ma’ruza optik tolaning asosiy fizik parametrlari reja optik toladagi so’nish xodisasi
Dispersiyaning tolali optik aloqa tizimlarining uzatish sifatiga ta’siri. Dispersiyani kamaytirish usullari
Download 237.64 Kb.
|
Dispersiyaning tolali optik aloqa tizimlarining uzatish sifatiga ta’siri. Dispersiyani kamaytirish usullari
Dispersiyasi qiymatlari minimal bo‘ lgan DSF, NZDSF tolalarini qo‘llash dispersiyani kamaytirish usullaridan biridir. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimizdek eng ko‘p foydalaniladigan bu SF - standart tolalaridir. SF tolalarida xromatik dispersiya katta bo‘lgani uchun bu tolalar qo‘llanilganda DSF (DispersionCompensatingFibter) dispersiyani kompensatsiya qiluvchi tolallardan foydalanish kerak. DSF-dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalardan asosan xromatik dispersiyani kamaytirishda, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli tizimlarga o‘tishda, spektr bo‘yicha zichlashtirish usulida qo‘llaniladi. DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy bo‘lib, katta qiymatlarga ega bo‘ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolaga dispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi (4.10-rasm). DSF tolalari “Corning”, “Lucent Technologies”, “Sumitomo Yelectric” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmokda. DSF tolalarini qo‘llash bir qancha muammolarni tug‘diradi: dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalarni ulash, montaj va ta’mirlashni murakkablashtiradi; DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo‘qotishlar, so‘nishlar =0,4-1,0 dB/km bo‘lib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi; 10-12 km ishchi tolani dispersiyasini kompensatsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi; nochiziqli effektlarni oshishiga olib keladi. Kompensatsiyalash samarali bo‘lishi uchun, ishchi tolani umumiy dispersiya qiymatini va DSF tolasini dispersiya parametrlarini o‘lchash kerak. Kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida DSF tolalari maxsus modullarga joylashtirilib, ular uzatish tizimlarining ustunlariga yoki optik kuchaytirgichlarning 1 va 2 kaskadlari orasiga qo‘yiladi. 3.21–расм. DСМ модули ёрдамида дисперсияни компенсациялаш
qo‘shimcha yo‘qotishga olib keladi; qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymati oshib ketadi. WDM tizimlarida va yuqori tezlikli tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1-0,2 ps/km-1/2 dan oshmasligi kerak. DCM modullari qo‘llanganda yuqoridagi kamchiliklarni e’tiboga olish zarur. Download 237.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling