1 - jadval
Denitrifikatsiya va nitratlarning yuvilib ketishi natijasida tuproqdan azot
yo`qolishi.
Bu nobudgarlik go`yo intgnsiv ishlab chiqarishga sarflangandek bo`lib ko`rinadi, chunki bunday yerlarda qishloq xo`jaligi ekinlarining hosili ham bir necha baravar ortadi.
Ayni vaqtda o`simliklarning o`sish sharoiti necho g` li q ulay bo`lsa, azot shuncha kam nobud bo`lishini, lekin azot nobudgarchiligi, chamasi hech qachon barham topmasligini esda tutish mumkin. Shudgor yerlarda nitratlar kuzda ko`pincha yo`qolib ketadi. Buni rivojlanayotgan kuzgi ekinlar sarf qilib qo`yadi, deb t ushuntirib bo`lmaydi.
Bunda biologik jarayonlar borayotgan bo`lishi ham mumkin , turli tadqiqotchilar buni ko`p marta aniqlaganlar . Bunday hollarda mineral azotning organik shaklga o`tishi , o`simliklar vegitatsiyasi davrida nitratlar yo`qolib ketsagina hos ilga sezilarli zarar y etkazishi mumkin . Bordi - yu , shudgor erlarda tuproq mikroorganizimlari nitratlar azotni kuzda organi k sh aklga aylantirsa , bunda ularni yuvilib ketishdan saqlab qoladi xolos , mikroorganizmlar nobud bo`lgandan keyin , ularga yutilgan azot qaytadan minerallarga aylanadi va ekiladigan ekinlar uchun yana oziq bo`lib xizmatqila oladi .
Nitratlar har xil tuproqlarda bir xilda yuvilib ketmaydi . Masalan, azot zapaslari ko`p boladigan qora tuproqli yerlarni ishlash , nitrifikatsiyani juda kuchaytir adigan va o`simliklarni azotli oziq bilan , talaygina azot yo`qolishiga olib kela olmaydi , chunki tuproq kam namlangandan nitritlarning yuvilib ketishi juda qiyin bo`lib qoladi . Chirindi zapasi kam bo`ladigan va kuchli yog`ingarchiliklar natijasida oson yuv ilib ketadigan podzol va yengil qum tuproqli yerlarda nitratlarning yuvilib ketish havfi ancha ko`p bo`ladi . Nitrifikatsiya kuchayganda azot nobudgarchiligini kamaytirish uchun yerga organik o`g`itlar solish kerak .
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Nitrifikasiya jarayonini ikki fazada borishini misollar bilan tushuntiring?
2. Turli tuproqlarda boridigan nitrifikasiya jarayonini aytib bering?
3. Nitrifikatsiya jarayoniga ishtirok etuvchi bakteriyalarning tuproqqa tasiri qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |