Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi
Kengayadigan va kirishmaydigan sementlar
Download 170.32 Kb.
|
3-Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi modda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gips- sement —putssolanli
- Sementlarni tashish va saqlash.
Kengayadigan va kirishmaydigan sementlar nam muhitda qotayotganida hajmi biroz ortadi yoki kirishishmaslik xususiyati bilan farqlanadi. Sanoatda hozirgi paytda suv o‘tkazmaydigan kengayadigan sement, suv o‘tkazmaydigan- kirishmaydigan sementlar ishlab chiqarilmoqda.
Suv o‘tkazmaydigan kengayadigan sement tez qotadigan bog‘lovchi modda bo‘lib, maydalangan gil tuproqli sement, gips va yuqori asosli kalsiy gidroalyuminatini birgalikda to‘yish va sinchiklab aralashtirish nuli bilan olinadi. Bu sement tez qotishi bilan xarakterlanadi: qotishning boshlanishi 4 minutdan boshlanadi va oxiri 10 minutgacha suvda bir sutka davomida qotadigan sement qorishmasidan tayyorlangan na’munalarning chiziqli kengayishi 0,3... 1% chyogaralarida bo‘lishi kerak. Sement kengayish jarayonining fizik-ximiyaviy mohiyati shundan iboratki, kalsiya alyuminata gipsning o‘zaro ta’sir etish natijasida kalsiy gidrosulfatalyuminati hosil bo‘lib, hajmi ortadi. Suv o‘tkazmaydigan kengayadigan sement suv og‘zi voronkasimon birikmalarni choklarini zichlash va gidroizolyasiyalash, gidroizolyasion qoplamalar yaratish, temir beton konstruksiyalarida uchma-uch ulangan joylarni va darzlarni bezatish kabi joylarda ishlatiladi. Suv o‘tkazmaydigan kirishmaydigan sement tez tutib qoladigan va tez qotadigan gidravlik bog‘lovchi modda bo‘lib, gil tuproqli sement yarim molekula suvli gips va sindirilgan ohakni sinchiklab aralashtirish, yo‘li bilan olinadi. Bu sement qotishining boshlanishi kamida 1 minutdan keyin oxiri esa 5 minutdan kech bo‘lmasligi kerak. Sement korishmasidan tayyorlangan namunalarning eo‘vda qotgandan keyin 1 sutka o‘tgan nisbiy chiziqli kengayyщ kattaligi 0,01...0,1% chyogaralarida bo‘lishi kerak. Bu sementdan nam yuqoriligi sharoitlarida ekspluatatsiya qilinadigan (tunellar, poyde'vor va shunga o‘xshashlar) beton va temir beton yer osti inshootlarining gidroizolyasiyalovchi qismlarini qo‘rish uchun ishlatiladi. Gips- sement —putssolanli bog‘lovchi 50...75% yarim molekulali suvli (qurilish yoki yuqori mustahkam) gipsni, 15…25% portlandsementni va 15...20% putssolanli-(gidravlik) qo‘shimchani aralashtirib hosil qilinadi. Portlandsement o‘rnida zarur miqdordagi aktiv qo‘shimchali putssolanli portlandsement shuningdek, shlakoportlandsement ishlatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Gips-sement-putssolanli bog‘lovchilarning 100 va 150 markalari chiqariladi. U tez qotishi va suvga yuqori turg‘unligi bilan xarakterlanadi. Bunday sement asosida tayyorlangan beton mustahkamligi 15...20Mpa, bunday betonni-tayyorlangandan keyin 2..3 soat o‘tgach mustahkamligi marka ko‘rsatgichining 30-40% ni tashkil etadi, sovuqqa chidamliligi 25-50 sikl. Bunday bog‘lovchidan pol asosi panellarini, sanitariya-texnika kabinetlarini, ventilyasiya bloklarini va boshqa buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Sementlarni tashish va saqlash. Sementlar zavodda tayyorlanganidan keyin turlari va markalari bo‘yicha hisobga olinib, alohoda-alohida aralashtirilmasdai omborlarda yoki siloslarda ma’lum muddatlarda saqlanadi. Qog‘oz qoplarga solingan va saqlashga moslashtirilgan sementlar yog‘in-sochin suvlari tegmaydigan yopiq binolarda saqlanadi hamda er yuzasidan kamida 30sm ko‘tarilgan yog‘och polli ombor saroylarda saqlanishi lozim. Omborga kiritilgan sement sifatini nazorat qilish uchun ombor dagi har to‘dadan 20 kg namuna ajratib olinadi. U kurilish laboratoriyasiga yuboriladi Laboratoriyada sement davlat standartlariga moslashtirib olinadi. Ombordagi sement uzoq saqlanishida, sement havodagi namlikni o‘ziga shimib olishi va vaqtdan oldin gidratlanishi hisobiga bir qism kesak holiga o‘tadi. Portlandsementning aktivligi 3 oydan keyin o‘rta hisobda 15-20%, 6 oydan keyin 20-30% ga pasayadi, mayda to‘yilgan tez qotadigan portlandsementlar esa aktivligini ancha tez yo‘qotadi, shu sababli kurilish va kurilish industriyasi korxonalarning omborlarida sement zapaslari bo‘lmasligi ma’kulrokdir. Sementlarni tashishda temir yo‘l va avtomobil transportidan foydalaniladi. Semen temir yo‘l orqali keltirilganda bunker tipidagi vogon-sement tashigichlar, sisterna va konteyner hamda yopiq vagonlardan foydalaniladi. Sement avtotsementovozlar bilan tashilganda germetik yopiladigan lyuk orqali ortiladi va sementovozda o‘rnatilgan kamlressordan keladigan siqiq havo yordamida tushiriladi. Download 170.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling