Ma`ruza. Nitrifikasiya jarayoni reja : Nitrifikatsiya jarayoninig paydo bo`lishi va uni amalga oshiruvchi bakteriyalar
Download 83.5 Kb.
|
mikrob oxirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Nitrifikatsiya jarayoni.
MA`RUZA. NITRIFIKASIYA JARAYONI Reja : 1. Nitrifikatsiya jarayoninig paydo bo`lishi va uni amalga oshiruvchi bakteriyalar. 2. Nitrifikatsiya jarayoni. 3. Nitrifikatsiya jarayonida ishtirok etuvchi bakteriyalarning tuproqqa ta`siri. 1. Nitrifikatsiya jarayoninig paydo bo`lishi va uni amalga oshiruvchi bakteriyalar. Tuproqda amonifikatsiya jarayoni natijasida hosil bo`ladigan amikali tuzlar unda keyin yana oksidlanib nitrat kislota tuzlariga aylanadi. Amiak oksidlanib oraliq bosqich – nitrat kilota stadiyasi orqali nitrat kislotaga aylanadigan bu jarayon nitrifikatsiya deb ataladi. Bu jarayon o`tgan asrning 70-yillarida kashf etildi va qishloq xo`jaligida juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan va juda keng tarqalgan tuproq protseslaridan biri bo`lib chiqdi. Amiak oksidlanishining biokimyoviy tabiati 1877-yildayoq isbot etilgan bo`lsada, bu jarayonga sabab bo`ladigan bakteriyalarni sof kulturasini uzoqt vaqtgacha olib bo`lmadi. Mashhur rus mikrobiologi S.N.Vinogradiskiy bu vazifani hal qildi. U o`zining klassik tekshirishlari bilan faqat nitrifikatsiyani mohiyatini aniqlashdan tashqari o`zidan oldingi tatqiqotchilarning shu jarayonni amalga oshiruvchi mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratib olish yo`lida nima sababdan ishi yurushmaganligini ko`rsatib berdi. Oltingugurt bakteriyalarining organik moddalarga salbiy munosabtta bo`lshi Vinogradiskiga oldindan ma`lum edi. U shunga asoslanib, balki muhitdagi ortiqcha organik modda nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning rivijlanishiga to`sqinlik qilar deb tahmin qildi. U manshu tahminga asoslanib amiakning sof mineral oziq eritmalarida oksidlanishini tekshira boshladi va bunday sharoitda nitriikatsiyalovchi bakteriyalar yaxshi rivijlanishini aniqladi. Muhit juda ham elektiv bo`lganligi tufayli avval o`sha mikroorganizmlarning aralash kulturasini olish keyin esa ularni sof kultura holida ajratish mumkin bo`ldi. Vinogradiskiy tekshirishdan oldin nitrifikatsiya jarayoniga amiakli tuzlarni nitrat kislotagacha oksidlovchi mikroorganizmlarning bir turi sabab bo`ladi deb taxmin qilinar edi. Biroq Vinogradiskiy bu jarayon ikki gruppa mikroorganizmlarining ketma-ket ta`siri natijasida sodir bo`lib ikki fazada aniq o`tishini belgilab berdi: oldin amiakli tuzlar nitrat kislotagacha oksidlanadi, nitrat kislota esa keyin oksidlanib nitrat kislotaga aylanadi. S.N.Vinogradiskiy amiakning oksidlanib, nitrat kislotaga aylanishiga bir necha tur bakteriyalar sabab bo`ladi deb o`yladi. U o`sha bakteriyalarni uchta avlodga: Nitrosomonas, Nitrosocystis va Nitrosospira avlodlariga kiritdi. Nitrosomonas avlodining vakillari oval shakilda bo`lib, ayrim hollarda sharchaga o`xshab qoladi va harakatchan bo`ladi, ularning bitta uzun xivchini bor. Nitrosomonas ning har xil turlari tuproqda juda keng tarqalgan bo`lib, hujayralarining katta-kichikligi yoki shakli shuningdek muhitning aktiv reaksiyasiga munosabati bilan bir biridan farq qiladi. Nitrosocystis avlodiga zoogleya hosil qila oladigan mikroorganizmlarni kiritdi. Zoogleya umumiy kapsula bilan o`ralgan bo`lib kspsulaning ichida diametri 1,5 μ ga yaqin bo`ladigan kokklar turadi. Nitrosospira avlodi Vinogradiskiy tomonidan Paster instituti parkining ishlamagan yeri tuprog`idan ( Nitrososp. Beri) va yangi yer oroli tuprog`idan (Nitrososp. artica) ajratib olingan ikki turni o`z ichiga oladi. Bu turlarning ikkalsi ham to`g`ri spiral shakilda. Nitrosospira asosan ishlanmagan yerlarda rivojlanadi va u yerda nitrifikatsiya prossini amalga oshiradi. 2. Nitrifikatsiya jarayoni. Ammonifikatsiya jarayonida hosil bo`lgan ammiakning bir qismi o`simliklar tomonidan o`zlashtirilsa, qolgan qismi nitrifikatsiya jarayonida, azot kislotagacha oksidlanadi. Tuproqda nitratlarning hosil bo`lishi, Shlezing va Myuntslar tomonidan 1879 yilda aniqlashgan. Nitrifikatsiya jarayonida ishtirok etadigan bakteriyalarni esa 1889 yilda Vinogradskiy kashf etgan. Bu jarayon ikki fazada boradi; Birinchi fazada Nitrosamonas ishtirok etadi va u NH3 ni NNO2 gacha oksidlaydi: NH3 + 3O2 → 2HNO2 + H2O + 658 kJ Ikkinchi fazada Nitrobacter ishtirok etadi. U NNO2 ni HNO3 gacha oksidlaydi: Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling