MAVZU:KO’P POG’ONALI KUYDIRISH PECHIDAN FOYDALANISH REJA : 1.OKSIDLAB KUYIDIRISH 2.XLORLOVCHI KUYDIRISH - Kuydirish deb materialni (ruda, konsentrat) kimyoviy va mineral tarkibini
- ma’lum darajada o’zgartirish maqsadida, lekin mahsulotni erishi yuz
- bermaydigan haroratgacha qizdirishga aytiladi. Kuydirish xom ashyoning turiga
- qarab 500-12000C haroratda olib boriladi. Bu jarayon metallurgiyadan tashqari
- kimyo va konchilik sanoatida ham keng qo’llanadi. Yuz beradigan jarayonlarning
- xususiyatiga qarab, kuydirishning quyidagi turlari mavjud: oksidlovchi, tiklovchi,
- sulfatlovchi, kalsinasiyali (toblash), xlorlovchi va ftorlovchi, aglomerasiya,
- sulfat-xlorlovchi va boshqalar.
Oksidlab kuydirish – sulfidli va arsenidli (mishyakli) ruda va - Oksidlab kuydirish – sulfidli va arsenidli (mishyakli) ruda va
- boyitmalarga ishlov berish keng tarqalgan. Kuydirishning maqsadi mahsulot
- tarkibidagi oltingugurt va mishyakni to’liq yoki qisman gaz fazaga o’tkazib,
- asosan oksid, ayrim xollarda sulfat holidagi metalni olishdir. Kuydirish natijasida
- oltingugurt gaz fazasiga SO2 shaklida, mishyak uchuvchan As2O3 shaklida o’tadi:
- 2MeS + 3O2 = 2MeO + 2SO2,
- MeS + 2O2 = MeSO
- Oksidlovchi kuydirish shixtasi tarkibiga turli metallarni sulfidlari (pirit,
- xalkopirit, xalkozin, kovellin, bornit, sfalerit, galenit, ayrim hollarda arsenopirit,
- surma yaltirog’i va boshqalar), jins hosil qiluvchi minerallar (kvars, oxaktosh,
- glinazem, kremnazem va boshqalar), uncha ko’p bo’lmagan miqdorda sulfatlar,
- nodir metallar, namlik va boshqalar kiradi.
- Mahsulotlarni gidrometallurgik ishlov berishga tayyorlash uchun
- sulfatlovchi kuydirish qo’llanadi. Bu jarayonda ajratilishi kerak bo’lgan metallar
- suvli eritmalarda oson eruvchi birikmalar (sulfatlar va oksidlar) shakliga, hamda
- qiyin eruvchi oksidlar shakliga o’tkaziladi.
- Sulfatlovchi kuydirish shixtasi, oksidlovchi kuydirish shixtasidan keskin
- farq qilib, faqat ruda yoki konsentratdan iborat bo’ladi. Tiklovchi kuydirish temir rudalari: qizil va qo’ng’ir temirtoshni qayta
- ishlash uchun qo’llanadi. Natijada, magnitlanmaydigan oksidlar Fe2O3 va
- Fe2O3·N2O magnetit holiga o’tadi:
- Fe2O3 + CO = Fe3O4 + CO2,
- bu esa temir rudalarini boyitishning eng samarali usuli – elektromagnit boyitishni
- qo’llash imkoniyatini yaratadi
Xlorlovchi kuydirish oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki - Xlorlovchi kuydirish oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki
- uchuvchan xloridlarlarga aylantirish uchun o’tkazilib, Mg, Ti, Zr, Hf, Sn olish
- texnologiyasida qo’llanadi. Rangli metallar metallurgiyasida xlor va xloridlar
- 1786 yilda rudadan oltinni va kumushni, 1877 yilda misni ajratib olishda
- qo’llanila boshladi.
- Bir qator metallarni (uran, berilliy) ishlab chiqarish texnologiyasida
- xlorlovchi kuydirishga o’xshash ftorlovchi kuydirish usuli qo’llanadi. Ftorlovchi
- kuydirishning maqsadi – metall oksidlarni ftoridlarga aylantirishdir. Masalan:
- 500-7000C haroratda UO2 + 4HF = UF4 + H2O.
Do'stlaringiz bilan baham: |