Ma’ruza Nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahlili hamda xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish
Download 215.32 Kb. Pdf ko'rish
|
6-маъруза
Dispersiyali tahlil. Dispersiyali tahlil yordamida bir yoki bir nechta
bog’liqmas o’zgaruvchilarni bir yoki bir nechta bog’liq o’zgaruvchilarga ta’siri tadqiqot etiladi. Ushbu statistik tahlil usuli yordasida dispersiyalar (chetlashishlar) taqsimlanishini taqqoslash asosida o’rtacha qiymatlarni farqi haqidagi gipotezani to’g’riligini aniqlanadi (masalan, klasterlashtirish yordamida ajratilgan iste’molchilarning ikki guruhini farqi to’g’risidagi gipotezani tekshirish mumkin). Korrelyatsion tahlildan farqli o’laroq, dispersiyali tahlil o’zgaruvchilar o’rtasidagi bog’lanishlar zichligini baholash imkonini bermaydi. Regression tahlil. Bog’liqmas va bog’liq o’zgaruvchilar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashning statistik usuli. Qurilgan regression tenglamaga asoslangan regression tahlil har bir bog’liqmas o’zgaruvchining o’rganilayotgan (prognozlashtirilayotgan) bog’liq o’zgaruvchining o’zgarishiga qanday hissa qo’shishini aniqlaydi. Marketingda ko’pincha talabni prognoz qilish uchun foydalaniladi. Faktorlarni tahlil. Xususiyatlarning (yoki ob’ektlarning) mavjud bo’lgan bog’lanishlariga asoslanib, o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning yashirin (yoki hali aniqlanmagan) umumlashtiruvchi tavsiflarini aniqlashga imkon beruvchi usullar to’plami. Faktorli tahlilning asosiy maqsadlari o’zgaruvchilar sonini kamaytirish va o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlash, ya’ni o’zgaruvchilarni tasniflashdir. O’zgaruvchilar sonini qisqartirish natijasida qoladigan umumlashgan parametr ularning eng muhim tomonlarini o’z ichiga oladi. Tasniflash bir-biriga bog’liq o’zgaruvchilardan bir nechta yangi faktorlarni ajratishni nazarda tutadi. Marketingda bu usul iste’molchilikning xulq-atvorini chuqurlashtirilgan tahlili, psixografikani rivojlantirish va boshqa aniq kuzatilmayotgan faktorlarni aniqlash zarur bo’lgan masalalarda foydalaniladi.. Yo’l (dala) sharoitidagi tadqiqotlar natijalari "qo’lda usuli" bilan ishlov berish uchun ancha murakkab bo’lgan o’zgaruvchining katta massivlarini tashkil etadi. Bugungi kunda tadqiqotchilarning arsenalida tahlil qilish jarayonini optimallashtirish va soddalashtirishga imkon beradigan ko’plab dasturiy paketlar mavjud. Ular orasida Statistica, Vortex, SPSS kabi paketlar eng keng tarqalgan hisoblanadi. Statistica - statistik tahlil va ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, ma’lumotlar bazasini boshqarish va foydalanuvchi ilovalarni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan, ilmiy tadqiqotlarda, texnikada, biznesda keng qo’llaniladigan tahlil usullarini o’z ichiga olgan universal kompleks tizimdir. Statistica dasturiy ta’minoti quyidagi statistik ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralarini amalga oshirish imkonini beradi: • tavsiflovchi statistika; • ko’p o’lchovli jadvallarni tahlil qilish; • ko’p o’lchovli regressiya; • diskriminantli tahlil; • moslikni tahlil qilish; • klasterli tahlil; • faktorli tahlil; • dispersiyali tahlil va boshqalar. Vortex dasturi quyidagilar uchun mo’ljallangan: • marketing yoki ijtimoiy tadqiqotlar jarayonida to’plangan birlamchi ma’lumotlarni kiritish; • ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish; • tahlil natijalarini jadvallar, matnlar, grafiklar va diagrammalar shaklida taqdim etish hamda Microsoft Word va boshqa Windows/NT ilovalariga o’tkazish. Ma’lumotni tahlil qilish imkoniyatlari: • Vortex dasturi o’rganilayotgan o’zgaruvchilarni ifodalovchi statistikani amalga oshirish imkonini beradi: (statistik ko’rsatkichlarni: o’rtacha, moda, mediana, kvartil, dispersiya, o’rtacha kvadratik chetlashish, variatsiya koeffitsienti, og’ish, ekstsess va boshqalarni hisoblash); • bir necha xususiyatlar bo’yicha iste’molchilarni segmentatsiyalash, shuningdek, ajratilgan maqsadli guruhlarni yoritish imkoniyatini beradi (chuqur tahlil qilish uchun kontekst - massiv osti hujjatlar ajratish, masalan, faqat erkaklarni yoki 20-25 yoshli respondentlarni). • Vortex dasturi yordamida marketingaviy natijaga ta’sir qiladigan o’rganilayotgan faktorlarning bog’lanishini aniqlaydigan korrelyatsion tahlil o’tkazish mumkin (Pirson, Gamma, Lyambda, Kramer, Yula, Fisher korrelyatsiya koeffitsientlarining ikki o’lchovli taqsimoti, X-kvadrat, Stьyudent mezonlari, statistik ahamiyatni aniqlash jadvallari uchun hisoblar). Download 215.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling