Ma’ruza Nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahlili hamda xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish


Download 215.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi215.32 Kb.
#1407665
1   2   3   4
Bog'liq
6-маъруза

O’rtacha (o’rtacha arifmetik qiymat) – bu xususiyatning barcha qiymatlari 
yig’indisini ularning soniga bo’lish koeffitsientidir. U qandaydir yig’ma birlikni 
tavsiflaydi. U faqat interval va tartib o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Dispersiya - xususiyatlarning ayrim qiymatlarini o’rtacha qiymatlardan 
chetlashish kvadratining o’rtacha qiymatiga teng qiymat. U faqat interval va tartib 
o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. 
O’rtacha chiziqli chetlashish - xususiyatlarning ayrim qiymatlarini o’rtacha 
qiymatlardan chetlashish modulining o’rtacha qiymatiga teng qiymat hisoblanadi. 
U faqat interval va tartib o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. 
O’rta kvadratik chetlashish - dispersiyaning kvadrat ildiziga teng qiymat 
hisoblanadi. Bu o’lchangan miqdorlarning yoyilish o’lchovidir. U faqat interval va 
tartib o’lchovlarini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Variatsiya koeffitsienti – o’rtacha kvadratik chetlashishni o’rtacha 
arifmetikka nisbati. Faqat metrik o’lchovlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. 
Minimal qiymat - ma’lumotlar majmuasida duch keladigan o’zgaruvchining 
eng kichik qiymati 
Maksimal 
qiymat 

ma’lumotlar 
majmuasida 
duch 
keladigan 
o’zgaruvchining eng katta qiymati.
Tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning ikkinchi bosqichi 
o’rganilayotgan o’zgaruvchilar orasidagi korrelatsion bog’lanishlarni ifodalash 
hisoblanadi. 
Korrelyatsiya 

o’zgaruvchilarning bog’liqlik o’lchovidir. 
O’rganilayotgan o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishlar zichligini ko’rsatadigan bir 


nechta korrelyatsiya koeffitsientlari mavjud. Korrelyatsiya koeffitsientlari +1 dan -
1 gacha o’zgaradi. Agar korrelyatsiya koeffitsienti -1 bo’lsa, o’zgaruvchilar qat’iy 
salbiy bog’lanishda bo’ladi (qancha yuqori bo’lsa, shuncha quyi bo’ladi), agar 
korrelyatsiya koeffitsienti +1 bo’lsa, o’zgaruvchilar qat’iy ijobiy bog’liqlikda 
bo’ladi (qancha yuqori bo’lsa, shuncha yuqori bo’ladi). Agar koeffitsient nolga 
teng bo’lsa, o’zgaruvchilar orasida bog’lanish bo’lmasligini aytib o’tish kerak. Eng 
mashhur va tez-tez ishlatiladigan korrelyatsiya koeffitsientlari quyidagilar: 
• Pirson korrelyatsiya koeffitsienti; 
• Spirman korrelyatsiya koeffitsienti 
• Kramer korrelyatsiya koeffitsienti 
• Fi korrelyatsiya koeffitsienti. 
Ilgari surilgan tadqiqot gipotezalarini tekshirish korrelyatsion, dispertsiyali 
yoki faktorli tahlil tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni tahlil qilish 
natijasida, ilgari surilgan gipoteza tasdiqlanadi yoki rad etiladi, har qanday holatda 
ham natija olingan hisoblanadi. 
Klasterli tahlil - bu ko’p o’lchovli kuzatishni tasniflash imkonini beradigan 
usullarning to’plami bo’lib, ularning har biri muayyan parametrlar majmui bilan 
tavsiflanadi. Klasterli tahlilning maqsadi, klaster deb nomlanadigan bir-biri bilan 
o’xshash ob’ektlarning guruhlarini shakllantirishdir. Klasterli tahlil yordamida 
bozorni segmentga ajratish mumkin (masalan, iste’molchilarning eng muhim 
guruhlarini ajratish). Klaster usullarini segmentatsiya qilish uchun qo’llash 
quyidagi taxminlarga asoslanadi. Birinchidan, iste’molchilarning xususiyatlarini 
ko’rsatadigan o’zgaruvchilar qiymatlari bo’yicha o’xshash iste’molchilar 
guruhlarini ajratish mumkin. Ikkinchidan, ajratilgan segmentda mahsulotni ilgari 
surish uchun eng yaxshi marketing natijalariga erishish mumkin deb hisobanadi. 
Iste’molchilarni bir-biriga yaqinlik o’lchovlarini hisobga olgan holda bir guruhga 
birlashtirish marketing natijalari uchun ko’proq ahamiyatga ega deb hisoblanadi. 
Ushbu taxminlarni asoslash uchun dispersiyali tahlil qilish usuli qo’llaniladi. 

Download 215.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling