Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi


Download 170.32 Kb.
bet2/13
Sana11.05.2023
Hajmi170.32 Kb.
#1452467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi modda

Qurilish gil gipsi (gaja)
Qurilish gil gipsi gips mergelni 160-2500 S haroratda kuydirish, so‘ngra to‘yish natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotdir. U tarkiban gips, gil va mayda dispers holatidagi qumtuproq aralashmasidan iboratdir. Bu gips odatdagi gipsga qaraganda unchalik mustahkam emas, lekin, o‘tga va suvga ancha chidamli.


Gips-oxak aralashmalari
A.V Voljenskiy ohak-pushonka (kukuncha) yarim malekula suvli gipsni aralashtirish bilan emas, balki to‘yilgan ohak qaynamani ikki molekula suvli gipsga aralashtirish bilan gips-ohak aralashma tayyorlashni taklif etadi. Bu usulda ohak ikki molekula suvli gipsdan ajralib chiqayotgan suv hisobiga so‘nadi, ikky. molekula suvli gips esa ohakning so‘nishi davomida ajralib chik-adigan issiqlik hisobiga suvsizlanadi.
Bir qator tadqiqotchilar ko‘p jihatdan (P.P Budnikov, A.V. Voljenskiy va .Bulichevlar) suvga juda, chidamli aralashma gips bog‘lovchilar olish yuzasidan katta ish olib borgan edilar. Mayda to‘yilgan har xil qo‘shimchalar domna va qozonxona shlaklari,TES kuli, g‘isht maydalari qo‘shib ishlangach, nihoyatda mustahkam qurilishbop gips ana shunday bog‘lovchilardan hisoblanadi. To‘yilgan domna shlaki eng yaxshi qo‘shilma ekan (gips-shlak nisbati 1:0,75 va 1:4 gacha) bunday aralashma qo‘shganda boshda ishlatilgan nihoyatda mustahkam gipsga nisbatan ancha mustahkam aralash gidravlik gips hosil bo‘ladi bu gips quruq havoda va namgarchilik sharoitlarida, shuningdek bug‘langanda ham qotaveradi. Bug‘layotganda quruk aralashma massasining 3-8% miqdorida ohak qo‘shilgani ma’qul. Uch xil material, ya’ni gips, portlandsement yoki donador shlak hamda gidravlik qo‘shilmalar (trepel, diatomit, tuf, qo‘l va boshqalar)dan iborat bog‘lovchi murrakab bog‘lovchilarning ikkinchi bir turidir. Bunday bog‘lovchini Voljenskiy taklif etgan va Ivannikova bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
Angidrit sement.
Bog‘lovchi modda tabiiy gips 600-700°S haroratda kuydirib, so‘ngra har xil mineral ko‘shilmalar (katalizatorlar) bilan birgalikda mayin kukun holigacha to‘yish yo‘li bilan tayyorlanadi. Katalizator sifatida natriy bisulfat yoki natriy sul’fati (temir yoki mis kuporisi, ohak, 900°S ga yaqin haroratda kuydirilgan dolomit, asosli domna shlaki, yonuvchan slanetslar ko‘li va boshkalar) qo‘llaniladi. Erimaydigan katalizatorlar tuyayotganda, eriydiganlari esa suvda eritilib, qorayotganda qo‘shiladi. Dolimetrdan 3...89, asosli domna shaklidan 10-15%, shlakda kamida 46% SaO va 9% A12O3, ko‘pi bilan 3% bo‘lishi kerak. TES kupi 10...20% ohak bilan qo‘shiladi. Natriy sul’fati yoki natriy bisul’fatning temir yoki mis kuporosi bilan aralashmasi har biridan 0,5...% miqdorda qo‘shiladi. Angidrit sementni qotishi Budnikov nazariyasiga asoslanilgan bo‘lib, quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: SaSO4+(Tuz p N2O)=(Tuz) t SaO4 p H 2 O
Bu nobarqaror gidratlar parchalanib ketadi.
(Tuz) t SaSO4 p N2O(Tuz) p N2O+m SaSO4 2N2O
Hosil bo‘lgan ikki molekula suvli gips kristallanadi, natijada sement qotadi.
Pardozlash angidrit sementi
Gips toshni 550-800 S haroratda kuydirishdan oldin yoki keyin unga katalizatorlar qo‘shib bir karra yoki ikki qayta kuydirilsa pardozlash angidrit sementi hosil bo‘ladi. Katalizatorlar sifatida alyuminokaliyli kvarslar, achchiq toshlar, bur va ishqoriy metallarning sulfat tuzlari ishlatilishi mumkin. Pardozlash angidrit sementida bunday qo‘shilmalar odatdagi angidrit sementdagiga qaraganda ancha ko‘p bo‘ladi.
Ular qotish jarayonini tezlashtirish bilan birga buyumlarning jichlanishiga yordam beradi. Pardozlash angidrit sementi 100, 150, 200,300,400 markalarda bo‘ladi. Pardozlash angidrit sementi bezak materiali sifatida, ya’ni pardozbop qorishmalar tayyorlashda, qurilish-arxitektura buyumlari, jumladan sun’iy marmar tayyorlashda ishlatiladi. Juda katta haroratda kuydiriladigan gips (ekstrix-gips). Ikki molekula suvli gips yoki angidritny 800-1000° S haroratda kuydirib olingan mahsulot to‘yilsa, ana shunday gips tayyor bo‘ladi. Juda katta haroratda kuydirilgan gipsning angidrit sementdan farqi shundaki, katalizatorsiz ham qotaveradi.; CHunki gips ko‘rsatilgan haroratlarda kuydirilganida SaO erkin holatda yoki m SaSO4 x p SaO tipidagi kalsiy sulfat asosiy birikmalari tarzida ajralib chiqadi. Xuddi ana shu birikmalar katalizatorlar hisoblanadi. Asosiy ishlab chikarish operatsiyalariga gips toshni maydalash, kuydirish va kuydirilgan mahsulotni kukun holigacha (asosan sharli tegirmonlarda) to‘yish asosiy ishlab chiqarish jarayonlaridan hisoblanadi. Bu gips uch xil markadi: 100,150,200 ishlab chikariladi. Bu markalar qumsiz plastik xamir (1:0) dan ishlangan 28 kunlik: namunalarning minimal mustahkamligiga qarab aniqlanadi. U; oddiy gipsga qaraganda mustahkamrok va suvni kam (25-35%) talab qiladi.
. Havoda qotadigan ohak
Havoda qotadigan ohak ko‘pi bilan 8%. gacha qo‘shilmalari bo‘lgan ohaktoshlarni erib yopishib qolmaydigan darajada, bir me’yorda kuydirib olinadigan bog‘lovchi materialdir.
Hali to‘yilmagan kuydirish mahsuloti so‘ndirilmagan kesakchali ohak deb ataladi. U shu holicha bog‘lovchi modda hisoblanmaydi va uni qorishma hamda beton tayyorlash ishlarida shuningdek pardozlash ishlarida ishlatib bo‘lmaydi. Bog‘lovchi bo‘lishi uchun kesak ohak mayda to‘yilishi yoki so‘ndirilishi kerak.
Kesak holdagi ohakni maydalashning ikki xil usuli mavjud:
mexanik usul-sharli yoki boshqa xil tegirmonlarda to‘yiladi
so‘ndirish usuli-ohak bo‘laklariga suv qo‘shiladi shunda ohak suv ta’sirida o‘z-o‘zidan mayda zarrachalarga parchalanadi.
Kesak -ohak qaynamani mexanik usulda maydalanib tayyorlanadigan so‘ndirilmagan to‘yilgan ohak. U tarkibdan asosan kalsiy oksididan iborat. Kesak-ohak-qaynamani ma’lum miqdordagi (aniqrog‘i 60% gacha suv qo‘shilsa ohak massasiga nisbatan kukun holga kelguncha) so‘ndirib tayyorlanadigan so‘ndirilgan gidrat ohak. Uning ximiyaviy tarkibi esa Sa(ON)2 dan iborat.
Kesak-ohak-qaynamani ortiqcha suv bilan so‘ndirish natijasida hosil bo‘ladigan maxsulot-ohak xamiri; ohak xamiri asosan gidrat oksidi va suvdan iborat bo‘ladi.
Havoda qotadigan ohak olish uchun asosiy xom ashyo bu oxaktosh, bo‘r, dolomitlashgan va mergelli ohaktoshlardir. Kuydirilayotganda karbonat tuzlari qattiq SaO va MgO oksidlari hamda gazsimon maxsulot-SO2 ga ajraladi. Gazsimon maxsulot chiqarib tashlangandan so‘ng esa qolgan qattiq oksidlar-(SaO va Mg O) havoda qotadigan so‘ndirilmagan ohak tarkibiga kiradi.
SaO va MgO lar ohakni sifatliligini belgilaydi. Havoda qotadigan ohak tarkibida qancha magniy oksidi borligiga qarab oz magneziali (5% gacha magniy oksidi bor), magneziali(5dan 20% gacha magniy oksidi bor) va dolomitli (20 dan 41% gacha Mg O bor) ohaklarga bo‘linadi.
Ohaktosh yoki boshqa xom ashyoni kuydirishda karbonat angidrit boshqa gazlar bilan birgalikda, shaxtali yoki aylanma xumdondan chiqib ketadi. Natijada xumdondan toza yoki magniy oksid bilan aralashgan kalsiy oksid govak tosh sifatida olinadi. Kuydirish jarayonida ohaktoshning massasi 44%, hajmi esa 12... 14% kamayadi. Ohaktosh kuydirishda ikkiga ajralish jarayonini quyidagi ximiyaviy tarkib orqali ifodalanadi.
SaSO3= Sa+SO2-42..52 kkal
Ohaktosh tarkibidagi magniy karbonat MgSO3 ham kuydirish jarayonida ikkiga ajraladi. Kuydirish jarayonida ishlatilayotgan yoqilg‘i xarajati kuydirilayotgan ohakning 15... 17% ini tashkil etadi.
Keltirilgan tenglama shuni ko‘rsatadiki, bir gramm- molekula kalыsiy karbonat parchalanishi uchun 42,52 kkal issiqlik sarf qilinadi, bir kg. SaSO3 parchalanishi uchun esa 42,52 1000/100= 425,2 kkal issiqlik sarflanadi.
Kalsiy karbonatning parchalanishi nazariy jihatdan 600 0S da boshlanadi, biroq 850° S da nihoyat sekinlashadi hamda 850 dan 900° S gacha ko‘tarilganda SaSOz amalda to‘la parchalanib bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar esa laboratoriya sharoitiga mosdir. Amalda esa bir muncha yuqoriroq-1100°S gachadir. (kuydirish jarayonini tezlashtirish maqsadida). Kuydirish jarayonini tezlashtirishdan maqsad yuqori harorat hosil qilishdir va kuydirilayotgan xom ashyo massasidan SO2 gazining jadal ajralib chiqishi ya’ni humdonda havoning ancha siyraklanishini ta’minlashdan iborat. Kuydirildan keyin qolgan kalsiy va magniy oksidlari (SaO+MgO) ohakning aktiv tashkil etuvchilari hisoblanadi ularning miqdori materialning bog‘lovchi holidagi sifatini belgilaydi.
Odatda so‘ndirilmagan donador ohak zichligi 900... 1100 kg/m3 gacha bo‘ladi.

Download 170.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling