuchi mexanik kuchlar ta’siridir.
Maydalash - bu qattiq jism bo‘laklarini kerakli o‘lchamlarga keltirish, parchalash va yuzasini oshirishdir. Maydalash jarayeni qattiq jismning mayda zarrachalar (atom va molekulalar) o‘zaro tortishish kuchlarini yengadigan tashqi kuchlar ta’sirida o‘tadi. Maydalash natijasida ishlov berilayotgan jism yuzasi sezilarli darajada ko‘payadi, ko‘p jarayonlar, shu jumladan eritish, kuydirish kabi katta yuza talab qiladigan jarayonlar tezligi ortadi. Maydalash kon-metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, qurilish va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
Kimyoviy texnologiyada mexanik jarayonlar alohida ahamiyatga ega. Mexanik jarayonlarning tezligi qattiq jism mexanikasi konunlari bilan ifodalanadi. Bunday jarayonlar materiallarga mexanik kuch ta’sir kilishiga asoslanadi. Mexanik jarayonlar (maydalash, sinflarga ajratish, saralash, aralashtirish, ezish, donadorlash, uzatish va xokazo) kimyo va boshka sanoat korxonalarida ko‘p ishlatiladi.
Moddalarning diffuziyasi bilan bog‘lik bo‘lgan jarayonlar­ning tezligi fazalarning uzaro ta’sir kilish yuzasiga boglik. O‘zaro ta’sir yuzasining katta bo‘lishi fazalarning ichidagi modda tarqalishini va modda bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tishini tezlatadi. Yuza kattaroq bo‘lsa kimyoviy jarayon ham tezlashadi. Ayniqsa kimyoviy yoki diffuzion jarayonda qattiq faza qatnashsa o‘zaro ta’sir yuzasini ko‘paytirish alohida ahamiyatga ega. Qattiq fazaning yuzasini ko‘paytirishga tashqi kuch ta’sirida zarrachalarni maydalash yo‘li bilan erishiladi. Maydalash paytida material bo‘laklarining o‘lchami ancha kamayadi.
Qattiq materiallarni maydalash jarayoni shartli ravishda ikki turga bo‘linadi: a) yanchish, ya’ni materialni mayda bo‘laklarga bo‘lish (yirik, o‘rtacha va mayda); b) maydalash (yupqa va o‘ta yupka). Umuman olganda materiallarni maydalash jarayoni ezish, yorish, yeyilish va zarba berish usullari yordamida olib boriladi. Materialning fizik-mexanik xossalari va bo‘laklarining o‘lchamiga ko‘ra u yoki bu usul tanlab olinadi. Masalan, qattiq va mo‘rt material ezish, yorish va zarba berish usuli bilan, qattiq va qovushqoqli material esa ezish va yeyilish usuli yordamida maydalanadi.
Materiallarni yanchish odatda quruq (suv ishlatmasdan) usul bilan, yupqa maydalash esa ko‘pincha ho‘l usul bilan (ya’ni suv yordamida) olib boriladi. Suv ishlatilganda chang hosil bo‘lmaydi va maydalangan mahsulotni tashish osonlashadi. Dastlabki va maydalangan material bo‘laklarining o‘lchamlariga ko‘ra maydalash jarayonining sinflarga bo‘linishi 17.1- jadvalda berilgan.

17.1 – rasm. Materiallarni maydalash usullari:


a) ezish; b) yorish; v) yeyilish; g) zarba.

Maydalash jarayonining sinflarga bo‘linishi


17.1 - jadval


Maydalash turi

Bo‘lakning o‘rtacha o‘lchami, mm

Maydalanish
darajasi

maydalanishgacha

maydalangandan so‘ng

Yirik yanchish
O‘rtacha yanchish
Mayda yanchish
Yupqa maydalash
O‘ta yupqa maydalash

1500—300
300—100
50—10
10—2
2—0,075

300—100
50—10
10—2
2—0,75
7,5 · 10 -2 — 1·10 -4

2—6
5—10
10—50
100


Maydalash jarayonining samaradorligini aniqlash uchun maydalanish darajasi tushunchasi ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich maydalanishgacha bo‘lgan material bo‘lagining o‘rtacha xarakterli o‘lchami (d6) ni maydalangan material bo‘lagining o‘rtacha xarakterli o‘lchami (dm) ga nisbati bilan belgilanadi:


(17.1)

Berilgan modda bo‘laklari va yanchilgan zarrachalar to‘g‘ri shaklga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun, amalda ularning o‘lchamlari elakli tahlil orqali aniqlanadi, ya’ni zarracha o‘lchami u o‘tgan elak teshiklari o‘lchamiga teng deb olinadi.


Maydalash jarayoni bir yoki bir necha bosqichda olib boriladi. Har bir maydalagich, uning ishchi organi shakliga ko‘ra, cheklangan maydalash darajasini ta’minlaydi. Maydalash darajasi 1-3...5 dan (jag‘li maydalagichda) 1>100 - tegirmonlarda o‘zgarishi mumkin.
Noto‘g‘ri geometrik shaklli jismning chiziqli o‘lchami o‘rtacha geometrik qiymat sifatida hisoblanishi mumkin:

(17.2)


bu yerda l, b, h - jismning uch perpendikulyar yo‘nalishi bo‘yicha maksimal o‘lchamlari.


Material bo‘laklarining o‘rtacha o‘lchamlarini hisoblash uchun elaklar yordamida bir necha fraksiyaga ajratiladi. Har bir fraksiyada bo‘laklar maksimal dmax va minimal dmin o‘lchamlar yarim yig‘indisining o‘rtacha miqdori topiladi:
(17.3)

Maksimal bo‘laklar o‘lchami, ular o‘tgan teshik diametriga, minimal bo‘laklarni esa - elak ushlab qolgan teshiklarining diametriga teng deb hisoblanadi.


Sochiluvchan material aralashmasining o‘rtacha o‘lchami ushbu tenglama yordamida aniqlanadi:
(17.4)

bu yerda a1, a2, a ... an - har bir fraksiya miqdori,%; dyp1, dyp2, ...,dypn har bir fraksiya bo‘lakchalarining o‘rtacha o‘lchami.


Odatda sanoatda yuqori maydalash darajasi talab etiladi. Ko‘pincha qayta ishlanadigan xom-ashyo bo‘laklarining o‘lchamlari 1,5...2,0 m gacha bo‘ladi, ammo texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan material zarrachalari mikrometrning bir necha ulushini tashkil etadi. Bunday o‘ta mayin maydalash bir necha bosqichda erishiladi, chunki bitta maydalagichda yuqorida aytilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Materiallarni maydalashga moslangan mashinalar shartli ravishda ikki guruxga bo‘linadi: a) materiallarni yirik, o‘rtacha va mayda bo‘laklarga ajratuvchi yanchish mashinalari; b) materiallarni yupqa va o‘ta yupqa maydalaydigan tenirmonlar. Umuman olganda maydalash mashinasi ochiq va chegaralangan sikl bilan ishlaydi. Ochiq sikl qo‘llanilganda material maydalaydigan qurilma orqali bir marotaba o‘tadi. Bunday sharoitda yirik va o‘rtacha yanchish yuz beradi. Chegaralangan siklda esa maydalash mashinasidan chiqqan material turlarga ajratiladigan qurilmaga yuboriladi. Bu qurilmada katta o‘lchamli zarrachalar ajratib olinib, maydalash mashinalariga qaytariladi. Chegaralangan sikl materialni yupqa maydalashda ishlatilib, energiya sarfini kamaytirishga va maydalovchi mashinaning ish unumdorligini oshirishga olib keladi.



Download 89.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling